Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
118
Unday dema, qizim, – deyapti enam, – o‘sha
yetimlar ham begona emas, jiyanlaring bo‘ladi,
xolangning tilab-tilab olgan aziz farzandlari...
– Jiyanlariga qarasin, deb meni otam tengi
odamga beribsiz-da, – yana yig‘layapti buvim.
Yetimning boshini silasang, oxirating obod
bo‘ladi, qizim.
– Oxirati obod bo‘lsin deb, meni qurbon
qilibsizlar-da?
Endi bobom gapira boshladi. Buvimni o‘ziga
qaratib, yelkalaridan silab, shirin qizim, ko‘nikib
ketasan, Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi,
hamma o‘zini o‘ylayversa, unda yetimlarning
holidan kim xabar oladi, o‘zing o‘ylagin, to‘rtta
bolasi bor, yoshi ham bir joyga borib qolgan kishiga
kim ham xotinlikka ko‘na qoladi, bunaqa paytda
qarindoshlar o‘zidan kechmasa bo‘ladimi, yig‘lama
deyapman, bularni yuvib-tarab katta qilsang. Xudo
xohlasa, huzuriniyam ko‘rasan, muhimi, xolang
go‘rida tinch yotadi, odam bolasi bu dunyoga aslida
savob uchun keladi, ha, savob olaman deb odamlar
machit soladi, ko‘prik quradi, e qizginam-ey, yig‘ini
bas qil endi, dunyoda yetti xil savob bor, deydilar,
eng kattasi yetimning boshini silaganda bo‘larkan...
Ana shunga o‘xshash gaplarni bobom gapiraverdi-
gapiraverdi, men shu paytda bobojonimni judayam
yomon ko‘rib qoldim. Yugurib borib tomog‘idan
quchoqlab, og‘zini qo‘lim bilan berkitib:
– Gapirmang, – deya qichqirdim, – endi
buvimni hech kimga bermayman. Machitniyam,
ko‘prikniyam o‘zingiz quravering.
Buvim meni tizzasiga olib, kafti bilan ko‘z
yoshlarini artib: Voy, asalim-ey, to‘ning o‘zingga


Jannati odamlar
119
biram yarashibdi-ki, – dedi. Chindan ham yarash-
gan-yarashmaganligini bilmoqchi bo‘lib turuvdim.
Shuning uchun darrov o‘rnimdan turib, nariroqqa
borib, rost aytyapsizmi, deb so‘radim.
– Bo‘y-bastingga mos kelganini qara, xuddi
quyib qo‘yganday.
– O‘zingiz tikdingizmi?
– O‘zim tikdim, asalim.
– Endi ko‘ylagam, to‘nam o‘z-o‘zimgami?
– O‘z-o‘zingga, do‘mbog‘im.
– Ko‘ylakni kechasiyam kiyib yotsam maylimi?
– Mayli, shirinim, kechasiyam kiyib yota qol.
Endi yana buvim bilan to‘yib-to‘yib gapla-
shaman desam, hadeb qo‘shnilarimiz chiqaveradi,
voy, o‘rtoq, esonmisiz, deb yelkasiga qo‘lini mana
bunday tashlab, hech biri menga e’tibor bermaydi.
Beqasam to‘nimni ko‘risharmikan deb, sal nari-
roqqa borib tursam ham qarashmaydi. Muhtaram
xolam qovoq somsa olib chiqqan ekan, nuqul o‘shani
maqtashadi. Bibiqiz ko‘k dasturxonga sutli patir
o‘rab chiqqan ekan, voy, qo‘shni, biram pazan-
dasizki, og‘izda erib ketadi-ya, bizga ham o‘rgat-
sangiz-chi, deyishadi. Qiziq-qiziq gaplardan hech
gaplashishmayapti. Buvimni menga berishmas
ekan-da, men uni sog‘inganman. O‘rnimdan turib:
– Chiqib ketinglar endi, – deb kigizni gupil-
latib tepdim, – buvimni sog‘inganman, bildingizmi?
Muhtaram xolam:
– Sen juda odobli bola eding-ku, – dedi labini
burib.
– O‘zingiz odobli bolasiz, – deb menam labimni
burib qo‘ydim.
– Buvingni faqat sen sog‘inibsan-da?



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling