Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
264
Yana o‘qigandan keyin bunday qarasam bo-
bojonim endi boshini baland yostiqqa qo‘yib
ko‘zlarini chirt yumib o‘libdi. Uxlabdi shekilli,
sekin-sekin xurrak ham tortyapti. Xolam bilan
buvijonim ovoz chiqarmasdan xo‘rsinib-xo‘rsinib
yig‘lab turishibdi.
– Bobojon, soqo‘lingizni barmog‘im bilan sekin-
sekin tarab qo‘yaymi, – deb oldiga o‘tmoqchi
bo‘luvdim, enam meni ko‘tarib oldi-da: – Yur,
narigi uyga chiqamiz, bobojoning damini olsin,
ertalab yana duolaringdan o‘qib berasan, – dedi.
Men bobojonim bilan achomlashib yotmoqchi edim.
Ko‘nishmadi. O‘zimning buvim, yur, toylog‘im,
axir men ham seni sog‘inganman, hech bo‘lmasa
shu kecha birga yotaylik, deb qo‘limdan yetaklab
tepa yog‘ochlari qorayib ketgan, tokchalari chuqur,
tanchasiga o‘t solinmagan uyga olib kirib ketdi.
Chindan ham achomlashib yotdik. Hali aytuvdim-
ku, buvimning sochidan qatiqning hidi keladi deb,
men ana shu hidni juda, juda yaxshi ko‘raman.
O‘sha hid-chi, buvim ketgandan keyin tushlarimga
kirgan.
Ertaga yana ketib qolsa tushimga kirsin deb
to‘yib-to‘yib hidladim. Keyin uxlab qoldim. Qattiq
uxlabman, tusham ko‘rmabman. Uyg‘onuvdim,
hovli tomonda xotinlar yig‘layotgan ekan. E,
o‘shalarning ovoziga uyg‘onib ketibman. Chiqsam,
voy-bo‘, odamlar judayam ko‘p, Qambarali bobom,
Esonqul bobomlar, bitta qulog‘i yo‘q raisimiz –
hammalari kelishibdi.
Buvim baxmal to‘nining ustidan belini bog‘lab:
– Bizni tashlab qayerga ketdingiz, otajonim, –
deb tizzasiga qo‘llarini urib-urib yig‘layapti.


Jannati odamlar
265
Zahro xolam bo‘lsa, uyam qiyiq bilan belini
mahkam bog‘lab olib, Bibiqiz ammamni quchoqla-
gancha mehribonim, bog‘bon otam, shirin-shakar
mevalarni kim beradi endi, deb yig‘layapti.
Bobojonim o‘libdi. Bilmay qolibman. Bilganimda
hecham o‘ldirmasdim, duolar o‘qirdim. Duo o‘qi-
ganimda tirik edi-ku, to‘g‘rimi? Nega meni alda-
shdi, nega darichasi chuqur uyga haydashdi, yo‘q,
yo‘q, bobojonim o‘lmaydi, o‘lsa enajonim ikkovimiz
nima qilamiz? O‘lsa qorong‘i go‘rga qamab qo‘yi-
shadi, u yerda yolg‘iz o‘zi qo‘rqadiku?.. Dodlab,
bobojonim yotgan uyga kiruvdim, yo‘q, xuddi
o‘lmaganga o‘xshab yotgan ekan. Ko‘ksiga o‘zimni
tashlab quchoqlab oldim. Betlaridan o‘pib, soqol-
larini silab-silab qo‘ymoqchi edim. Enajonim
ko‘nmadi. Ko‘tarib olib chiqib ketdi. Yo‘q deyi-
shimga ham qaramay, to‘yimga atab tikilgan
beqasam to‘nimni, chamanda gul do‘ppimni, g‘archi
bor, piston qadalgan etikchamni kiygizib, belimni
ham bog‘lab, qo‘limga hassacha berib:
– Sen ham voy bobomlab yig‘lagin, – dedi, o‘zi
ham yig‘lab, – gunohi kamayadi, bobongning
kuyinib yig‘laydigan hech kishi yo‘q.
O‘gay otam, baqqol pochcham, bobojonimning
jiyani G‘ani amakilar ko‘cha eshigimiz oldida hassa
ushlab turishgan ekan, o‘shalar qatoriga boruvdim,
hecham yig‘lay olmadim, uyalib ketaverdim. Endi
otam ham yo‘q, bobom ham yo‘q, Ahmadqul bobom
ham qamalib ketdi, deb o‘ylaymanu baribir yig‘lay
olmayman. Kechgacha ham yig‘lay olmadim. Qirg‘iz
qishloqdagi qarindoshlarimiz bilan o‘sha yoqqa
qochib borib berkingan Eshon bobom kelganlarini
ko‘rib, endi rasmana yig‘lab yubordim. Tizzalaridan



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling