Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
 
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI 
1.Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti parchalanishining sabablari. 
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining muhim vazifalari. 
3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy shakllari (variantlari) va ularning xususiyatlari. 
4. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishning xususiyatlari. Islohotlarni o‘tkazishda 
iqtisodiyogai tubdan isloh qilish usuli («shokovaya terapiya» usuli). 
5. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlarda institutsional qayta shakllantirishlar. 
ADABIYOTLAR 
 
1. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l - demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik 
yo‘li. 11-t. T., «O‘zbekiston», 2003. 
2. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., «O‘zbekiston», 1999. 
3. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida, T., "O‘zbekiston", 
1995. 
4. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan.4-t. T., "O‘zbekiston", 1996. 
5. От плана крьшку. Отчет о мировом развитии. 1996, МБРР, Вашингтон, 1996. 
6. Раджабова З.К. Мировая экономика. М., ИНФРА-М 2004. 
7. Экономическая теория (под редакцией Камаева) глава 23. М., 1998. 
8. Экономическая теория (под редакцией Базилева, Гурко), Минск, 1998, глава 7. 
 
2-BOB ERKINLASHTIRISH VA IQTISODIY O‘SISH 
 
O‘tish davrini boshidan kechirayotgan barcha mamlakatlarda iqtisodiy ahvolni 
yaxshilashda keng ko‘lamli erkinlashtirish va barqarorlashtirish omillari muhim rol o‘ynaydi. 
Erkinlashtirish narx-navoning erkin belgilanishini, savdoning davlat tomonidan nazorat qilinishi 
to‘xtatilishini, yangi kompaniyalarni hech bir to‘siqsiz tuzish mumkinligini taqozo qiladi 
Barkarorlashtirish inflatsiyaning qisqartirilishini xalq xujaligi, tashqi iqtisodiy sohalardagi 
nomutanosibliklar bartaraf qilinishini ko‘zda tutadi.
Islohotlarning bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan bu ikki omili o‘tish 
jarayonining dastlabki bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin va lozim.
Erkinlashtirish natijasida aholi va korxonalar iqtisodiy qaror yechimlarni mustaqil amalga 
oshirish huquqiga ega bo‘lib, oqibatda markazlashgan iqtisodning ikki asosiy muammosi - 
buzilgan rag‘batlantirish tizimi va axborot taqchilligi muammolari bartaraf qilinadi. 
Erkinlashtirish korxonalarni iste’mol talabini hisobga olishga majbur qilib, ularga raqobatli 
sharoitda foyda ko‘rish imkonini beradi, nisbiy narxlarning haqiqiy talab va taklif nisbatiga 
mosligini ta’minlaydi.
Barqarorlashtirish ham o‘tish jarayonining ajralmas uzviy qismi hisoblanadi, chunki 
makroiqtisodiy nomutanosiblik bozor islohotlarining barcha yutuqlarini yo‘qqa chiqaradi. Bozor 
iqtisodiga erishgan turli mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agar inflatsiya darajasi 
taxminan 50%dan oshsa, iqtisodning rivojlanishi keskin sekinlashadi. Inflatsiyaning yuqori 
bo‘lishi nisbiy narx omilini buzib aks ettiradi, mavhumlikni keltirib chiqaradi, mavhumlik esa 
omonatlarning jamg‘arilishiga, investishshlashga xalaqit beradi. Shuning uchun erkinlashtirish 
har doim iqtisodiy o‘sishning asosi hisoblanadigan narxlarni barqarorlashtirish bilan birga olib 
borilishi lozim.
Erkinlashtirish, barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sish bir-biri bilan uzviy bog‘langai. Bu 


qonuniyat bozor sari borayotgan Osiyo mamlakatlari uchun ham, Yevropa mamlakatlari uchun 
ham taalluqli. Barcha mintaqalarda iqtisodiy o‘sishning sabablari ko‘p jihatdan yangi 
kompaniyalarning ochilishiga cheklashlarning bekor qilinganligi, ilgari qoloq hisoblangan - 
xizmat ko‘rsatish, eksport ishlab chiqarishi sohalarining (Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jalik 
sohasining ham) gurillab rivojlanganligi bilan ham izohlanadi. Narx-navoning erkin belgilanishi 
va erkin savdo, yordam puli (subsidiya) va imtiyozli kreditlarning qisqartirilishi yetakchi 
tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishning tiklanishiga yordam berishi mumkin, chunki bu hol 
korxonalarni raqobat va budjetning qatyiy cheklanganligi sharoitiga solib, ularni o‘z ish 
uslublarini o‘zgartirishga majburlaydi. 
O‘tish davri iqtisodini boshidan kechirayotgan turli mamlakatlardagi bozor o‘zgarishlari, 
sur’atlari, ko‘lamlari bir-biridan keskin farq qilib, har qaysi mamlakatdagi dastlabki shart-
sharoitlar, siyosiy vaziyatlar iqtisodiy siyosat uslubi, islohotlar strategiyasini belgilab beradi. 
Polshada erkinlashtirish "rezolyutsion" yo‘l bilan amalga oshirildi: 1990 yilning yanvar oyida 
narxlarning 90%i erkinlashtirildi, tashqi savdodagi cheklashlarning ko‘p qismi olib tashlandi, 
savdoda davlat monopoliyasi bekor qilindi, joriy operatsiyalar uchun valutaning erkin 
ayirboshlanishi ta’minlandi.
1992 yilning yanvar oyida Rossiyada narxlar va import operatsiyalar sohasida kuchli 
(chuqur) erkinlashtirish amalga oshirildi. 
Polsha va ma’lum darajada Rossiya tajribasi shuni ko‘rsatdiki, falaj qilib davolash 
strategiyasida asosiy urg‘u bozorda muvozanatga erishish vositasi sifatida moliyaviy-iqtisodiy 
barqarorlashtirish, davlat budjetini balanslashtirishga qaratildi.
Barqarorlashtirish tadbirlari aholi va korxonalarning ortiqcha pul mikdorlari (mavjud 
tovar massasiga nisbatan) ko‘rinishidagi inflatsiya bo‘lishini bartaraf qilishga qaratiladi.
Shuning uchun narxlar ustidan davlat nazoratining bekor qilinishi, shu tufayli narxlar 
bilan ish haqining o‘sish sur’atlari o‘rtasida keskin tafovut paydo bo‘lishi (ish haqining amalda 
deyarli o‘zgarmay qolishi oqibatida) tez orada narxlarni yanada oshirish imkonini yo‘qqa 
chiqarishi lozim, chunki aholining to‘lov imkoniyatlari pasayib ketadi. 
Davlat budjeti taqchilligini yo‘qotish yoki hech bo‘lmaganda keskin kamaytirish, ssuda 
foizini inflatsiya darajasidan oshirish (bu hol joriy talabni qo‘shimcha ravishda qisqartirishga 
olib keladi) tadbirlari ham inflatsiyaning pasayishiga, bozorning barqarorlashishiga yordam 
beradi.
Ko‘rilgan barcha tadbirlar haqiqiy talabni aks etgiradigan ayrim tovarlar bo‘yicha 
ratsionalroq narxlar nisbatini ta’minlashga imkon beradi. 
Falaj qilib davolash davrida iqtisodiy tizimda yuz bergan muhim institutsional 
o‘zgarishlar:
- Narxlarni erkinlashtirish (Polshada 1990 yil yanvaridan 90% tovarlar uchun narxlar bozor 
asosida belgilandi, 5% tovarlar uchun narxlar davlat tomonidan ma’muriy tarzda tartibga solindi, 
qolgan 5% tovarlar uchun narxlarni o‘zgartirishga davlat organlarining ruxsati talab qilindi). 
- monopoliyaga qarshi qonunlarning qabul qilinishi va bir kdtor tarmoqlarda davlat 
korxonalarining mavdalashtirilishi
- davlat korxonalarining to‘liq tijorat hisobiga o‘tkazilishi, korxonalar va davlat moliya 
mablag‘larining ajratilishi;
- an’anaviy markazlashgan rejalashtirishning bekor qilinishi
- kichik xususiylashtirishni (ayniqsa, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida) keng yoyish; 
- katta xususiylashtirishni o‘tkazish uchun huquqiy va tashkiliy negizlarni ishlab chiqish 
(sanoatda, qurilishda, transportda, yirik xo‘jalik birliklari ko‘p bo‘lgan tarmoqlarda); 
- xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xususiy sektorning dinamik rivojlanishini ta’minlash; 
- milliy valutaning erkin ayirboshlanadigan valutaga yagona barqaror kurs bo‘yicha (ichki) 
ayirboshlanishiga erishish;
- ijtimoiy himoya tazimi asoslarini yaratish, ishga joylash xizmatini yo‘lga qo‘yish, ishsizlik 
bo‘yicha nafaqalarni joriy qilish.
Bu o‘zgarishlarning eng asosiy alomati iqtisodning mustaqil boshqarilishiga yo‘l ochib 


berish maqsadida davlatning iqtisodga aralashuvini minimallashtirish hisoblanadi.
Davlat moddiy va moliyaviy resurslarni taqsimlash uchun mas’uliyatni o‘zidan soqit 
qiladi. Davlatning asosiy vazifasi bozorning ahvolini nazorat qilib turish, soliq, kredit va boshqa 
iqtisodiy vositalar yordamida unga ta’sir ko‘rsatishdan iborat bo‘lib qoladi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, birinchi bosqichning natijasi iste’mol bozorida tovar 
taqchilligini bartaraf qilish va muvozanatga erishish bo‘lmog‘i lozim, ana shunda istalgan tovarni 
bemalol sotib olish mumkin bo‘ladi. 
Biroq yuqorida qayd etilgan o‘zgarishlar quyidagi oqibatlarga olib keladi: 
- aholining kam ta’minlangan va notijorat sohalarida band bo‘lgan aholi qatlamining hayot 
darajasi keskin pasayadi; 
- investitsiyaga talab, ishlab chiqarishga kapital qo‘yish kamayadi; 
- aholining to‘lov qobiliyati umuman pasayishi oqibatida iste’mol mollari ishlab chiqaradigan 
sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmi pasayadi; 
- ishsizlik ko‘payadi va (asosan nazariy jihatdan) bankrotlar soni ortadi. 
Vengriya va Polsha kabi mamlakatlar islohotlarni boshqa-boshqa yo‘llar bilan amalga 
oshirishdi, lekin 1997 yilga kelib iqtisodni umumiy erkinlashtirishda taxminan bir xil 
muvaffaqiyatlarga erishishdi.
Iqtisodning juda tez sur’atlar bilan rivojlanishi evolyutsion yo‘lni tanlagan Xitoyda 
islohotlar 1978 yildan beri o‘tkaziladi. Vyetnamda ham anchagina jo‘shqin rivojlanish yuz berib, 
1986 yidda markazlashtirilgan rejalashtirish tizimidan voz kechilgan edi. Bu hol 1989 yildan 
keyin yaqqol namoyon bo‘ldi. O‘shanda islohotlar sur’ati keskin tezlashgan edi.
Bozor iqtisodiga jadallik bilan kirishgan Markaziy - Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan 
farqli o‘laroq, Xitoy rejalashtirishni bozor munosabatlari bilan uyg‘unlashtirgan bir necha 
bosqichdan o‘tib, 1992 yilda yangi maqsadini e’lon qildi: "Sotsialistik bozor iqtisodini barpo 
etish".
Xitoyda 1978 yilda boshlangan narxlar islohoti ikki yo‘nalishda amalga oshirildi: davlat 
xaridlari ulushi izchil qisqartirib borildi, bozor narx belgilagan tovarlar miqdori oshib bordi. 
Islohotlar qishloq xo‘jaligida boshlandi va asta-sekin iste’mol tovarlariga tarqaldi.
Hukumat narxlarning uch darajali tizimini yaratish yo‘lini tanladi. Bu tizimga ko‘ra, 
qat’iy davlat narxlari bilan birga erkin ("suzuvchi") narxlar (bular uchun yuqori va past 
chegaralar belgilangan) va bozor narxlari mavjud.
Islohot strategiyasining mohiyati bozor narxlarining amal qilish sohalarini asta-sekin 
kengaytirib, qat’iy davlat narxlari ulushi qisqartirib borishidadir. Birinchi bosqichda (1979-87) 
chakana narxlar 50%, ikkinchi bosqichda (1987-92) yana 30% erkinlashtirildi.
1993 yilda don uchun chakana narxlar erkinlashtirildi va ayni paytda oziq-ovqat 
mahsulotlari uchun kartochkalar bekor qilindi. Davlatning narxlarga ta’sir qilish iqtisodiy 
vositalari takomillashtirildi (masalan, barqarorlashtiruvchi ehtiyot jamg‘armalari tashkil 
qilinishi). Xitoydagi islohotlarning asosiy ziddiyatlari - biri ikkinchisini inkor qiladigan ikki 
iqtisodiy mexanizm: tugab borayotgan rejali tizim va paydo bo‘layotgan bozor tizimining 
mavjudligidir. 
1979 yilda o‘tkazilgan iqtisodiy islohot natijasida Xitoyda iqtisodning ikki sektorli 
modeli paydo bo‘ldi. Bozor mexanizmlari iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda
asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘ldi va u investitsiya talab qiluvchi ishlab chiqarish sohasini 
ham ancha keng qamrab oldi.
Iqtisodning ikkala sektorida ham tartibga solishning bozor va ma’muriy metodlari 
qo‘shilib ketganligi Xitoy uchun xos alomat hisoblanadi.
Xitoyda bozor asoslariga o‘tish asta-sekin, ravon yuz berayotganligiga sabab shuki, u 
yerda faqat nomenklatura moslasha oladigan islohotlargina o‘tkazilmoqda. Shuning uchun 
ko‘pincha islohotlarni tezlashtirish va samaradorligini oshirish ijtimoiy barqarorlik yo‘lida 
qurbon qilinadi, ma’lum darajada bozor munosabatlariga aralashib qolgan nomenklatura 
qatlamlari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish ham ko‘zda tutiladi. 
O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy yuksalishning asosiy 


harakatlantiruvchi kuchi ilgari zaif bo‘lgan eksport va xizmat ko‘rsatish sohalari hisoblanadi.
Vyetnamda savdo-sotiq siyosati anchagina keng, lekin qisman erkinlashtirishni ko‘zda 
tutadi, Xitoyda esa asosiy kuchlar eksportga faol ko‘maklashishga qaratilgan edi. Hozir ikkala 
mamlakatda ham davlat eksporti ba’zi muhim tovarlarnigina o‘z ichiga oladi. undan tashqari 
davlat eksportining ulushi borgan sari qisqarib bormoqda. Ko‘pgina tovarlar eksporti butunlay 
davlat nazoratidan chiqarilgan, mavjud cheklashlar esa majburiy hisoblanmaydi, biroq importni 
davlat tomonidan tartibga solib turish Xitoyda xali ham saqlanmoqda. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling