Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 104
Jannati odamlar
103 bo‘m-bo‘sh. Go‘ng uyib qo‘yilgan joyni aylanib o‘tayotgandim, sopi kalta kurakni bilmasdan bosib olibman. O‘sha kalta sopi kelib peshonamga taraqlab tegdi. Biram, og‘ridiki, enamning gapiga kirib quloqchinimni kiyib olsam bo‘larkan, buncha- lik og‘rimasdi. Alam qildi, judayam alam qildi. Peshonam og‘riyotgani uchun emas, bobom bilan enam meni aldashgani uchun alam qildi. Yana tag‘in Rahmonjon bilmasin, Rahmonjon bilmasin, deb masxara qilishadi-ya... Somonxona tomonga qaragan edim, ie, ana buni qarang, zo‘r bo‘ldi-ku, somonxonamiz hech qulflanmas edi, faqat o‘tgan yili bobom ikki xum musallas solib armanilarga sotamiz deb qulflab qo‘ygandi, xolos. Kechayam ochiq edi, quchoqlab beda olib chiqqanman... Ha, bo‘ldi, Eshon buvamni shu yerga berkitishgan... Ichiga qanday kirdim endi? Burchakda teshik bor, Hayitvoy bilan yashin to‘paloq o‘ynaganimizda men o‘sha yerdan o‘tib, berkinib olardim. Hecham topolmasdi. Borib qarasam, eski to‘nni buklab tiqib qoyishibdi. Asta, ovoz chiqarmasdan o‘tib oldim. Oldin ko‘zim yaxshi ko‘rguncha jim yotdim, nafasimni chiqarmadim, keyin narigi burchakda, jo‘xori poya bilan to‘silgan joyda bobojonimnikiga o‘xshagan katta kalish turganini ko‘rib qoldim. Somonning ustidan sirg‘alib, emaklab borayot- gandim, to‘satdan kalish yo‘q bo‘lib qoldi. Ajina bo‘lsa-ya, deb o‘yladimu enajonim har kuni duo o‘qiydi, biznikida ajina bo‘lmaydi, deb o‘ylab qornimni muzday somonga bosib jim yotaverdim. Poyaning uyog‘i yorishib, hamma narsa ko‘rina boshladi. Ha, oldin tiðpa barobar qilib somon to‘shashibdi, keyin kigiz yozishibdi, keyin ko‘rpacha Xudoyberdi To‘xtaboyev 104 solishibdi, keyin Eshon boboni yotqizib, ustini o‘rab ham qo‘yishibdi. Eshon bobom teskari tomonga qarab pish-pish uxlab yotibdilar, qarab turaverdim, turaverdim... Axiyri zerikib, poyaning orasidan qo‘limni uzatdim-da, ko‘rpani tortib: – Bobojon, bobojon, – deya shivirlay boshladim. – Ha?! – Eshon bobom uyg‘oq ekanlar, o‘rin- laridan turib ketayozdilar. Oq ko‘ylaklari ustidan bobomnikiga o‘xshagan nimcha ham kiyib olibdilar. Poyaning orasidan boshimni o‘tkazib: – Bu menman, – dedim. – O‘takamni yorayozding-ku, bolam. Kimsan o‘zi? – Rahmonjonman, oldingizga o‘tsam maylimi? – Eshik qulf edi shekilli, qayoqdan paydo bo‘lding? – Teshikdan paydo bo‘ldim, qo‘rqmang, hech kimga aytmayman. – Sal pastroq gapir, bolam. – Voy, o‘zingiz qattiq gapiryapsiz-ku, – deya shivirladim. – Mening bu yerda ekanligimni kim aytdi senga? Kechasi enam bilan bobojonim gaplashayot- ganda o‘zimni uxlaganga solib hammasini eshitib oldim. Qo‘rqmang, bobojon, hech kimga aytmay- man. O‘yinchoq bersayam, pul bersayam hech kimga aytmayman. Aytsam sizni yana qamab qo‘yishadi, to‘g‘rimi? – To‘g‘ri-ku, bolam, lekin... – Sizni êî‘rib qolganimni bobomga ham aytmang, xo‘pmi? Aytsangiz, e, bu bola o‘rtoq- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling