Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 112
Jannati odamlar
111 Hech chiqib ketgim yo‘q edi-yu, kech kirib qoldi-da, enam axtarib meni bu yerda ekanligimni bilib qolsa, keyin kiritmaydi, deb qo‘rqdim. Eshon bobom meni yana tizzalariga olib muzday betlarini boshimga qo‘yib ancha jim turdilar-da: – O, bolam-ey, bolam-ey, – deb qo‘ydilar. Chiqsam, o‘zimning bobom ichkari hovlida o‘tin yorayotgan ekan, enam, qirt-qirt qilib sabzi to‘g‘rayapti. – Qayerda qolib ketding? – deb so‘radi. – O‘ynadim, – dedim. – Kimnikida o‘ynading, bobong rosa axtaribdi- ku? – Aytmayman, qo‘limni kesib tuz sepsangiz ham aytmayman, – dedim qo‘rqib, – aytsam me- lisa amakilar ushlab ketib yana qamab qo‘yishadi. Keyin yugurib borib sandalga kirdim-da, boshimga ko‘rpani tortib: – Hecham aytmayman, – deb baqirdim-da, yig‘lab yubordim. Ertalab tezgina turib, enajonimning ko‘zini chalg‘itib Eshon bobomning oldilariga kiraman dedimu hech turgim kelmadi. Nega ko‘p uxlab qoldim ekan, deb oylanib yotaverdim. Quyosh chiqibdi, tog‘ tomondagi derazamizdan uyimizga nur oqib kiryapti. Biram mayin, biram yumshoq, kaftimni tutib hovuchimga yig‘aman desam, hech ushlab bo‘lmayapti. Nega yo‘q bo‘lib qolarkin, axir, men ularni ko‘rib turibman-ku. Qiziq, qayoqqa yo‘q bo‘lib qolyapti ekan?.. Hay, mayli, endi bu haqida hecham o‘ylamayman. Yaxshisi, tushimni eslay- man. Judayam mazza tush ko‘rdim-da, har kungisidan ham zo‘r bo‘ldi. Yo o‘ngimda ko‘rdim- Xudoyberdi To‘xtaboyev 112 mikan... yo‘q uchdim-ku, men faqat tushimda uchaman-ku... Eshon buvam uchishni bilmas ekanlar, men o‘rgatib qo‘ydim, keyin birgalashib uchdik, keyin cho‘chqaning bolalari, qizil shapkali amakilar bizni rosa quvlashdi. Ular ham uchayapti, biz ham uchyapmiz. Bo‘rsiqlarning bolalari ham to‘xta-to‘xta deb uchayotgan bo‘ldi. Keyin jannatga tushib qoldik. O‘h-ho‘-o‘, juda zo‘r ekan-ku, enajonim aytganday, har xil gullar shunaqa ko‘pki... Oq kallaqandlar savatlardagi qandlarmi yoki oppoq bo‘lib ochilgan atirgullarmi, deb o‘ylanib qoldim. Bir qarasam qand bo‘ladi, bir qarasam gul bo‘ladi... Keyin Eshon bobom kichkina bo‘lib qoldilar. Ie, siz nega bunaqa bo‘p qoldingiz desam, cho‘yan soqqangni bersang, senga bulbulcha bo‘lib sayraydigan hushtagimni beraman, deydilar. Keyin hammayoqni bulbulcha bo‘lib sayraydigan hush- taklar bosib ketdi... Bobojon, siz nega pakana bo‘lib qoldingiz, desam, voy, men chala tug‘ilganman- ku, dedilar. Boshlarida oq salla, egnilarida malla chopon, bo‘ylari kichkina-ku, soqollari tizzalariga yetay-yetay deb turibdi. Kulib yubordim, kula kula uyg‘onib ham ketibman. Ko‘zimni ochsam, enajonim ham, bobojonim ham yo‘q. Keyin, hali aytganimday, quyoshning nurini hovuchimga yig‘ib yotaverdim. Rostdan ham o‘sha nurlar qayoqqa yo‘q bo‘lib qolarkin, bordi-yu, hovuchimni yozib deraza yoniga borib o‘sha yerda oynaga qisib turib, ushlasam-chi, deb sekin-asta borib ikki kaftimni oynaga bosib turgan edim, enam kirib: – Nima qilyapsan? – deb so‘radi. – Nurlarni ushlayapman, – dedim. – Qanaqa nurlar? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling