Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 139
Xudoyberdi To‘xtaboyev
138 endi. Buvijonim, asalim, ketmang, hecham ketmang, sochlaringizni hidlab yotaman, duolar o‘qib beraman. Jon buvi, buvijonim, ketsangiz yana yetim bo‘p qo‘laman, yetimcha yetti kulcha deb masxara qilishadi. Mayli, bobom joy bermasa qochib ketamiz, uzoq-uzoqlarga qochib ketamiz, faqat achomlashib uxlasak bo‘ldi, yuzlaringizni silab qo‘yaman, yuvinganingizda qo‘lingizga suv quyib turaman, buvijonim, hech bo‘lmasa tepalikka qo‘l ushlashib chiqaylik, sizni bolalarga ko‘rsatay, mening ham buvim bor, hammaning buvisidan yaxshi, chiroyli deb êî‘rsatay, qayting, qayta qo‘ling. Hidingizga to‘ymadim, asalim deb erkala- shingizga to‘ymadim, yelkamni silaganingizda huzur qiluvdim, o‘sha huzuringizga to‘yganim yo‘q hali, jon buvim, qayting, men duolar o‘qiyman, otam tirilguncha o‘qiyman. Otinbibi aytdi-ku, ko‘p duo o‘qilsa, o‘lganlar tiriladi, deb. Ko‘rasiz, otam tirilib keladi, keyin hammamiz qo‘l ushlashib» sayillarga boramiz, tepalikka chiqib kaboblar pishi- ramiz. Katta bolalar kabob pishirishyapti-ku. Endi menam katta bo‘p qoldim-ku, jon buvi, buvijonim, hammaning buvisi o‘yinchoqlar beradi, menga hech kim bermaydi, meniki hammanikidan oz, bobom tanga pul beradi-da, keyin ertasiga bor, o‘g‘lim, nos olib kelgin, senga kattasidan beraman, deb yana aldab olib qo‘yadi, enam mushkulkushod o‘qigani borganida meni ichkariga olib kirmaydi, tashqarida, derazaning tagida o‘tirib eshitaman. Buvijonim ketmang, ketmang! Dodlab yuguraverdim, yuguraverdim. Oxiri Vahm ko‘chaga yetganda charchab yiqilib tushdim. Jannati odamlar 139 Mana shu qorlar bo‘lmaganda, oyog‘im hadeb sirpanavermaganda buvijonimga yetib olgan bo‘lardim, endi qorlarni mushtlab yig‘lay bosh- ladim. Bitta opa chiqib ko‘tarib olmoqchi bo‘luvdi, qo‘llarini tishlab oldim, eriniyam itarib tashladim, yuziga changallab rosa qor otdim. Nega buvimni to‘xtatib turishmadi, to‘xtatishganda hozir achom- lab olardim, nega meni tashlab qochdingiz deb so‘rardim, nega, nega to‘xtatishmadi? Endi buvim- gayam î‘g‘il bo 'lmayman, enam bilan ham birga yotmayman, sigir soqqanida buzoqchasiniyam ushlab turmayman, bobomning soqo‘liniyam tara- mayman, hammasiyam yomon ekan, nega meni aldashadi, nega?.. Qochib ketaman, ajinasi yo‘q, bo‘rilari yo‘q dashtlarga qochib ketaman. Kel, o‘g‘lim, yarashaylik deyishsa ham kelmayman, hech kelmayman. Hoy bolamlab enam yetib keldi, uch oyoqlab bobom yetib keldi, qo‘shnilar chiqishibdi, hamma- sining qo‘lini, oyoqlarini tishlab olaverdim, oxiri ovozim chiqmay qoldi, yig‘lay desam kuchim yetmayapti, bitta amaki ko‘tarib uyimiz tomonga yuruvdi, o‘shaning yelkasiga boshimni qo‘yib hiqillab-hiqillab ketaverdim, uyga kelganimdayam hiqillashim hech bosilmadi, hiqillamay desam ham ichimdan hiqillash kelaverdi. Enam sutli osh pishir- gan ekan, yolvorsayam ichmadim. Endi sirayam ovqat yemayman. Yotishganda yonlariga chaqirish- gandi, bormadim. Uyning burchagiga borib o‘tirib oldim, chiroqni o‘chirishgandi, qop-qorong‘i bo‘p qoluvdi, endi qo‘rqa boshladim. Uyning mo‘risidan ajina tushib meni achomlab olayotganday bo‘la- verdi... Mayli, enam bilan hozir yarashaman, erta- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling