Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
134
emasman, deb yig‘lagan ekan mashoyixlar... Qorni
supuring-chi, ha, barakalla, tanidim, To‘xtavoyning
– boshiga otasinikiga o‘xshatib oq tosh qo‘yuvdim,
qo‘ychivoy qo‘ydan yanglishmagandek, biz ham
qabrdan yanglishmaymiz.
Otam shu yerda yotadimi, kechalari qo‘rqmay-
dimi, bordiyu tirilib qolsa tuproqlarni qanday
êî‘tarib chiqadi?.. Yuragim qisilib yig‘lagim kela
boshladi... Bechora otam-ey, biz keng uyda
yashaymiz, u bo‘lsa torgina go‘rda yotarkan,
ichiyam qorong‘idir. Qop-qorong‘idir.
– Yig‘lama, – dedi enam shivirlab.
– Mayli, yig‘lasin, – dedi Shayxbobo.
Buvim qabr ustidagi qorlarni tozalab supurib,
kurak bilan nariga itarib, o‘sha kurakning ustiga
o‘tirdi-da:
– Voy xudoy-i-i-im! – deb boshini chayqab ulu
tortib yig‘lab yubordi. Keyin tizzasiga shapatilab
ura boshladi.
– Qo‘y, qizim, qo‘y, – deb yupatdi enam.
– Mayli, yig‘lasin, – dedi yana Shayxbobo, –
yuragi bo‘shaydi, musulmon bolasi har zamon-har
zamonda qabristonga kelib yig‘lab-yig‘lab olishi
kerak. Yuragi bo‘shab dili yorishadi, tiriklarga
oqibatli bo‘ladi.
Enam, Shayxbobosi, Rahmonberdi o‘g‘lim esli,
odobli bola, namozliklarni, fotiha suralarini biladi.
Ruxsat bersangiz, otasiga bag‘ishlab bir tilovat
qilib bersin degandi, Shayxbobo, qani-qani, dedi.
Uyimizda bo‘lsam-ku, uyalib yo‘q derdim-a, bu
yerda o‘qisam, zora ovozimni otam eshitsa, tirilay-
tirilay deb turgan bo‘lsa tezroq tirila qolsa deb
o‘ylab darrov ko‘na qoldim.


Jannati odamlar
135
– Ovozimni siznikiga o‘xshatib o‘qiymi? –
so‘radim enajonimdan.
– Yo‘q, Ahmadqul bobongnikiga o‘xshatib
o‘qigin.
– Voy, u bobom qori-ku?
– Sen qori bo‘lib o‘qiysan, toylog‘im. Boshlay
qol, sovqotib qolyapmiz.
– Bismillahir rahmanir rahim, – deb ovozimni
Ahmadqul bobomnikiga o‘xshatib chiqardim, –
alhamdu lillahi rabbil alamin ar rahmanir rahim,
malikiyovmiddin, iyyoka na’budu va iyyaka nas-
ta’in, ihdinas sirotal mustaqima sirotal laziyna
anamta alayhim g‘ayril mag‘zubi alayhim va lazzo-
lin omin... bismillahir rahmanir rahim, qulhuvall
Allohu ahad, Allohu somad, lam yalid valam yuvlad,
valamyakullahu kufuvan ahad... Buni bir marta
o‘qisayam bo‘ladi, enajonim shunday degan. Sub-
honika rabbika rabbil izzati amma yasifun va
salamin alana mursalina alhamdulillahi rabbil
alamin, Allohu akbar... o‘qigan duomning savobini
o‘tgan hamma bobolarimga, hamma enalarimga,
otishmada o‘lgan tog‘alarimga, rahmatli otamga
bag‘ishladim. Iloyo otamning go‘ri yop-yorug‘
bo‘lsin, tezroq tirilib, uyimizga kelsin, iloyo buvim
endi hecham ketib qolmasin, iloyo hammamiz birga
yashaylik, Allohu akbar...
O‘qiyotganimda ko‘zimning qiri bilan qor ustida
chordona qurib o‘tirgan Shayxboboga qarab-qarab
qoyuvdim, uyam menga qarab-qarab qo‘yayotgan
edi, tugatishim bilan, shoshilib yonimga keldi-da,
ikki qo‘ltig‘imdan olib boshidan ham balandroq
ko‘tarib, Robiyabibi, To‘xtavoy o‘lmabdi, u tirik
ekan, mana u, deb sal pasaytirib, buvim meni kecha



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling