Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 121
Xudoyberdi To‘xtaboyev
120 – Ha, sog‘inganman. – Sorabibi senga ona bo‘lsa, bizga o‘rtoq, qiz o‘rtog‘imiz bo‘ladi-ya, biz ham uni sog‘inganmiz. Sen kechasi gaplashaverasan. – Kechasi o‘gay otam obketib qoladi, bildin- gizmi? Enam kelib, yur, qulunim, bobong poya qir- qyapti, qarashib yuborgin, dedi. Men ko‘nmay, buvim ketib qoladi, degandim, buvimning o‘zi, yo‘q asalim, ketmayman, deb ishontirdi. Poyani ushlab turganimdayam bobom, hoy ko‘zingga qara, qo‘- lingni qirqib olaman, desayam ko‘cha eshik to- mondan nazarimni uzmay turdim. To‘y bo‘lgan kuniyam qo‘rqma, onang ketmaydi, deb aldashib, keyin paranji yopintirib obqochib ketishgan. Men o‘shanda yerga yotib rosa yig‘laganman... Qo‘sh- nilarimizdan keyin endi Zahroxolam keldi. Undan keyin Ahmadqul boboning cho‘loq kelini chiqdi. Gaplari cho‘zilib ketuvdi, poygakka tushib olib, cho‘loqlanib yurib o‘sha opani rosa masxara qildim. To‘g‘ri-da, nega endi buvimni menga berishmaydi? Hammalari ketgach, enam vaqt allamahal bo‘lib qoldi, yotaqolaylik, gapning chalasini ertaga gap- lashamiz, deb buvim ikkovimizga uyning to‘riga to‘yimga atalgan serpaxta ko‘rpalardan to‘shab, yumshoqqina joy qilib berdi. Ko‘rpaga kirishim bilan buvimni mahkam achomlab oldim. Oh, qanday yaxshi-ya, qanday mazza-ya, qani endi, ming yil shunday qilib yotsam, hecham tong otmasa, bomdod namozigayam turmasak, keyin ikkovimiz qo‘shilib bitta bo‘lib qolsak, hech kim ajratmasa... – Katta yigit bo‘p qopsan, asalim, – dedi buvim orqamni silab, – quchog‘imga sig‘mayapsan-a. Jannati odamlar 121 – Men, buvi, namozlarniyam bilaman, – deb shivirladim yana ham xursand qilmoqchi bo‘lib, – ajinalarni qochiradigan duolarni ham o‘rganib olganman. Keyin o‘yinchoqlarim ham ko‘p, ko‘r- sataymi? – Yo‘q, ertalab ko‘rarmiz. Yettita cho‘yan soqqam bor, yong‘oqqa almash- tirib olganman, xo‘p deng, ko‘rsata qolay, qorong‘i bo‘lsayam ko‘rinaveradi. – Asalim, hammasini ertalab ko‘ramiz. – Ketmasangiz, o‘yinchoqlarimni hammasini sizga berardim. – Voy, shirinim-ey, rahmatli otangga o‘xshab sen ham biram mehribonsanki, tillaring ham bi- ram shirinki... – Rahmatli otam mehribonmidi? – Judayam. – Nega bo‘lmasa î‘lib qolgan? – Ajali yetgan-da, o‘g‘lim. – Ajali yetganda odam o‘ladimi? – Ha, o‘ladi. – Buvi, otamni quloq qilishganmi? O‘ynaganimizda bolalar nuqul quloqning bolasi, quloqning bolasi, deb masxara qilishadi. Rostdan ham otamning qulog‘i juda katta bo‘lganmi? – Yo‘q, o‘g‘lim, qulog‘i katta bo‘lgani uchun- mas, boyligimiz ko‘p bo‘lgani uchun quloq qi- lishgan. – Keyin qulog‘idan cho‘zishganmi? – Kim biladi, o‘g‘lim. – Buvijon, otam haqida gapirib bering. Bobomdan so‘rasam, katta bo‘lganingda bilasan, o‘ zolimlar, o‘ zolim zamona, deb osmonga qarab mana |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling