Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 90
Jannati odamlar
89 – Voy, biram chiroyli ekanki, – maqtab qo‘ydi enam. – Mana, tugmalari ham bor, – yana maqtandi Rohila. – O‘h-ho‘, bunisi ham zo‘r ekan, yiltirab turibdi-ya, bobosi, qarang, qizimizning qo‘lida munchoqlari ham bor ekan. Enajonim Rohilani tortib, tizzasiga o‘tqazdi- da, peshonasidan o‘pib, asal qizim, qaymoq qizim, deb erkaladi. – Qani, oppog‘im, ayt-chi, odobli qiz qanaqa bo‘ladi? – deb so‘radi. – Bilmayman, – dedi Rohila boshini sarak- sarak qilib. – Voy, Mastonbuvi enang hech narsa o‘rgat- maganmi? Voy, sho‘rim qursin. – O‘rgatgan. – O‘rgatgan bo‘lsa, qani ayt-chi, qizim. – Aytsam, Sanambuvi opam biqinimni chimdib oladi. – Chimdimaydi, Sanamxon esli qiz, odobli qiz. Rohila enamning tizzasidan turib, qo‘llarini yonbosh tushirib: Sanam qizim oppoqqina, Qo‘llari ham do‘mboqqina, Bet-qo‘lini yuvmabdi, Sochlari ham paxmoqqina, – deb chayqalib she’r o‘qib yubordi. O‘qidi-yu, hovliga qarab pildirab qochib chiqib keta boshladi. Sanambuvi opam urishadi, deb qo‘rqqan bo‘lsa kerak-da. Enajonim ushlab, qo‘liga ko‘tarib oldi. Kamzulining cho‘ntagiga mayiz, Xudoyberdi To‘xtaboyev 90 yong‘oq solayotgandi, biz bu Maston xolam to‘qigan she’r, o‘tgan safar ham o‘qigan, odobli bola o‘yinini bilmas ekan, uyat, uyat, deb kigizni tapillatib tepib, uyni changitib qarsak chalib yubordik. Rohila qiz to‘xtab, orqasiga o‘girilib: – Odobli qiz ovqat ichayotganida qoshiqni yalamaydi, keyin labini ham chapillatmaydi, bila- man, hammasini bilaman. Keyin mishig‘i oqqanda yengiga artmaydi, – dediyu, boshini enamning ko‘ksiga berkitib oldi. Uyalib ketdi shekilli. Uyal- masa ham bo‘lardi, to‘g‘rimi? Odobli bola mishi- g‘ini rostan ham yengiga artmaydi. Undan ko‘ra cho‘ntagidan ro‘molchasini olib o‘shanga artadi. Bobojonim Rohila qizni erkalab, oltita yong‘oq berdi. Biz havasimiz kelib, o‘h-ho‘, deb yubordik. – Xo‘sh, mehmonlarim, endi kimga navbat beramiz? – so‘radi bobojonim. – Navbat meniki, – o‘rnidan turib bobojonim tomon qarab yura boshladi Murodxon o‘rtog‘im. – Qani boshlayver, jo‘yingda turib aytaver, î‘g‘lim. – Yo‘q, avval yong‘og‘imni berasiz. – Tartibni buzma-da, î‘g‘lim. – Aldaysiz, Ahmadqul bobom ham anavi kuni aldagan. Sen yaxshi bilmas ekansan, deb menga nuqul puch yong‘oqlarni bergan... Bermasangiz aytmayman. Bobojonim unga ikkita yong‘oq uzatuvdi, u bo‘lsa odobli bola o‘yinini boshlash o‘rniga, o‘choq boshiga o‘tib teshaning orqasi bilan yong‘oqlarini chaqib, mag‘zini shoshmasdan yeya boshladi. Birpas kutdik, ikkipas kutdik, oxiri zerikib, qarsak |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling