Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 151
Xudoyberdi To‘xtaboyev
150 o‘g‘li Obbosxonni bo‘ri talabdi. Katta itiyam o‘libdi, bo‘riyam o‘libdi... O‘rningizdan turo‘lmaysiz-da, bo‘lmasa, kirsangiz bo‘lardi... Men o‘choqqa o‘t yoqay... – Itiyam o‘libdimi? – deb shoshilib so‘radim. – Ha, olisha-olisha o‘libdi. – O‘sha To‘rtko‘z iti-ya?! – Ha, o‘sha katta iti, Arslondek edi-ya... Bobojonim inqillab yotgan joyida boshini deraza tomonga burib oldi. Men inqillamadimu, jim yotaverdim. O‘sha katta To‘rtko‘z itlari haqida î‘yladim. Αsha itlari tufayli qishlog‘imizga bo‘rilar kelolmasdi, qo‘rqardi. O‘ziyam og‘ilxonamizdagi novvoscha kelardi. Tomga chiqib bir uvlasa dalalarni zirqiratib yuborardi. Hech kimni tishlamaganu, shunday bo‘lsa ham hamma undan qo‘rqardi, men ham, Murodxon, Hayitvoy o‘rtog‘im ham hamma- hammamiz qo‘rqardik. Hozir ana shular haqida o‘yladim. Keyin men yana o‘tgan yili yozda bo‘lgan voqeani o‘ylab, To‘rtko‘zni o‘lgani yaxshi bo‘ldimi, yomon bo‘ldimi, deb o‘yladim... O‘shanda juda qiziq bo‘luvdi-da, juda qiziq bo‘luvdi. Sizga aytganmanmi, aytganim yo‘qmi? Voy, buni hamma biladi-ku!.. Voy, juda qiziq bo‘lganda... Ahmadqul bobomning tog‘ tomondagi katta bog‘ida o‘rikzorlari orasida hammasidan uzun, tanasi Hayitvoy ikkovimizning ham quchog‘imizga sig‘maydigan oq o‘rigi bor edi. O‘shaning pishganini hammadan oldin Ortiqali akam bilan Sultonali akamlar bilgan ekan. Har kuni borib ustiga chiqib, to‘yguncha yeb kelayotgan edik, Ahmadqul bobom êî‘rib qolib to qishloqqacha quvib keldi. Sindirilgan shoxlarni qo‘liga ushlab: Jannati odamlar 151 – Mana shu tamom bo‘lguncha savalayman! – deb do‘q ham qildi. Ahmad bobom pakana-da, oyog‘i kalta, baribir bizga yetolmaydi. Biz bo‘lsa ho‘ nariga borib, qo‘limizdagi o‘rikni ko‘rsatib: – Ko‘zingiz kuysin, alam qilsin! – deb masxara qilamiz. Hayitvoy o‘rtog‘im: – Pakana bobo, chakana bobo! – deb sakraydi. Murodxon o‘rtog‘im: – O‘rik bobo, yong‘oq bobo, danak bobo! – deb battar jahlini chiqarib qochadi... Ikki kungacha bormadik. Keyin Ortiqali akam, rost, o‘sha aytdi, Ahmadqul bobo ertalabdan buyon bog‘da ko‘rinmaydi. Qo‘qonga ketganga o‘xshaydi, yuringlar, yana mazza qilamiz, dedi. O‘ntacha bola yana yugurdik. Eng katta bolalar, ular qo‘rqmaydi-da, o‘rikning baland shoxlariga chiqishdi, o‘sha yerda pishgani ko‘p bo‘ladi-da. Biz bo‘lsak pastki shoxlariga chiqib, sal xomrog‘idan yeya boshladik. Eh, juda mazza bo‘ldi-da, o‘rikni yeb danagini bir-birimizga otishamiz; qiqirlashib kulamiz, silkinib hayinchak uchamiz... Bir mahal bunday qarasak Ahmadqul bobom mana shu bugun bo‘ri bilan urishib o‘lgan katta To‘rtko‘z itini biz tomonga qarab yetaklab kelyapti. It irillaydi, bo‘ynidagi zanjirni uzaman deydi. Biz hammamiz nima qilishimizni bilmay tek qotib qoldik. Iloyo bobo bizni ko‘rmasin-da, deb o‘yladik. Ko‘rmadi shekilli, itni bog‘lab bo‘lguncha ham tepaga qaramadi, nega tag‘in keldilaring, deb urishmadi ham. Itni bog‘ladi-yu, hech narsa demay orqasiga qaytib ketaverdi... Chatoq bo‘ldi, juda-juda chatoq bo‘ldi. Birortamiz tushmoqchi bo‘lib sal qimirlasak it irillab tepaga sakraydi. Qimirlama, bo‘lmasa tiriklayin yeyman deydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling