Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Tayanch mamlakatlirda xalqaro korporatsiyalar


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Tayanch mamlakatlirda xalqaro korporatsiyalar 
faoliyatiga munosabat 
 
Ijobiy tomonlari bilan bir qatorda xalqaro korporatsiyalarning tayanch mamlakat uchun 
quyidagi salbiy tomonlari ko‘zga tashlanadi: 
- kapitalning bevosita investitsiyalar shaklida olib chiqib ketilishi natijasida MNK 
vatanida ish joyining yo‘qotilishi; 
- ilg‘or texnologiyalar olib chiqiladi, bu esa texnologik ustunlikning buzilishiga olib 
kelishi mumkin. Lekin bu dalil xalqaro korporatsiyalar ilmiy tadqiqotlarini o‘z mamlakatlarida 
rivojlantirish bo‘yicha dasturlar yaratishi vositasida barham etiladi
- qaror topgan tizimning buzilishi va soliqdan tushadigan mablag‘ miqdorining 
kamayishi; xalqaro korporatsiyalar kapitallarining‘ xalqaro bozorga chiqishi tufayli milliy valuta 
siyosati chetlab o‘tilgach, davlatning o‘z iqtisodi ustidan nazorat qilish funkiiyasi og‘irlashadi. 
Qabul qilayotgan mamlakatlarda xalharo korporatsiyalar faoliyatiga munosabat. 
 
Qabul qilayotgan mamlakatlarning xalqaro korporatsiyalarga e’tirozi ko‘proq va ularning 
munosabatini quyidagicha tushuntirish mumkin: 
- xalqaro korporatsiyalar faaliyati ularning rivojlanishini sekinlashtiradi (bu ko‘pincha 
haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi); 
-xalqaro korporatsiyalar jamg‘armalarini tayanch mamlakatlaridagi ilmiy tadqiqotlarning 
rivojiga sarflaydi (aslida ham shunday bo‘lib, bu birinchi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlar 
uchun jiddiy muammo tug‘diradi); 
- xalqaro korporatsiyalar mahalliy kapitallarni, tadbirkorlarni o‘ziga jalb etib, ularni o‘z 
mamlakatlari ehtiyojlari uchun xizmat qilishdan chetlashtiradi; 
- xalqaro korporatsiyalar soliq va tarif sohasidagi imtiyozlar yoki soliqlarni to‘lashdan 
o‘zini chetga tortishi orqali investitsiya natijasida olingan foydaning katta qismini o‘zlashtiradi; 
- xalqaro korporatsiyalar mineral va xom ashyo resurslarini ishlab chiqarish uchun 
rivojlanayotgan mamlakatlarda amalga oshirayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari chet el 
ekspluatatsiyasining o‘sishiga olib keladi; bu o‘sish qabul qilayotgan mamlakatlarga 
to‘lanayotgan narxning pastligi, ortiqcha ishchi kuchi katta ahamiyatga ega mamlakatda ko‘p 
mablag‘ talab qiladigan texnologiyaning ishlatilishi mamlakat sharoitiga to‘g‘ri kelmasligi, 
mahalliy kadrlar tayyorlashga e’tibor yetarlicha bo‘lmagani, tabiiy resurslardan keragadan 
ortiqcha foydalanish va dualistik "anklav" iqtisod yaratilishi oqibatida yuz beradi.
Bu da’volarning ko‘plari rivojlanayotgan mamlakatlar uchun asoslidir. Shuning uchun 
ham qabul qilayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi chet el investitsiyalarining salbiy ta’sirini 
cheklash va olinishi mumkin bo‘lgan foydani ko‘paytirish maqsadida chet el investitsiyalarini 
tartibga solib boradi. Masalan, Kanada, investitsiyalarini ko‘paytirishi mumkin bo‘lgan chet el 


kompaniyalari filiallariga soliqni oshirdi, ularning faoliyatini tartibga solib turuvchi qoidalarni 
belgiladi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar faqat qo‘shma korxonalar barpo etishga ruxsat 
beradi, ularning ishlab chiqarish, moliya, mahsulotini sotish sohasidagi faoliyatini tartibga solib 
turuvchi qonun-qoidalarni belgilaydi. Bular tabiiyki, investitsiyalar oqimini cheklab qo‘yadi.
Hatto yirik xalqaro korporaiiyalar uchdan birining shtab kvartiralari joylashgan AQSHda 
ham 80-yillarning oxirida chet el investitsiyalarini nazorat qilish borasida qat’iy chora-tadbirlar 
ko‘rildi.
Nima bo‘lganida ham, tayanch va qabul qilayotgan mamlakatlar manfaatlari umuman bir-
biriga zid kelar ekan, aslo xalqaro qonunlarning universalligini ta’minlab bo‘lmaydi. Buning 
natijasi esa xalqaro korporatsiyalar faoliyatiga bog‘liq har ikki tomon uchun dolzarb bo‘lgan 
ko‘plab muammolarning yechimsiz qolishidir.
Keltarilgan ma’lumotlardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: 
Ishlab chiqarishni yuksak darajada umumlashtirilishi, xo‘jalik hayotini 
ingernatsionlashuvi xalqaro korporatsiyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy 
zamin bo‘ldi.
Xalqaro korporatsiyalarniig filiallari bilan shartnoma munosabatlarini shakllantirish 
vositasida ichki bozorning tashkil etilishi xalqaro korporatsiyalar hozirgi rivojining o‘ziga xos 
xususiyatidir. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning 100 ta eng yirik korporatsiyalari orasida 
yetakchi o‘rinlarni AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari egallab turibdi. 
Asosiy ulushni elektronika va elektron asbob-uskuna-larni ishlab chiqaruvchi 
kompaniyalar tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinni kimyo va farmatsevtika tovarlarini ishlab 
chiqarish, avtomobilsozlik egallaydi.
Xalqaro korporatsiyalarning jahon iqtisodini rivojlantirishdagi yetakchilik roli, birinchi 
navbatda, ishlab chiqarish va takomillash shahobchalarini kengaytirish hisobiga olinayotgan 
nisbiy ustunlik bilan belgilanadi. Hozirgi kunda jahon ishlab chiqarishining, ko‘pchilik 
investitsiyalar va xalqaro savdoning ancha katta qismi xalqaro korporatsiyalar ulushiga to‘g‘ri 
keladi. 
Xalqaro korporatsiyalarning jahon iqtisodidagi rolining o‘sishi bilan ular o‘rtasidagi 
raqobat keskinlashmokda. Shu bilan birga ularning ishlab chiqarish va tijorat sohalaridagi 
aloqalari yanada kuchaymoqda.
Tayanch va qabul qilayotgan mamlakatlardagi xalqaro korporatsiyalar faoliyatiga 
munosabat bir xil emas. Bu o‘rinda ularning milliy iqtisodning rivojlanishidagi ahamiyatini 
e’tirof etgan holda, ayni vaqtda, bir qator salbiy omillarga ham e’tibor qaratiladi. Shuning uchun 
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda bu korxonalar faoliyati umummilliy manfaatlarni 
himoya qilish maqsadida davlat tomonidan nazorat qilinadi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling