Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 171
Xudoyberdi To‘xtaboyev
170 o‘sha etigining qo‘njiga sekin-sekin urib, o‘rtada g‘uj bo‘lib turgan bobolarga yaqinlashib: – Xo‘sh, otaxonlar, – dedi. Bobolar indashmadi. – Jam bo‘lib namoz o‘qish taqiqlangan-ku, bilmasmidilaring? Bobolar bilishmas ekan, javob qaytarishmadi. – Qochoq Eshonni qayerga berkitdilaring? Bobolar yana jim turaverishdi. – Gapirasizlarmi, yo‘qmi? Yo‘q, yana gapirishmadi, boshlarini egib turaverishdi. – Nima balo, soqovmisan hammang! – amaki shunaqa qattiq baqirib yer tepindiki, atrofga loy sachrab ketdi. Keyin savol beraverdi, beraverdi. Bobojonlar ham jim turaverishdi, turaverishdi. Odamlar ham jim, men ham jim turaverdik. Oxiri amaki, hoy ijroqo‘m, bu soqovlar bilan o‘zing gaplash. Eshonni topasan, topmasang o‘zingni qamayman deb tezgina borib otiga minib oldi. Oyog‘idan zax o‘tgandir-da, yer loy-ku, to‘g‘rimi? Mana, mening ham oyog‘im sovqotyapti-ku. Ijroqo‘m hassasiga ko‘kragini tirab, engashib turgan Esonqul bobomning yoniga kelib, otaxon, bugun namozga boribmidingiz deb yumshoqqina qilib, erkalatib, sal-pal kulib ham turib so‘radi, – Bordim nima-yu, – deb Esonqul bobo biroz o‘ylanib qoldi, – bormadim nima, senga baribir emasmi, bolam? – Ayting, bordingizmi, yo‘qmi? – Bordim desam mukofot berasanmi? – Beraman, otaxon, albatta beraman. – O‘sha mukofotni î‘zing olib uyingda tinch- gina o‘tirsang bo‘lmaydimi, bolam? Jannati odamlar 171 – Namoz o‘qiyotganlaringda Eshon bugun imomlikka o‘tdimi, yo‘qmi deb so‘rayapman, ota- xon, gapga tushunsangiz-chi. Esonqul bobom qaddini rostlab, boshini baland ko‘tarib shoxdor hassasini qo‘liga ushlab: – Hoy, Marifxo‘ja, – dedi baland ovoz bilan, – bobong rahmatli Xo‘jayi Pista masjidining so‘fisi edi. Ertayu kech tomog‘ini qirib, qulog‘ini cho‘zib azon aytmagan ekan-da... Xon Eshon hazratlari mana shu kichkina yurtimizning imomi ham imoni edilar. Xudoga shukr o‘sha kishining sharofati bilan odamga o‘xshab yuribmiz, bo‘lmasa qið-qizil hayvon bo‘lib qolardik, eshak bo‘lardik, eshakni ko‘paytirishdan sening maqsading nima o‘zi... Nari tur, ketaman, oyog‘imdan zax o‘tib ketdi. – Qaytaring! – buyruq berdi oq otli amaki, – Eshon topilmaguncha hech kimga ruxsat yo‘q. Ijroqo‘m bobo endi Qambarali boboni so‘roq qila boshladi. Yo‘q, so‘roq qilishdan oldin, ey esi yo‘q chol, o‘z uyida yashirincha masjid ochgan odamga juda katta soliq solinishini bilmas ekansan-da, degan gaplarni aytib oldi. Keyin, Eshonni qayerga berkitding, deb sensirab gapira boshladi. – Berkitganim yo‘q, – dedi Qambarali bobom. – Berkitmagan bo‘lsang, qayerda u? – Bilmayman. – Bilasan!.. Senga shunday katta soliq sola- manki, to‘laguncha bukri beling chiqib ketadi. Ayt, Eshon qayerda? – Bilmayman dedim-ku. – Mana senga bo‘lmasa, mana!.. – Ijroqo‘m Qambarali boboning boshiga, yelkalariga qamchi bilan savalay ketdi. Odamlar «o‘-o‘-o‘-o‘-o‘» deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling