Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 169
Xudoyberdi To‘xtaboyev
168 qarama, sen bilan tegishli joyda gaplashib qo‘ya- man... Keyin chollar yig‘ila boshladi. Oxirida qochoq Eshon shoshilib kelib. qulog‘ini ushlab Ollohu akbar, Ollohu akbar deb azon ayta boshladi, past ovoz bilan aytdi... Keyin qishloqqa borib, jin aravamga minib sizga ma’lumot yetkazdim. Gap shu, ushlaysiz. Ushlamasangiz bilib qo‘ying, sizning ustingizdan ham tegishli joyga ma’lumot beramiz... Hamma jim edi, bobom ikkimiz ham jim turaverdik. Odamlar endi boshlarini battarroq egib olishdi, biz ham battarroq egib oldik. Hayitvoy o‘rtog‘im yonimga kelib: – Qulog‘ingga bitta gap aytaman, – deya shivirladi. Qulog‘imni og‘ziga yaqinroq tutgan edim: – Eshon bobomni men ko‘rganman, – deya shivirladi. – Qachon? – Kecha. – Qayerda ko‘ruvding? – Tovuqxonada yotgan ekan. – Qanday qilib ko‘rding, men ko‘rganim yo‘q-ku? – Otam qorong‘uda ovqat olib kelgandi, orqasidan sekin poylab kelib êî‘rib oldim. – Shu gaplarni ijroqo‘m boboga aytasanmi? – Yo‘q, aytsam meni ham qamab qo‘yishadi. – Menga nega aytding bo‘lmasa? – Sen ham menga bitta gap aytgin-da, senda qiziq gap ko‘p-ku. – Hozir hech ham qiziq gapim yo‘q, – deb shivirladim. – Qiziq gap aytsam, uyimiz kuyib ketadi, mollarimiz ham kuyadi... Eshon Jannati odamlar 169 bobomning arvohini ham ko‘rganim yo‘q, bildingmi... O‘rtog‘im bilan pichirlashib so‘zlashayotga- nimizda oq ot mingan amaki boshqalar bilan nima to‘g‘risida gaplashayotganini eshitolmay qoldim, juda alam qildi. Endi bobojonimning oldiga o‘tib hamma gaplarni astoydil eshita boshladim. Eshit- ganlarimni uyga borsam enamga ham aytib bera- man, deb o‘yladim. Ey, enam ham kelsa bo‘larkan, orqada to‘n yopingan enalar turibdi-ku, enam ham to‘nini yopinib turaverardi-da. Oq ot mingan amaki Yusuf komsomoldan namozga borgan chollarni tanib olganmiding, qani menga ko‘rsat-chi, devdi, komsomol amaki oldinga chiqib davrani aylanib bu, mana bu, mana bunisi ham deb qo‘lidagi qamchisi bilan chol bobolarni ko‘rsataverdi. Keyin Matmusa bobo, Qambarali bobo, Eshonqul bobo, Ahmadqul bobo, o‘zimning bobomni ham qo‘shib o‘rtaga olib chiqishdi. Qo‘rqib ketdim, juda ham qo‘rqib ketdim. Bobojonimni qamab qo‘yishsa-ya, unda enam ikkovimiz nima qilamiz, kechasi uxlaganda qo‘rqamiz-ku, deb o‘yladim. Keyin enajonim o‘rgatgan duolarni pichirlab o‘qiy boshladim. Ey Xudo, bobojonla- rimizni qamashmasin, – deb pichirlab turdim. Yig‘lagim kela boshladi. Yig‘lasam Eshon bobom biznikiga borganini bilib qolishadi, deb yig‘lamas- likka harakat qildim. Oq otli amaki otdan tushib, jilovini sherigiga ushlatib, yangigina moylangan, qo‘nji uzun xirom etigi bor ekan, o‘sha loy bo‘lib qoladi deb otidan tushmagan ekan-da, qo‘lidagi dastagiga kumush qadalgan chiroyli, judayam chiroyli qamchisi bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling