Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 157
Xudoyberdi To‘xtaboyev
156 oldiga chiqarib yubormasinlar deb, ataylab qumg‘on- lar ostiga o‘t qalab o‘tirdim. Bir marta qorni katta mis choynakka choy ham damlab berdim. Abbosxon amakim kirganlarga so‘ylab beryapti: – Ha, endi yaratganga ming qatla shukr, omon qoldik. Shu azamat To‘rtko‘z itimiz tufayli omon qoldik, iloyo jo‘yini jannatdan buyurgan bo‘lsin! – It jannatga tushmaydi! – dedi bitta amaki. – Bir musulmonni qutqarib, o‘zi shahid bo‘lsachi? – deb so‘radi Ahmadqul bobom. – Shoshmay turlaring, hali men bu arslonimga janoza ham o‘qitaman. Bobosi bobomni, otasi otamni, mana bunisi suyukli î‘g‘lim Abbosxonimni qutqar- di, bu jannati bo‘lmay kim bo‘lsin yana! – Bahsni to‘xtatinglar! – deb buyurdi bobo- jonim. Bilasiz-ku, bobojonimning oyog‘i og‘rib turgan bo‘lsa ham obro‘yi baland, hamma uni hurmat qiladi. Esonqul bobom ham o‘zi to‘qsonga kirgan bo‘lsa-da, Erkavoy ko‘p aqlli yigit-da, deb hurmat qiladi. Abbosxon amakim Isfaraga ikki kajava savatda uzum olib boribdi. To‘rtko‘z orqasidan yurib poylab boribdi. Bozor yaxshi bo‘pti, qaytayotganlarida To‘rtko‘z yana o‘n qadamcha orqada yurib poylab kelayotgan ekan, qo‘rg‘o- nimizga uch chaqirim qolganda Qo‘shtegirmonning shundoqqina yonginasida orqadan to‘satdan irillagan ovozlar eshitilib qopti. Eshak minib kelayotgan Abbosxon amakim bunday qarasa, voy xudoyim, dahshat emish, ho‘kizdek keladigan bo‘ri To‘rtko‘z bilan xuddi kurashga tushayotgandek tikkama-tikka olishayotgan emish. Bechora amakim qo‘rqib ketibdi, eshak ham dir-dir qaltirarmish! Amakim o‘ziga kelib, yordamga boray deb, qinidan Jannati odamlar 157 pichog‘ini sug‘urib, endi eshakdan tushayotgan ekan, bo‘ri o‘qdek uchib kelib unga tashlanibdi. Xayriyat, Xudoga shukr, amakimning pichoq ushlagan qo‘li to‘sib qopdi, bilagini tishlabdi, xolos, tomog‘ini tishlaganda ish chatoq bo‘larkan. Bo‘ri bilan amakim tikkama-tikka bo‘lib ketishibdi. Shu paytda, iloyo joyi jannatda bo‘lsin, To‘rtko‘z yugurib kelib bo‘rining yelkasidan tishlab pastga bosibdi, yana ikkovlari olishib ketibdi, bir unisi bosib tusharmish, bir bunisi bosib tusharmish... Agar siz eshitsangiz dod deb yuborardingiz, men dod demasdan tishimni tishimga bosib eshitaverdim. Amakim men damlab bergan choy- dan bir piyola quyib ichdi, ko‘zini yumib ancha jim yotdi. Keyin yana gapira boshladi... Uyog‘i yana ham dahshatli bo‘libdi. Amakim turay desa qoni ko‘p oqqani uchunmi, boshi aylanibdi, atrofdagi tog‘laru olishayotgan bo‘ri bilan it ham chir-chir aylanib ketibdi, nahotki shundoq o‘lib ketaversam, e Xudo, o‘zing panohingga ol, menga kuch ber, deb, kalima o‘girib nola qilibdi. Xudo uning nolasini eshitib, bosh aylanishi to‘xtab- di, bilagiga quvvat beribdi, chap qo‘liga pichog‘ini olib endi o‘rnidan turayotgan ekan, bo‘ri yana tashlanibdi, yana amakining tomog‘ini mo‘ljalga olib tashlangan ekan, yo‘q, niyatiga yetolmabdi. To‘rtko‘z beliga minib olgan ekan, yerga bosib tu- shibdi, shu bosganicha tagidan chiqarmabdi. Ama- kim yana xudoga nola qilibdi. Xudo unga kuch, g‘ayrat beribdi, chap qo‘liga pichog‘ini olib, oli- shayotganlar oldiga borsa, xayriyat, bo‘ri ostidayu, it ustida emish. To‘rtko‘zning o‘tkir tishlari bo‘ri- ning bo‘g‘zida emish, bo‘ri oyoqlarini ojiz-ojiz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling