Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
130
Past mahalladan, Melivoyning zaifasi bo‘ladi,
– dedi Shayxbobo.
– Tanib turibman, – dedi enam ham, – otingiz
Chinnibibi edimi, aylanay?
– Ha, – dedi o‘sha opa yig‘lamsirab.
– Melivoy ajoyib novvoy edi, eringizniyam
bilardim, – dedi enam, – katta to‘ylarning nonini
o‘sha xudojo‘yga yoptirardik, qarang-a, shunday
azamat yigit ko‘mir eltib nobud bo‘lsa-ya.
– Yaratgan o‘ziga aziz qilaman desa... na chora,
dedi Shayxbobo, – rahmatli jannati odam edi,
qaysiki to‘yda non yopsa, oldidan jizzaligidan ikki-
tasini menga yuborardi.
Opa Shayxboboga qog‘oz pul uzatuvdi, bittasini
olib ikkitasini o‘ziga qaytardi. Qizlaringga kavush
olib ber dedi. Keyin tugun olib kelgan ekan,
o‘shandanam faqat bitta non olib, chuqur tokchada
boshqa tugunlar ham ko‘p ekan, hammasini opaning
tuguniga shunday katta qilib tugdiki, voy-bu, uni
qanday qilib ko‘tarisharkan, deb o‘yladim. Menga
bitta nonu bir ko‘za suv kifoya, dedi Shayxbobo,
sening esa oltita bolang bor, hammasi qaldirg‘och-
ning bo‘lasiday og‘zini ochib o‘tiribdi, yeyman-
ichaman deydi. Tugunni ola ketasan, savob bo‘ladi,
olmasang, Shayxboboni ranjitasan, degandi, opa
olmayman, hecham olmayman, deb yig‘lab yubordi.
Qarasam, buvimning ham ko‘zida yosh miltillab
turgan ekan.
– Olmasang Melivoy go‘rida tinch yotmaydi, –
dedi Shayxbobo, – tushlarimga kirib chiqyapti,
yetimchalaridan xabar olib turing, deyapti. Ma,
ozgina pul ham beray, qizlaringga ro‘mol olib
bergin, qara, popukdekkina qizchalar ekan...


Jannati odamlar
131
Shayxbobo tugunni o‘zi ko‘tarib opani kuzatgani
hovliga chiqib ketdi. Qarasam, buvim ko‘z yoshini
popukli ro‘molchasiga artib-artib olyapti.
– Bu qizim rahmatli To‘xtavoyning zaifasi
bo‘ladi, a? – so‘radi Shayxbobo uyga qaytib kirib.
– Ha, – deb qo‘ydi enajonim.
– Mana bu chiroyli yigitcha undan qolgan
zurriyot bo‘lsa kerak, tovba, xuddi quyib qo‘ygan-
dek-a. Yaratgan egamning dargohi kengda...
Yo‘qlab kelib ko‘p ulug‘ ish qilibsiz, qizim... Tur-
mush qurib ketganingizni bilaman, ustaning ham
chirqillab qolgan bolalari ko‘p edi. Savob yo‘liga
qadam qo‘ygansiz, qizim. Payg‘ambarimiz Muham-
mad alayhi vasallam bir yetimning ko‘nglini
ovlasang, yetti bor hajning savobini olasan, de-
ganlar. Va lekin, arvohlarni ham yo‘qlab turmoq
darkor. Hay, tahorat ketmasdan bir tilovat qilaylik
bo‘lmasa.
Shayxbobo sandalda o‘tirganicha ko‘zini yumib,
boshini sal-pal qimirlatib men hecham eshitmagan
duoni o‘qiy boshladi. Ovozi judayam yoqimli,
judayam mayin, Ahmadqul bobomning cho‘loq
kelini bolasiga alla aytdi-ku, ana o‘shanga
o‘xsharkan.
– Ena, shu duoni siz bilasizmi? – deb shi-
virladim.
– Jim, – dedi enam barmog‘ini labiga qo‘yib.
– Ayting, sekinroq o‘qisin, menam o‘rganib
îlay.
– Jim deyapman.
Jim bo‘lib yana Shayxboboni kuzata boshladim.
Beti o‘zimning bobomnikiga qaraganda katta, soqoli
ham qalin, peshonasi keng, burni Esonqul bobom-



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling