Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
- 4-BOB O‘tish davrida ijtimoiy himoya
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI
1. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlarda xususiylashtirish. 2. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlarda yirik korxonalarni xususiylashtirish modellari. 3. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlarda o‘rta va yirik korxonalarni xususiylashtirish usullari. 4. Kichik korxonalarni va fermer xo‘jaliklarini xususiylashtirish. ADABIYOTLAR 1. Karimov I.A. Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yulidan izchil borish - asosiy vazifamiz. «Xalq so‘zi», 10 fevral 2004 yil. 2. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida, T., «O‘zbekiston», 1995. 3. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmokda. T «O‘zbekiston», 1999. 4. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-t. T., «O‘zbekiston», 1996. 6. От плана к рынку. Отчет о мировом развитии. 1996, МБРР, Вашингтон, 1996. 7. Раджабова З.К. «Мировая экономика» М., ИНФРА, 2004. 8. Экономическая теория (под редакцией Камаева), М., 1998, глава 23. 9. Экономическая теория (под редакцией Базилева, Гурко), Минск, 1998, глава 7. 4-BOB O‘tish davrida ijtimoiy himoya Qashshoqlik bilan kurashish, inson kapitalini asrash, uni bozor iqtisodiy ehtiyojlariga tayyorlash iqtisodiy yuksalishga, ijtimoiy adolatga, siyosiy barqarorlikka ko‘maklashadi. Ishlab chiqarishning inqirozi, daromadlar borasidagi tengsizliklar oqibatida Markaziy - Sharqiy Yevropa mamlakatlari va yangi mustaqil davlatlarda kambag‘allik keskin ko‘payib ketdi. Ish haqining erkinlashtirilishi, daromadlarni tabaqalanishi darajasi yuqori bo‘lgan xususiy sektorning ulushi o‘sib borishi oqibatida butun mintaqada daromadlarning tengsizligi kuzatildi. Ayrimlar haddan tashqari boyib ketdi, ko‘pchilik kambag‘allashdi va hatto qashshoqlashdi. Kambag‘allik darajasi qanday aniqlanadi? Mutlaq kambag‘allik shaxsiy yoki oilaviy daromadlar (yoki xarajatlar)ni muayyan miqdordagi tovarlar, xizmatlar qiymatiga taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Nisbiy kambag‘allik daromadlarni boshqa shaxslar yoki oilalarning daromadlariga taqqoslab belgilanadi. Subyektiv kambag‘allik amaldagi daromadlarini muayyan shaxslar o‘zlari kutayotgan va tasavvur qilayotgan daromadlarga taqqoslab belgilanadi. Kambag‘allik muammolarini hal qilishning kaliti iqtisodiy o‘sishni tiklash. Biroq, aholining ba’zi toifalari, masalan, malakalari darajasi bozor talablariga mos bo‘lmagan xodimlar, keksalar, bolalar va ko‘p bolali oilalarning muammolarini faqat iqtisodiy o‘sish bilangina hal qilib bo‘lmaydi. Axrlining bu guruhi uchun egasiga borib yetadigan (adresli) yordam dasturini ishlab chiqish zarur. Lekin aholining hayot darajasini haqiqatan ko‘tarish uchun iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlash lozim. Bozor iqtisodiga o‘tish davrida yuz berayotgan jarayonlar mehnat bozoriga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu uch yo‘ialishda sodir bo‘ldi: ish haqi darajasi va tarkibi o‘zgardi, mintaqalar, tarmoqlar bo‘yicha ish bilan bandlik tarkibi o‘zgardi va ishsizlik bandlikni tartibga solish mexanizmidan biriga aylandi. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda mehnat bozorlarini qayta qurish jarayoni uch yo‘nalishning biriga ko‘ra yuz beradi. Birinchi yo‘nalishga muvofiq, davlat sektoridagi ish bilan bandlik keskin pasayib ketadi. Bu yo‘nalish Markaziy - Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun xos. Ikkinchi yunalish bozor iqtisodi sharoitlariga moslashish yo‘li bo‘lib, u Rossiyada va yangi mustaqil davlatlarning ko‘pchiligida amalga oshirilgan. Bu mamlakatlarda ish bilan bandlik ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ancha sekinlik bilan qisqardi. Korxonalar ommaviy tarzda ishdan bo‘shatish yo‘lidan qochganliklari tufayli xodimlar rasman shtatda qolganliklari holda eng kam ish haqi olishgan yoki hech narsa olishmagan, lekin ko‘p vaqtlarini norasmiy sektordagi ishga bag‘ishlab, korxonalarning ba’zi imtiyozlaridan foydalanib turishgan. Uchinchi yo‘nalish - Xitoy modeliga muvofiq davlat sektoridagi bandlik 1993 yilgacha o‘sib bordi, keyin esa biroz pasayish yuz berdi. Ishsizlikning ortib borishi bilan Markaziy - Sharqiy Yevropa mamlakatlari va yangi mustaqil davlatlarda ushbu ikki masala: korxonalarga ko‘maklashishni davom etgirish kerakmi- yo‘qmi va mehnat bozoridagi faol siyosat nimadan iborat bo‘lishi lozim, degan masalalar dolzarb bo‘lib qoldi. Ishsizlik darajasi yuqori va ishchi kuchining‘ sharoitga moslashuvchanligi past bo‘lgan mintaqalarda o‘zini o‘nglab olishi kutilayotgan yoki yopib qo‘yilishi butun mintaqa uchun og‘ir salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan korxonalarga ish haqi uchun vaqtinchalik mablag‘ bilan yordam berish (subsidiya) maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Biroq, bunda shuni hisobga olish kerakki, bu subsidiyalar asta-sekin bekor qilinishi lozim. Mehnat borasidagi faol siyosat uch asosiy yo‘nalishda mavjud: bandlik xizmati (ishga joylashish uchun ko‘maklashish va maslahat berish); kasbga o‘rgatish; yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish. Mamlakatda yuqori malakali va jismonan sog‘lom mehnat resurslari mavjud bo‘lgan taqdirdagina iqtisodiy yuksalishga erishish mumkin. Shu nuqtai nazardan o‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar mustahkam negizga ega. Shuni ta’kidlash lozimki, markazlashtirilgan rejali tizimning ijobiy tomonlari tufayli Markaziy - Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlarida ko‘p yutuqlarga erishildi: deyarli umumiy boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta ta’lim berilishi, daromad darajasi nisbatan o‘xshashligi, boshqa davlatlarga nisbatan savoddilik darajasining yuqoriligi, aniq fanlar sohasida texnikaviy bilimlar va tayyorgarlikning usgunligi. Ta’lim olish borasida erkaklar bilan ayollarning teng huquqliligi ham muhim yutuq bo‘lib, bu omil aholining umumiy saviyasiga, salomatligiga, ish unumdorlishga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Biroq, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari raqobatli sharoitdagi erkin bozorning kun sayin o‘zgarib turadigan ehtiyojlarini qondirishga emas, balki buyruqbozlik asosidagi iqtisod ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan edi. Shuning uchun ayni paytda shu tizimlarda ham tegishli islohotlarni o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Insonning salomatligiga to‘rt guruhdagi omil ta’sir ko‘rsatadi: daromad, yashash tarzi, atrof-muhitning ahvoli va kasbga doir kasalliklar, shuningdek, tibbiy xizmat sifati. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimi to‘rt usulda mablag‘ bilan ta’minlanadi: Birinchi usul — nakd pul bilan ta’minlash. Bu asosiy usul bo‘lib, yuz yillar mobaynida qo‘llanib kelinadi. Budjetdan mablag‘ ajratish uchun soliq tushumlari, sog‘liqni sug‘urtalash tizimi bo‘lmagan eng kambag‘al davlatlarda hozir ham qo‘llaniladi. Ikkinchi usul - xususiy sug‘urtalash xizimi. Bu asosan tushadigan foydaga asoslangan bo‘lib, ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llaniladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida faqat AQSHda qo‘llanadi, lekin bu yerda davlat ham sog‘liqni saqlash tizimiga kattagina mablag‘ ajratadi. Uchinchi usul - ijtimoiy himoyalash. Bu usul Argentina, Germaniya, Koreya Respublikasi, Urugvay, Chili, O‘zbekiston va qator yangi mustaqil davlatlarda qo‘llaniladi. To‘rtinchi usul - soliq tushumlaridan mablag‘ ajratish ko‘pchilik mamlakatlarda, jumladan, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrikaning ko‘pgana mamlakatlarida asosiy manba hisoblanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling