Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 86
Jannati odamlar
85 urishib beradi, birga chiqasiz, deb hovliga sudray boshladim. – Voy, enaginang o‘rgilsin-ey, – deb qo‘ydi oxiri enajonim. Hammasini aytdik, ko‘cha boshidagi G‘ulom bobonikigacha bordik. Uyimiz bolaga to‘lib ketay dedi. Bilasizku, chorhari uyimiz judayam katta. Enajonim hammasining tagiga mening to‘yimga atab tikkan yakandozlaridan to‘shab: – Xush kelibsizlar, mehmonlar! – dedi. Hayitvoy o‘yin boshlanib qolsa, tag‘in kech qolmayin deb qo‘rqib etigini kiyishga chidamay, bobosining mahsisining ustidan kiyadigan katta kalishini kiyib chiqqan ekan, ichi qorga to‘lib qopti. Sanambuvi uch yoshli Rohila degan qo‘g‘irchoqqa o‘xshagan singilchasi bor ediku, o‘shaniyam ergash- tirib chiqibdi. Dilijon otasining quloqli telpagini kiyib chiqqan ekan, beti ko‘rinmay, hech kimga o‘xshamay o‘tiribdi. Bobojonim, har biriga alohida- alohida tikilib, bu kimning bolasi, bu kimning nabirasi, deb so‘rab chiqdi. Enajonim g‘alvirni to‘ldirib yong‘oq, mirsanjali o‘rigimizdan olib chiqib, bobomning oldiga qo‘ydi-da: – Hoy, otasi, boshlamaysizmi? – deb qistadi. – Xo‘sh, o‘g‘il-qizlarim, jajji mehmonchalarim, – dedi bobojonim, – odobli bola o‘yinini bilasizlarmi o‘zi? – Bilamiz, hammamiz bilamiz, – dedik chuvillashib. – Kimdan boshlaymiz bo‘lmasa? – Mendan, – sakrab o‘rnidan turdi Abduhalim. – Sen kimning nabirasi bo‘lasan? – Raimqori boboning. Xudoyberdi To‘xtaboyev 86 – Bobong ko‘rinmaydi, tinchlikmi? – Qo‘qonga mayiz sotgani ketgan, enam ko‘tar- ganiga sotib darrov qaytib keling, savdolashib vaqtni o‘tkazmang, degandi, bobom ishingni qil, o‘zim bilaman, deb ketgan. – Lekin bobong mayizni yaxshi quritadi-da... Xo‘sh, qani ayt-chi, o‘g‘lim, odobli bola qanaqa bo‘ladi? – Odobli bola... esli bo‘ladi, – shoshilib qoldi Abduhalim. – Yana? – Yiqilib tushganda yig‘lab o‘tirmaydi, darrov o‘rnidan turib ketaveradi. – Yaxshi, yana qanaqa bo‘ladi? – Yana, ukasi yiqilganda o‘rnidan turg‘izib, yig‘lama, ukajonim, yig‘lama, deb yelkasini silab qo‘yadi. – Xo‘sh, yana qanaqa bo‘ladi? – Akasini sizlab gapiradi, yana kattalar ish buyurganda «xo‘p bo‘ladi», deb qo‘lini mana bun- day qilib ko‘kragiga qo‘yib turadi. – Barakalla, o‘g‘lim, yana qanaqa bo‘ladi? – Yana, ota-onasiga gap qaytarmaydi, mollarga ozor bermaydi, bir marta ona echkimizni minmoq- chi bo‘lganimda buvim, «odobli bola unday qil- maydi», degan. – Barakalla, xo‘p, yana qanday bo‘ladi? – Qushlarni o‘ldirmaydi... Bir marta tutning kavagidan chumchuqning bolasini olayotganimda, enam, «odobsiz, nima qilyapsan, tush darrov» degan. – Barakalla, o‘g‘lim, qanoat hosil qildim, sen ko‘p odobli ekansan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling