Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 147
Xudoyberdi To‘xtaboyev
146 Alqissa, endi gapni bechora ona Gulira’nodan eshiting... Shunday qilib onaizor go‘dagini chordevor xonada qoldirib, ko‘ksini yirtib yig‘lab, zolim vazirning ta'qibidan qochib, bir kun yuribdi, ikki kun yuribdi, oxiri holdan toyib yiqilibdi. Nariroqda qabriston bor ekan, o‘lsam o‘sha yerda o‘lay, mur- dam tashqarida qolmasin, deya sudrala-sudrala mozoristonga kiribdi-yu, yangi bir qabr bor ekan, o‘shani quchoqlab, voy bolam, Xoldorbegim, deyish- ga ham holi kelmay hushidan ketibdi. Yaqin o‘rtada bir cho‘pon yasharkan. Xotini ilon chaqib o‘lgan ekan. Har kuni ertalab ikki o‘g‘lini ergashtirib, qabristonga fotiha o‘qigani kelisharkan. Ertalab yana kelishsa, onalari tirilib, qabrning ustiga chiqib, behush yotgan emish. Onajon, deya qich- qirib yuborishibdi o‘g‘illari. Suyukligim, vafodo- rim, deb dodlabdi otalari. Keyin behush yotgan Gulira’noni ko‘tar-ko‘tar qilib kulbalariga olib ketib, onalarining ismi Gulbodom ekan, shu nom bilan atay boshlashibdi. Gulira’no ismi o‘zgarganiga xursand bo‘libdi, endi Xudo xohlasa, zolim vazirning ta’qibidan qutulaman, deb o‘ylabdi. Xaloskor cho‘ponga yor, o‘g‘illariga mehribon ona bo‘libdi. Ammo jigarbandi Xoldorbegini hech unutaolmas ekan, surishtira-surishtira oxiri kam- pirning uyidan uni topibdi, ammo men sening onang bo‘laman, sen shohning o‘g‘lisan deyolmabdi, zolim vazirning ayg‘oqchilari bilib qolishsa albatta o‘ldirib yuboradi, deb qo‘rqarkan. Sog‘inganda gadoy kiyimini kiyib, goh kampirning eski eshigiga, goh hokimning hashamatli darvozasiga yaqin borib, tilamchilik qilib: Jannati odamlar 147 Oq sut berib boqolmadim, Diydoriga to‘yolmadim, Erkam deya suyolmadim, Sahroda qolgan bolam, – deya zorlanarkan. Ko‘rsa yaxshi, ko‘rolmasa yana yig‘lab-yig‘lab qaytarkan. Qaytayotganda: Zavol ko‘rma, unib-o‘sgin, Zolimlarning yo‘lin to‘sgin, Zulmkorning qo‘lin kesgin, Sahroda qolgan bolam, – deb yana yig‘larkan. Umri yig‘lab, zorlanib, intizorlikda o‘tayotgan ekan, sog‘inib borsayu, ko‘rolmasa, ko‘rganda î‘g‘lim deya aytolmasa, onalar uchun bundan og‘ir azob bo‘lmas ekan. Og‘ir yaralangan Shohmalik o‘limi oldidan jamiki vaziru vuzarolarni, hokimu hakamlarni chaqirib, Sahrobek mening qonuniy o‘g‘lim bo‘ladi, taxtimning vorisi podsholik saltanatini unga topshirdim, deya farmoni oliy e’lon qilib, butun yurtga jar chaqirtiribdi. Onaizor shohning hasha- matli darvozasi yoniga kelib: Oq sut berib boqolmadim, Diydoriga to‘yolmadim, Erkam deya suyolmadim, Sahroda qolgan bolam, – deya yig‘layveribdi. Mulozimlar tovoqda tilla olib chiqishgan ekan, tillo menga kerakmas, podsho bo‘lgan Xoldorbek o‘g‘limni bir bora ko‘rsam bas, debdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling