Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 269
Xudoyberdi To‘xtaboyev
268 odamlar ko‘p to‘planibdi. Bobojonimning o‘rtoqlari ham kelishibdi. – Jon bo‘tam, kechgacha sabr qilgin, hech bo‘lmasa fotihachilarning yarmi kelib-ketsin, – deb gapiryaptilar Eshon bobom. Yana melisa amakilar kelgan ekan. Yo‘q, kechasi Eshon bobomni otga mindirib kelgan melisa amaki emas, butunlay boshqalari kepti. – Qarshilik ko‘rsatsangiz, qo‘lingizga kishan uramiz, – deyapti bittasi. – Yuring, tezroq oldimga tushing, – deyapti boshqasi. Odamlar shuncha iltimos qilishsa ham, baribir, bo‘lmadi. Eshon bobomni oldilariga solib haydab keta boshlashdi. Bobom bo‘lsa orqalariga o‘girilib: – Meni yetti marta haydab ketishdi, – degan gapni aytdilar, – Xudo umr bersa yana yetti marta qochib kelib dinu imoningiz to‘g‘risida qayg‘uraveraman. Fotihaga kelganlarni Esonqul bobom bilan Matmusa bobomlar kutib olishdi. Keyin yozda to‘yim bo‘ldi. Keyin kuzda 1-sinfga o‘qishga bordim. Keyin... Keyin, yo‘q, qolganini keyin aytaman. Bobojonimning nomiga qo‘yilgan beton ko‘prik ustida turib ana shularni o‘ylab ketdim. Kattatagob qishlog‘ining toqqa yaqin tomonida, adirlarda, bir zamonlar gul-gul yashnab, so‘ng kuydirilib, kulte- paga aylantirilgan jannatiy bog‘lar o‘rnida kanaldan suv chiqarib yana bepoyon bog‘lar barpo qilishibdi. Qaysi daraxt yonida to‘xtasam, bu qora shakar anorlar, nashvati-yu sarg‘ayib pishadigan behilarni, Jannati odamlar 269 shirador uzumlarning navlarini qadim yashab o‘t- gan Erka bobo, Ahmadqul bobo, Esonqul bobo degan insonlar yetishtirishgan ekan, deyishadi. Mehmon, marhamat qilib to‘yib-to‘yib yeng, mashinan- gizning yukxonasini to‘ldirib beray, Toshkentga olib ketasiz, deb ham qo‘yishadi. Dashtdan qay- tayotganda ota-bobolarimizning ruhi arvohiga fotiha o‘qish niyatida qabristonga kirdim. Hammalari abadiy, oromli uyquda, jimgina yotishibdi. Qab- riston etagida pishgan g‘ishtdan sahni keng o‘y- makor eshik, derazalar qo‘yib, mo‘jazgina masjid ham tiklashibdi. – Xoneshon hazratlari nomiga qo‘ydik, – deb tushuntirdi mutavalli. – U kishini bilarmidingiz? – deb so‘rayman. – Yo‘q, eshitganmiz, ko‘p ulug‘ inson bo‘lgan ekanlar. Qani o‘tirsinlar, hazratimning ruhi arvohlariga atab bir tilovat qilib beray. Mutavalli atlas ko‘rpachaga o‘tirishga taklif etdi. O‘tirdik. Men bolaligimda Eshon hazratlarini ko‘rganligimni, tizzalarida o‘tirib erkalanib, soqollaridan silab duo- lar o‘rganganligimni aytdim. Ruxsat bersangiz tilovatni o‘zim qilsam, dedim. Bilganimcha o‘qidim. Negadir xayollarim ham shu daqiqalarda qanot bog‘lab uchgandek bo‘ldi. Qiziq, odam bo‘lasi dunyoga kelarkan, yasharkan, vaqti kelib yana kelgan tomonga ketarkanu, lekin, baribir, birining nomi sarg‘ayib pishgan behilarda, birining ismi shirin-shakar uzumlarda, boshqasining ruhi peshtoqi baland masjidlarda yasharkan... O‘lmas ekan. O‘lim yo‘q ekan. Keyin, yo‘q, qolganini keyin aytaman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling