Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 96
Jannati odamlar
95 – Qiziq-qiziq gaplardan gaplashib ketaylik dedim-da. – O‘zingiz qiziq gaplardan bilmaysizmi? – Endi, î‘g‘lim, sen ko‘proq bilasan-da. To‘g‘ri, menga qaraganda bobojonim qiziq-qiziq gaplardan kamroq biladi. Bir marta, bolam, og‘zingga qarab gapir, degandi, bobojon, og‘zimga qanday qilib qarayman, qarasam gapirolmayman- ku, desam, bobojonim: – Sen, o‘g‘lim, qiziq gap aytding-ku, – deb rosa kulgan. Yana bir marta dalaga suv ochgani ketayotganimizda hoy, ko‘zingga qarab yur, tikonni bosib olmagin tag‘in degandi, etagidan tortib, bobojon, ko‘zimga qanaqa qilib qarayman, qarayman desam mana yumilib qolyapti-ku, deb javob berganimdayam rosa kulgan. Do‘kon oldida meni taniydigan bolalar bo‘lsa, yangi etigimni ko‘rsatib rosa maqtanaman, degan- dim, esizgina, nuqul katta bolalar chiqibdi. Ularga ko‘z-ko‘zlagim kelmadi. Bu yerda qishloqning idorasi, uning yonida ichiga bug‘doy bilan sholi to‘kib qo‘yilgan sirli machit, undan narida do‘kon, undan narida novvoyxona, undan narida choyxona, choyxonaning oldida yozda katta bolalar cho‘mi- ladigan hovuz ham bor. Hammasi joyida turgan ekan. Ularni tomosha qilib bo‘lganimdan keyin yugurib bobomning oldiga kirdim. Bobojonim fonar yog‘i, kallaqand olib, endi pul uzatayotgan ekan, qani, qancha berarkan, deb tikilib turdim. – E, amaki, kattarog‘idan uzatavering, shuncha pulni nima qilasiz? – dedi magazinchi amaki. Bobom pulning ortganini karmoniga solib: Xudoyberdi To‘xtaboyev 96 – Nima qilardim, mana shu o‘g‘limga to‘y qilib bermoqchiman, – dedi. Sotuvchi amaki menga bitta popukli qand uzatib: – To‘yingga meniyam aytasan-a? – deb so‘radi. – Yana bitta bersangiz keyin aytaman, – degan edim, ikkovlari rosa kulishdi. Boshiga o‘g‘ilchasining to‘nini yopinib chiqqan bitta opa bor ekan, teskari qarab uyam kuldi. Mana shunaqa, men qiziq-qiziq gaplarni ko‘p bilaman. Endi chiqib ketayotgandik, boshiga qizil shapka kiygan ikkita melisa amaki kirib keldi. Men qo‘rqib ketdim. Quloq bo‘lib o‘lgan otamni ana shular qo‘lini orqasiga bog‘lab, olib ketishgan bo‘lishsa-ya, deb o‘ylab, ana shunga qo‘rqdim. Ikkovidayam to‘p- poncha yo‘q, faqat chakmonida yaltiroq tugma- chalari ko‘p ekan. Shunaqangi tugmachalardan menda ham bor, qutichamga solib qo‘yganman. – Xabarim yo‘q... – dedi bobom melisa amakiga qarab. Demak, ular bir narsa so‘rashibdi-da, men eshitmabman, nimani so‘rashdi ekan? O‘sha tugmachalarimni so‘rashgan bo‘lsa-ya, men ularni o‘g‘irlab olganim yo‘q-ku, katta cho‘yan soqqaga almashtirib olganman! Bobomning orqasiga o‘tib, chakmoniga betimni berkitib oldim, yana qo‘rqa boshladim. – Mobodo biror xabar eshitsangiz... – dedi melisa amaki. – Albatta, albatta, – javob qaytardi bobom. – Idoramizni ko‘rgansiz-a? – Xudo uni hech kimga ko‘rgilik qilmasin-u, lekin ko‘rganman, bolam, ko‘rganman. Albatta xabar beraman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling