Janubiy-garbi Turkmanistonning bronza davri arxeologiyasi


Download 31.16 Kb.
bet2/4
Sana04.10.2023
Hajmi31.16 Kb.
#1691386
1   2   3   4
Bog'liq
Тарих

Nomozgohdepaning umumiy maydoni 70 ga. ni tashkil etadi. Yodgorlikda qazishma ishlari qisman olib borilgan. Ilk bosqichga oid madaniy qatlamining qalinligi 4-7 metrdan iborat. Qazishmalar davomida tor ko'chalar bilan ajratilgan ko'p xonali uylarning o'rni va kulolchilik xumdonlar ochilgan.
Yirik manzilgohlardan biri hisoblanadigan Oltindepa yodgorligi nisbatan yaxshi o'rganilgan. Yodgorlikda V.M.Masson boshchiligidagi arxeologlar guruhi tomonidan qazishma ishlari olib borilgan. Yodgorlikning quyi qatlami moddiy ashyolari NMZ 1 bosqichiga oid bo'lib, manzilgoh eneolit davrining boshlarida shakllangan. Bir necha alohida tepaliklardan tashkil topgan manzilgohning umumiy maydoni 26 ga. dan iborat. Eneolit davrining oxirlariga kelib har tomonlama rivojlanish bosqichini boshlagan manzilgoh bronza davrida qadimgi sharq markazlariga xos taraqqiyot yo'lidan boradi.
Manzilgoh tashqi tomonidan muhofaza devorlari barpo etilib, ichki tomondan alohida qismlardan iborat mahallalar tarkib topadi. Arxeologik qazish ishlari natijasida manzilgohning atrofini o'rab olgan qalin mudofaa devorining qoldiqlari o'rganilgan. Muhofaza devori faoliyati davomida uch marta qurilish ishlari amalga oshirilgan aniqlangan. Dastlab barpo etilgan devorning qalinligi 2 m., keyinchalik 4,8 m., rivojlangan bosqichida esa 6 m. dan iborat bo'lgan. Devor tashqi tomondan yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan. Mazilgohning janubiy tomonida joylashgan asosiy darvozasi tomonlarida bino qilingan 6,2x3 m. o'lchamdagi minoralar tik tushirilgan me'moriy bezak- “plyastr” bilan boyitilgan. Eniga 15 m. keladigan darvoza arava va piyodalar uchun alohida yo'laklari ajralib turgan. Bu inshootlar manzilgohning rivojlanish cho'qqisiga chiqqan davrda barpo qilingan. Manzilgohga umumiy darvozadan boshlanadiga yo'l orqali kirilib, unga tutashgan yo'lakchalar mahallalarga ajratib turgan. Asosiy yo'laklar 4-5 m. unga tutashgan yo'lakchalar esa 1,5-2 m. dan iborat bo'lib, asosiy ko'chalarga sopol buyumlari siniqlari yotqizib chiqilgan.
Manzilgohda aholining kasbiga va jamiyatdagi mavqeaga ko'ra alohida mahallalarga bo'lingan. Arxeologik jihatdan 
Download 31.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling