Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- ENAJONIM AYTGAN ERTAK B
- Jannati odamlar 137
Xudoyberdi To‘xtaboyev
136 qanday sog‘inib o‘pgan bo‘lsa, ana shunday qilib hamma yog‘imdan o‘paverdi. Og‘zi judayam katta ekan. Betimning yarmi og‘ziga kirib ketaverdi. Yana tag‘in barakalla, barakalla, otangni sog‘in- sang, har kuni o‘qiyvergin, o‘qiyvergin, o‘shanda otang hecham o‘lmaydi, degan gaplarni ham aytdi. Keyin uchovimiz uyga qaytib ketdik, kelayot- ganda hecham yig‘lamadik. ENAJONIM AYTGAN ERTAK B uvim meni aldab ketib qolmasin deb undan hech ajralmayman, uyga kirsa, uyga kiraman, eshikka chiqsa eshikka chiqaman, hoy, etagimni qo‘yib yubor, ketmayman, desayam ishonmayman. Enam buving o‘zining uyiga borib Ashir buvidan qolgan yetimlarga qarasa, savobining ko‘pi senga tegadi, jannati bo‘lasan, devdi, men jannatga bormayman, undan buvimning o‘zi yaxshiykan, deb turib olaman... Baribir, o‘ynagani chiqqim kela- verdi. Yo‘q, o‘ynashga emas, yo‘q, buvim seni êî‘rib dilim yayrab tursin deb, yangi etigim, yangi to‘nim, yangi do‘ppimni kiygizib, voy asalim-ey, kuyov bola bo‘p qolding-a degan edi, ana shu kiyimlarimni o‘rtoqlarimga hech bo‘lmasa bir marta ko‘rsatgim kelaverdi. – Ketib qo‘lmaysiz, a? – deb so‘rayman buvimdan. – Ketmayman, dedimu, asalim, – deydi buvim, – ishonmasang o‘ynagani chiqmay qo‘ya qol. Chiqmay qo‘ya qol deganiga endi astoydil chiqqim kelib qoldi. Ozgina o‘ynaymanu darrov qaytib kelaman deb, tepalik yoniga qarab yugurdim. Jannati odamlar 137 O‘h-ho‘, qo‘rg‘onchamizdagi jamiki bolalar chiqibdi, sayil bo‘pti, sayildanam zo‘r bo‘pti! Katta bolalar uylaridan yashirib go‘sht olib chiqib, o‘rtaga olov yoqib kabob pishirishyapti, xushboy hidi ham- mayoqni qoplab ketibdi. Biram yegim keldi-ey, Sultonali akam novdaga ilib pishirgan go‘shtni ko‘z- ko‘zlab ham qo‘yyapti, yana yegim kelib ketti! Tamshanib-tamshanib nariga borsam, voy-bo‘y, qizchalar ham chiqishibdi-ya. Baribir, tepadan pastga qarab sirpanishaolmaydi-ku, undan ko‘ra bozillagan sandalida mazza qilib o‘tirishsa bo‘ladi- ku, to‘g‘rimi?.. Voy-bo‘y, hammayoq qiy-chuv bo‘lib ketgan, qiyqirishyapti, kulishyapti, dumalashyapti, hech biri mening yangi kiyimlarimga qaramaydi ham. Qaramasa qaramas, sirpansam bo‘ldi-da, sirpangani chiqqanman-da, to‘g‘rimi? Endi uch marta sirpangan edim Jamol akam, Rahmonberdi, buving katta ko‘chada orqasiga qarab-qarab yig‘lab-yig‘lab ketyapti, tag‘in seni axtarib yurgan bo‘lmasin, deb qoldi. A, dedimu anavi kundagiga o‘xshab bir nafas qotib turdim, keyin uyga qarab yugurdim. Buvim yo‘q! Qo‘sh- ninikiga chiqqandir, deyishyapti, yolg‘on, yolg‘on! Mozor tomonga qarab yugurdim, buvim hamisha o‘sha tomondan kelardi. Dodlab yuguraverdim, yuguraverdim. Yo‘q, buvijonim yo‘q. Orqamdan, hoy esli o‘g‘lim, deb enam yuguryapti, uch oyoqlab bobom halloslab kelyapti. Baribir buvijonimni o‘gay otamgayam, o‘gay akalarimgayam bermayman endi. Kerak bo‘lsa o‘zlari buvi sotib olishsin, buvijonim, mening buvim-ku, u o‘zi tuqqan, bobom tuqqan emas meni, uylariga ham bormayman, borganimda menga buvimni berishmaydi, menam bermayman |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling