Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
132
nikiga o‘xshab puchuqqina ekan. Boshidagi sallasi
oq emas, qizil chitdan, do‘ppisiyam kir, o‘choqboshi-
mizda qozon ushlaydigan eski do‘ppimiz bor-ku,
o‘shanga o‘xshaydi... Asta-sekin mening ko‘zim
yumila boshladi. Ochay desam ham yumilib
ketaverdi. Keyin, ie, nazarimda eshikdan o‘zimning
otam kirib kelayotganday bo‘ldi. Qosh-ko‘zi kechasi
buvim aytganday qop-qora, o‘rta bo‘y, bug‘doyrang,
ko‘zlari ham chaqnab turibdi. Ostona oldida to‘xtab
hammamizga birma-bir qarayotganday. Otam,
dedimu ko‘zim ochilib o‘rnimdan turib ketdim.
– Jim, – dedi enam.
Shayxbobo ko‘zini ochib menga bir nazar soldi-
yu, yana yumib oldi. Endi sal boshqacharoq ohangda
o‘qiy boshladi. Ko‘zlarimni chirt yumib, ancha jim
turdim. Faqat qorong‘i ko‘rinadi-yu, endi hech narsa
ko‘rinmaydi. Yana qattiqroq yumdim, yana ochdim,
yo‘q, endi otam hecham ko‘rinmadi, yig‘lagim kela
boshladi. Surilib, enamning tizzasiga o‘tib oldim.
Duolar tugagach, Shayxbobo o‘lganlarning joyi
jannatda bo‘lsin, tiriklarning iymoni basalomat
bo‘lsin, yeb-ichishimizning, xayr-xudoyilarimiz-
ning savobi umidvor arvohlarga, yer egasiga, mulk
egasiga tegsin, deganda o‘xshash so‘zlarni aytib,
fotiha o‘qigandi, men uncha qiziqmasdan o‘tirdim.
Yo‘q, fotiha o‘qidimu baribir, Esonqul bobom bun-
dan yaxshiroq o‘qirdi, deb o‘ylayverdim. Keyin
Shayxbobodan o‘lganlar hech tirilganmi, bir marta
bo‘lsayam tirilganini ko‘rganmisiz, deb so‘ragim
kelaverdi. So‘ray deymanu so‘ray olmayman.
Oxiri:
– Ena, men hozirgina otamni ko‘rdim, – dedim
o‘rnimdan turib.


Jannati odamlar
133
– Aylanay qulunimdan, – dedi enam ham,
o‘rnidan turayotib.
– Ko‘zimni yumib tursam, xuddi shu uyga
kirib kelayotganday bo‘ldi.
Tez-tez kelib turgin, To‘xtavoyning o‘g‘li, –
dedi Shayxbobo, – otangni sog‘insang, uni Xudo
xohlasa, faqat shu yerda ko‘rasan.
– Boshqa joyda-chi? – shoshilib so‘radim.
– Xudo ko‘rsatsa... bu yerda aniqroq ko‘rasan.
Rahmatli otang ham otasining qabrini ziyorat
qilishni kanda qilmasdi. Bir kelganda kattagina
pul tashlab ketdi, xonaqohning yog‘ochini qurt
yebdi, yangilab oling, dedi. Ko‘p saxiy yigit edi-
da, eh, attang, ammo yaratganning irodasiga qarshi
borolmaymiz. O‘zi yaratadi, o‘zi oladi... Umri qisqa
ekan, nachora.
– Bobojon, siz otamni necha marta ko‘rgansiz?
– so‘radim chidab turolmay.
– Otang ko‘z oldimda katta bo‘lgan, î‘g‘lim...
Qochdi-quvdi paytida ham mening xonaqohimda
jon saqlardi. Qani endi qabr boshiga boraylik
bo‘lmasa.
Supurgi, yog‘och, kurak olishdi. Qorni tozalab
qo‘yish kerak ekan, bo‘lmasa erib, go‘rni cho‘ktirib
qo‘yarkan, go‘r cho‘kkani yomon bo‘larkan... Voy-
bo‘y, qabriston shunaqa katta bo‘lib ko‘rinyaptiki,
qabrlar endi do‘ppayib ko‘rinmaydi, hammasi bitta
bo‘p ketibdi.
– Ana Robiyabibi, – dedi bizni boshlab borib
Shayxbobo, – marhumlar tinchgina uxlashyapti,
hamma g‘alvayu to‘polon mana shu yolg‘on
dunyoda, chin dunyo esa oromli, halovatli dunyo.
Na deb keldim bu dunyoga, men bu yerlik



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling