Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- QABRISTONDA FOTIHA O‘QIDIK B
- Jannati odamlar 127
Xudoyberdi To‘xtaboyev
126 – Buvi, anavi kuni Xoneshon bobom o‘l- magan bo‘lsayam arvohlarini ko‘rdim, xuddi o‘zlariga o‘xshaydi, kitob o‘qishni o‘rgatmoqchi bo‘ldilar. – Ha, eshitdim, o‘g‘lim, enang aytib berdi. – Voy, aytdimi, endi uyimiz kuyib ketsa nima bo‘ladi? – Begonalarga aytsa kuyadi-da, men begona emasman-ku, do‘mbog‘im. – Enam og‘zing bo‘sh, ichingda gap yotmaydi, hammasini birovlarga aytaverasan, degandi. Eshon bobomning arvohini yana ko‘rganimda og‘zimga dam soldirib olmoqchi edim, hech kimga gap aytmasdim. Kirsam, yo‘q bo‘p qoptilar. – Xudo xohlasa, yana ko‘rishib qolarsizlar, o‘g‘lim. – Uxlagim kelyapti, – dedim esnab, – uxlab qolsam, ketib qo‘lmaysizmi? – Asalim-ey, –dedi buvim meni bag‘riga mahkam bosib. Keyin bolishimiz ikkita bo‘lsayam, o‘zimiz bitta bo‘p qoldik, bittaligimizcha ertalab- gacha qimirlamay uxladik... QABRISTONDA FOTIHA O‘QIDIK B uvim ham bizni sog‘inib, ham otamning qabriga borib, Shayxboboga xayr-sadaqa berib, arvohlarni yo‘qlayman deb kelgan ekan. Kelmasa hech bo‘lmas ekan. O‘sha o‘lgan otam tushiga kirib, Sorabibi, gullar orasidan tanlab, olganim Sora gulim, meni unutdingmi, yo‘qlamay qo‘yding-ku, shu umidda bir yostiqqa bosh qo‘yganmidik, deyaveribdi. Enam, ona qizim, kelib yaxshi qilibsan, Jannati odamlar 127 To‘xtavoyning arvohini sen yo‘qlamasang kim ham yo‘qlardi, arvoh osh-non so‘ramaydi, bir hovuch fotiha kifoya, fotiha o‘qimasak, arvoh och qolgan chumchuqday chirqillab qoladi-ya, dedi. Keyin buvimni bag‘riga olib, o‘zimning esli qizim bor- da, xudoga shukr, esim yo‘g‘ida tug‘ib o‘lgan ekanman, deb maqtab ham qo‘ydi. Bobom boshini sandalga bosib o‘tirgandi: – O‘ zolimlar, – dediyu yana jim bo‘ldi. Men ko‘rpaning tagidan qo‘limni uzatib san- dalning taxtasini taka-taka-tak, taka-taka-tak qilib chalayotgandim, chalayotgan bo‘lsam ham, Eshon bobom o‘lmagan bo‘lsayam arvohlari bor ekan, o‘zlariga juda o‘xsharkan, odam o‘lganda arvohi o‘ziga o‘xsharmikan yoki o‘ziga o‘xshamasmikan, mening otamning arvohi ham bormikan, men uni hech ko‘rmaganman-ku, arvohini qanday taniyman endi, deb o‘ylayotgandim, enamning gapiga quloq solaman deb o‘ylayotgan narsamdan adashib ketdim. Keyin, otamni ham arvohi bormi, deb enamning o‘zidan so‘radim. – Bor, albatta, – deb qo‘ydi enam. – U kimga o‘xshaydi? – O‘zimga o‘xshaydi-da, qulunim. – Biznikiga hech kelganmi? – Kelgan, Xudo xohlasa yana kelib turadi, î‘g‘lim. – Men otamni tanimayman-ku, kelganini qanday bilaman endi? – Namozliklarning hammasini o‘rganib olsang, – deb tushuntirdi enajonim, – ana undan keyin darrov tanib olasan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling