Janubiy-garbi Turkmanistonning bronza davri arxeologiyasi


“hunarmandlar-(kulollar, misgarlar) “davlatmand shaharliklar”, “zodogonlar” va “diniy markaz”lardan


Download 31.16 Kb.
bet3/4
Sana04.10.2023
Hajmi31.16 Kb.
#1691386
1   2   3   4
Bog'liq
Тарих

“hunarmandlar-(kulollar, misgarlar) “davlatmand shaharliklar”, “zodogonlar” va “diniy markaz”lardan tashkil topgan qismlarga bo'linadi. Arxeologik jihatdan ma'lumki, har birida aholining zichligi, uy-joy imoratlarining maydoni hamda ularda aniqlangan ashyoviy buyumlar miqdori va sifati jihatdan bir-biridan keskin farq qiladi. Hunarmandlar mahallasi bir xonadan tashkil topgan o'rtacha 27 kv.m. pastham uylardan iborat bo'lsa, davlatmand aholi qatlamlari uylari bir necha xonali hovlilardan iborat bo'lgan. Zodagon tabaqa vakillariga tegishli mahallada uylarninig umumiy maydoni 100 kv. m., hatto 180 kv. m. ni tashkil etgan.
Oltindepaning sharqiy qismidagi tepalikda o'tgan asr 60-yillari oxiri 70-yillar boshlarida V.M.Masson rahbarligidagi arxeologlar guruhi amalga oshirgan qazish ishlarida o'ziga xos diniy imoratning xarobalarini ochib o'rganishga muvoffaq bo'lishgan. Bu inshoot tashqi tomondan zinasimon shaklda barpo qilingan bo'lib, faoliyati davomida uch marotaba qayta qurilish ishlari olib borilgan. Natijada ustidagi minorasi baland va yirik ko'rinish olgan. Uning ikkinchi zinasi uch tabahali “plyastr”-me'moriy bezak shaklida barpo qilingan. Ibodatxona sajda majmuasi, xojalik va yashash uy-joy qismlaridan tashkil topgan. Sajda majmuasida kohinlar jamoasi saganasi o'rin olgan, undagi xonalarning biri bevosita sajda uchun mo'ljallangan. Undan topilgan “ko'tarma-uchoq” devoriga tutashtirib qurilgan “olov-mehrobi”ning joylashishi muhim hodisa hisoblanadi. Ibodatxona majmuasidan buqaning oltindan yasalgan haykalchasi topilgan. Uni ishlashda kumush (shohi), lazurit (ko'zi) lardan ham foydalanilgan. Bu erda ham yulduz belgilari uchraydi. Mesopotamiyadagi Ur davri zikkuratlarini eslatadi. Old Osiyoning turli hududlaridagi ibodatxonalardan aniqlangan buqa shaklidagi haykalchalar tadqiqotchi olimlarni oy hudosiga bagishlangan ibodatxona, sifatida e'tirof etishlariga sabab bo'lgan. Ma'lumki, sxumerliklar mifologiyasiga ko'ra buqa guyoki oydan tushib, uning sharafiga ibodatxonalar barpo etilgan.
Bu yodgorlikning bir qismida 2 ga. maydondagi hududda kulollar mahallasi joylashgan. Bu erdan 60 dan ortiq kulolchilik xumdonlarning qoldiqlari ochib o'rganilgan. Ular odatda ochoq va xumxona qismlaridan iborat ikki tabaqali yoki qavatdan iborat qurilmani tashkil etgan.
Uy-joylari yuqorida qayd etilganligi kabi aholining jamiyatda tutgan mavqeiga ko'ra bir va ko'p xonali uylardan tashkil topgan. Murdalar uylar atrofida marxumlarning mavqeiga ko'ra kuzatuv buyumlari buyumlari bilan qo'shib ko'milgan.
Kulolchilikka nisbatan metalchilik taraqqiyoti ancha orqada edi. Ammo, turli xil buyumlar yasashga ixtisoslashgan mis quyish ustaxonalari mavjud bo'lgan. Chaqmoqtoshga ishlov berishning ba'zi bir ko'rinishlari saqlanib qoladi. Toshdan dehqonchilik uchun kerakli bo'lgan mehnat qurollari, taqinchoqlar tayyorlanadi. 
Download 31.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling