Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotn (OPEK) 1960 yilda unga a’zo bo‘lgan davlatlarning neft sohasidagi siyosatini muvofiqpashtirish va yagonalashtirish maqsadida o‘tkazilgan Bog‘dod (Iroq) konferensiyasida tashkil etilgan. Uning nizomi esa 1965 yilda Karakasda (Venesuela) bo‘lib o‘tgan konferensiyada qabul qilingan. A’zo bo‘lgan davlatlarning vakillaridan (odatda delegatsiyaga neft yoki energetika vaziri boshchilik qiladi) iborat konferensiya OGTEKning oliy organi hisoblanadi. Konferensiya bir yilda ikki marta Venada o‘tkaziladi. OPEK Bosh kotibi ayni paytda konferensiya kotibi hisoblanadi. Konferensiya umumiy siyosiy yo‘lni belgilab boradi va bu siyosatni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi, budjetni va nizomdagi o‘zgarishlarni tasdiqlaydi, yangi a’zolarni qabul qilish haqida qaror chiqaradi. U Nizomda aynan ko‘zda tutilmagan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ham ega hisoblanadi. Hamma qarorlar bir ovozdan qabul qilinishi lozim (yangi a’zolarni qabul qilish va rasmiy masalalar bundan mustasno). Bosh kotib rahbarlik qiluvchi kotibiyat boshqaruvchilar kengashining rahbarligida joriy ishlarni olib boradi. Bosh kotib OPEKning qonuniy vakili hisoblanadi. 1991 yildan boshlab OPEK, unga a’zo bo‘lmagan neft eksport qiluvchi mamlakatlar va Yevropa Ittifoqi xalqaro energetika agentligi bilan energetika masalalari bo‘yicha axborotlarni ayirboshlash, sanoat sohasida, atrof-muhitni saqlash, neft bozorini avaylash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muhokama qilish uchun uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda. OPEKka 11 mamlakat a’zo bo‘lib kirgan: Eron (1960 yil), Iroq(1960), Quvayt (1960), Saudiya Arabistoni (1960), Venesuela (1960), Qatar (1961), Indoneziya (1962), Liviya (1962), Birlashgan Arab Amirliklari (1962), Jazoir (1969), Nigeriya (1971), Ekvador (1973) va Gabon (1975). Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling