Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 88
Jannati odamlar
87 Biz hammamiz o‘rnimizdan turib gurillatib qarsak chalib yubordik, Abduhalimning o‘zi hammamizdan ko‘proq chaldi. Enam unga to‘rtta yong‘oq, to‘rtta o‘rik uzatdi. O‘rtog‘im, juda ko‘p yutaman, deb o‘ylab uylaridan ataylab bo‘z xalta ko‘tarib kepti. Yong‘oq bilan o‘rikni o‘shanga solib, yonida o‘tirgan sherigiga lablarini. Chapillatib maqtanib ham qo‘ydi. – Xo‘sh, endi navbat kimniki? – so‘radi bobo- jonim. – Halidan buyon men tikka turibman-ku, – arazlaganday qilib dedi Dilijon. – E-ha, e’tibor bermabman. Yunusvoyning nabirasimiding? – Voy, hozir so‘radingiz-ku?! – Ha, aytganding-a... Qani boshla bo‘lmasa, o‘g‘lim. – Ko‘p aytsam, ko‘p berasizmi? – Ko‘p beraman. – Odobli bola... odobli bola bobosi ishlayotganda oldiga «assalomu alaykum», deb boradi, – Dilijon qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, qanaqa salom berishini ham ko‘rsatdi. – Yaxshi, – deb qo‘ydi bobojonim. – Undan keyin, bobosi ishlayotganda oldiga borib, ketmonni menga bering, men chopishib yuboraman, deydi. – Bu gaping ham yaxshi, davom etaver. – Bobosi qo‘l yuvayotganda obdastani olib, keling, bobojon, men quyib yuboraman, deydi. Keyin kechqurun, bobojon, oyog‘ingizni uqalab qo‘yaymi, deydi... Keyin, bobosi hovuzdan suv Xudoyberdi To‘xtaboyev 88 olib kelayotganda, menga bering, charchab qolasiz, deydi. – Barakalla, î‘g‘lim, ko‘p odobli ekansan, – deb maqtadi bobojonim, – odobni faqat bobongdan o‘rganibsanda, ota-onang o‘rgatmabdi-da. – Voy, ular qishloqqa ko‘chib ketishgan-ku, – shoshilib dedi Dilijon. – Ha, aytganday, sen Yunusvoy bilan qolgansan, a? Barakalla, esimdan chiqay debdi. – Endi yong‘oqni bering, – ikkov qo‘lini barobar uzatib dedi Dilijon. – Bersangiz, enam o‘rgatgan odobni ham aytib beraman, enam sen hammadan odoblisan, degan. – Xo‘p, qani eshitaylik-chi, enang nimalarni o‘rgatgan ekan. – Odobli bola yotayotganida o‘ng tomonini bosib yotadi... Keyin yana turayotganida ham o‘ng tomoni bilan turadi... Keyin yana uyga kirayotgani- da o‘ng oyog‘ini mana bunday qilib bosib kiradi... keyin yana uydan chiqayotganida ham o‘ng oyog‘ini bosib chiqadi. Hammamiz tasir-tusiriga olib qarsak chalib yubordik. Dilijon ko‘p aytib yong‘oqni ko‘p olib qo‘ymasin, deb o‘g‘limda hali gap ko‘pga o‘xshaydi, degandi, yana qarsak chaldik. To‘g‘ri-da, hamma yong‘oqni u olar ekanu, o‘rikni yeb o‘tiraverar ekanu, biz qarab turarkanmiz-da? Hecham-da. Enajonim, bo‘lmasa mayli, endi mehmon qizlarimga ham navbat beringlar zerikib qolishmasin, degandi, Sanambuvi opasining tizzasida o‘tirgan Rohila o‘rnidan turib: – Enam menga kamzul tikib yuborgan, – deb egnidagi kamzulchasini ko‘z-ko‘z qila boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling