Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 106
Jannati odamlar
105 lariga aytib beradi, deb sizni darrov chiqarib yuborishadi. – O‘h, bolam-ov, bolam-ov, qani o‘tir-chi. Halitdan buyon somonning ustida o‘tiruvdim, endi surilib kigizga o‘tib oldim. Eshon bobomning boshida sochi yo‘q, sip-silliq ekan. Keyin soqol- lariyam juda siyrak, yana tag‘in yarmi oq, yarmi qora deng. Yiltiroq boshlarida oq do‘ppilari bor ekan, o‘shani kiyib, egnilariga bobomnikiga o‘x- shash chakmonni tashlab, boshlarini chayqadilar: – O‘, bolam-ey, bolam-ey. – Bobojon, mendan sirayam qo‘rqmang, – dedim gaplashgim kelib. – Yozda kelganingizda, bog‘imizdagi supada o‘tirganingizda enajonim o‘rgatgan duolarni o‘qib berganimda meni tizzan- gizga olib, peshonamdan o‘pib, ko‘p esli bola ekansan deb nok bergansiz. – E, bo‘ldi-bo‘ldi, bolam. Esladim, barakalla. – Endi qo‘rqmaysizmi? – Yo‘q, endi qo‘rqmayman. – Qo‘rqmang, biznikida ajinalar yo‘q. Enajonim duolar o‘qib ularni haydab yuborgan. – Robiyabibi enang ko‘p fozila ayol-da. – Bobojon, fozila degani nima degani? – Ko‘p narsani biladi, degani. Bor endi, bo‘tam, uylaringga chiqa qol. – Chiqqim kelmayapti-da, bobojon. – O‘, bolam-ey, bolam-ey. – Bobojon, siz cho‘chqaning bo‘lasini o‘ldirib qo‘ydingizmi? – Astag‘firullo, darrov kimdan eshita qolding? – Aytmayman. Rostdanam cho‘chqa o‘z bo‘lasini o‘zi yeb qo‘ydimi? Xudoyberdi To‘xtaboyev 106 – Tavba. – Ha, aldayapsiz, nachalnikka: e, cho‘chqang boshingdan qolsin, debsiz-ku? – E, tavba. – Bobojon, cho‘chqaniyam shoxi bo‘ladimi? – Ke, qo‘y, bo‘talog‘im, men charchab turib- man, – dedilar Eshon bobom, yostiqqa yonboshlab, – boshqa paytda gaplasharmiz, xo‘pmi? – Men charchaganim yo‘q, bobojon, sizning ilmingiz daryomi? – Kim aytdi bu gaplarni, bo‘tam? – Yo‘q, ayta qo‘ling, daryo ichingizda turadimi? – Hay, endi bo‘tam, ko‘p kitoblarni o‘qigan- miz-da. – «Chor kitob» niyammi? – Ha. – Abo Muslimniyammi? – Ha. – Voy, bularni bizga otinbuvi xolam o‘qib berganku... bobojon, charchadingizmi, oyog‘ingiz- ni uqalab qo‘yaymi? Eshon bobom indamadilar, ko‘zlarini yumib yonboshlaganicha jim yotaverdilar. Menam tikilib turaverdim. Hecham ketgim kelmadi. Bechora Eshon bobomga qiyin-da, to‘g‘rimi? Ko‘chaga chiqsalar, qizil shapka kiygan melisa- lar qamab qo‘yishadi. Cho‘chqaning bolasi qani, deb yana urishadi. Otajon tog‘amni otganday, peshonasidan paq-paq qilib otib tashlasa-ya? Voy bobojonim-ey, biram rahmim kelyaptiki. Nima qilsam ekan? Eh, katta yigit bo‘lganimda... bordiyu bobomning miltig‘ini olib chiqib bersam-chi... melisalar seni otaman desa, yo‘q, otolmaysan, mana, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling