Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
III BO‘LIM IQTISODIY O‘TISH DAVRIGA XOS MAMLAKATLAR 1-BOB REJALI TIZIMDAN BOZOR MUNOSABATLARIGA O‘TISH: VAZIFALARI, SHAKLLARI, MUAMMOLARI O‘tish jarayonining uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadi, har bir mamlakatda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad kabi, aholining hayot darajasi izchil o‘sib borishini ta’minlaydigan barqaror bozor iqtisodini yaratishdir. O‘tish davrida hali ko‘p ishlar yakunlanmay, turli-tuman muhim masalalarga javob topilmaydi. Shu bois bozor tizimiga o‘tishda bugungacha to‘plangan tajribalar bilan tanishish dolzarblik kasb etadi. Oldiniga rejali tizimning muvaffaqiyatlari ancha zal-vorli bo‘ldi: - Xalq xo‘jaligini industrlashtirishdan so‘ng ishlab chiqarish hajmi o‘sdi; - ijtimoiy kafolatlar umumiy ta’limni, turar-joyni, sog‘liqni saqlashni, butun aholining ish bilan bandligini o‘z ichiga oldi; - 1930-yillardagi buyuk inqiroz bu mamlakatlarni chetlab o‘tdi; - daromadlar nisbatan teng taqsimlandi; - asosiy tovarlar va xizmatlar hammaning qurbi yetadigan darajada bo‘ldi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan markazlashgan rejalashtirish tizimi samaradorligining pastligi sezilib qoldi va bu quyidagi oqibatlarga olib keldi: - rejalashtirish organlari bozor iqtisodi sharoitida narxlarga doir barcha ma’lumotlarga ega bo‘lmadi; - rejalashtirishning muvaffaqiyati shaxsiy munosabatlar va aloqalarga bog‘liq bo‘lib, bu sanoat, qishloq xo‘jaligi uchun halokatli oqibatlarga olib keldi; - qattiq nazorat mexanizmining kiritilishi oqibatida shaxsiy tashabbus so‘ndirib turildi, bu ko‘pincha shaxsga sig‘inishga, tizimdagi oliy mansab namoyandalarining korrupiiyaga berilishiga olib keldi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati pasayishi, ko‘p mehnat va energiyani talab qilishi rejali tizim yaratgan rag‘batlantirish omillarining buzilgan mahiyatini aks ettirdi, iqtisodi markazlashtirilgan mamlakatlarni jahon bozorlari va bevosita chet el investitsiyalaridan ajratib qo‘ydi. Quyidagi asosiy alomatlar o‘tash davri iqtisodi uchun xos: 1. Iqtisodning nobarqarorligi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlikning ko‘payishi, inflatsiyaning kuchayishi. 2. O‘tish davri iqtisodining alohida shakllari mavjudligi. Masalan, mulkchilikning aksiyadorlik shakli, nomenklatura-korporativ mulkchilikning bir turi ekanligi va h.k. O‘tish davri iqtisodining asosiy vazifalari: Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish. Davlat tasarrufidan chiqarish - xo‘jalikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish vazifalarini davlat zimmasidan soqit qilish, mulkchilik xarakterini o‘zgartirmagan holda tegishli vakolatlarni korxonaning o‘ziga berish, demakdir. Xususiylashtirish davlat mulkini turli shartlarda iqtisodiy subyektlarga berish yo‘li bilan mulk egasining o‘zgartirilishini nazarda tutadi. Yangi mulk egasi mulkidan o‘z xo‘jalik faoliyatida foydalanadi va uning natijalari uchun to‘liq mulkiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. 2. Bozor infrastrukturasini shakllantirish, xo‘jalik munosabatlarini o‘rnatishning yangi mexanizmlarini, tovar, jamg‘arma, valuta, bank, mexnat birjalari va h.k.ni tashkil qilish. 3. Iqtisodni monopoliya ta’siridan chiqarish. Bu tadbir raqobatni kuchaytirish, bozorda muvozanatga erishish (firmalar o‘rtasida ro‘y beradigan kelishuvchilik, qo‘shilish, har xil bitimlarga qarshi cheklashlar tizimini ishlab chiqish)ni nazarda tutadi. 4. Narx belgilash ustidan davlat nazoratini bekor qilish yo‘li bilan narxlarni erkinlashtirish, narxlarni bozor qonunlari, talab va taklifga moslab shakllanishiga o‘tish. 5. Muomaladagi pul massasini cheklash maqsadida qatyiy pul-kredit siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish (bunday siyosatni o‘tkazmay turib, narxlar ustidan nazoratni bekor qilish inflatsiyaning yuqori sur’atlarda yuz berishiga olib keladi). 6. Aholining kam ta’minlangan qismi bozor iqtisodi sharoitlariga oson moslashishi uchun kuchli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy qilish. 7. Iqtisodni iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishni ilgarilama rivojlanish yo‘nalishiga qayta tashkil qilish, ishlab chiqarishning moslashuvchanligini, uning talab o‘zgarishlari va yangi texnologiyalarga uyg‘unligini oshirish. Bozor iqtisodiga o‘tish asosan ikki yo‘nalishdan iborat. Birinchi yo‘nalish qisqa muddatlar ichida iloji boricha ko‘p tub islohotlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ikkinchi yo‘nalish qisman o‘zgarishlarni amalga oshirish, ularni bosqichma-bosqich chuqurlashtirib borishga asoslanadi. Birinchi - tub islohotlar yo‘nalishida markazlashgan rejalash tizimi o‘rniga bozor iqtisodi asosiy elementlarini barpo qilishga qaratilgan islohotlar majmui ko‘zda tutiladi. Bu esa narxlarni, savdoni zudlik bilan erkinlashtirish, narxlarning turg‘unligini ta’minlashga qaratilgan izchil barqarorlashtirish dasturini amalga oshirishdan iboratdir. Boshqa tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: joriy operatsiyalar uchun valutani erkin ayirboshlashga o‘tish, yangi xususiy korxonalar tuzish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat korxonalarini xususiylashtirish, sanoatni monopoliyadan chiqarish, buxgalteriya xisobining yangi standartlarini qabul qilish va h.k. Polsha iqtisodiyotida 1990 yilda o‘tkazilgan keskin islohotlar, Markaziy-Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi ko‘p sonli dasturlar, 1992 yildan keyin esa yangi mustaqil davlatlardagi tadbirlar umuman yuqorida aytilgan kompleks modelga mos keladi. Polsha va boshqa mamlakatlarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, ba’zi o‘zgarishlar haqiqatan ham tez yuz berishi mumkin ekan. Biroq, bozor tipidagi huquqiy institutlar moliya tizimining shakllanishi uchun yillar va hatto o‘n yillar kerak bo‘ladi. Ikkinchi modelda islohotlar oldiniga tajriba tartibida o‘tkazilib, keyin muvaffaqiyatli chiqqan tajribani keng yoyish mumkin. Bu ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga o‘tishni nazarda tutadi. Islohotlarni bosqichma-bosqich o‘tkazish, masalan, Xitoy olib borayotgan yo‘l hisoblanadi. Xitoy 1978 yidda narxlarni erkinlashtirishga kirishdi. Oldiniga islohotlarning barchasi qishloq xo‘jaligini tiklashga qaratildi, ayrim joylarda xo‘jalik yuritishning jamoat usuli o‘rniga dehqon xo‘jaliklari tuzildi, keyinchalik mamlakatning boshqa viloyatlarida ham shunday xo‘jaliklar tuzishga ruxsat berildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish narxlari ko‘tarildi, dehqonlarning daromadlari oshirildi. Bozor asosida ishlaydigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari tuzishga ruxsat berildi. 1984 yilga kelib islohotlar shaharlarda ham boshlandi. Mahalliy o‘z- o‘zini" boshqarnsh organlari katga moliyaviy mustaqillikka erishdi. Davlat korxonalarini boshqarish tizimida islohotlar o‘tkazildi, ilgari davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan korxonalarni mablag‘ bilan ta’minlash endi talabchan bank tizimi zimmasiga yuklandi. Savdo- sotiqqa, chet el kapitali kiritilishiga ko‘yiladigan cheklashlar asta-sekin yumshatildi, ko‘pgina institutsional islohotlar o‘tkazildi, xususan, markaziy bank ishlari butunlay qayta tashkil etildi. Rejali xo‘jalik yuritish tizimidan bozor tizimiga o‘tishning ikki modeli mavjud degani, hali barcha mamlakatlar xohdaganini shunday tanlash imkoniyatiga ega ekanligini bildirmaydi. Har bir variant uchun o‘zining iqtisodiy, siyosiy, tarixiy va boshqa shart-sharoitlari majmui mavjuddirki, ular o‘z yondashuvini taqozo etadi. Markaziy-Sharqiy Yevropa mamlakatlari islohotlarni o‘tkazishga ancha qulay makroiqtisodiy, strukturaviy, institutsional sharoitlarda kirishdi. Islohotlar inflatsiya sur’ati ancha past bo‘lgan sharoitda boshlandi. Bu mamlakatlarning geografik jihatdan qulay joylashganligi yangi savdo munosabatlariga kirishishlari uchun qo‘l keddi. Bozor iqtisodiga o‘tish variantlari: - Bozor institutlarini asta-sekin tashkil qilishning evolyutsion yo‘li (Xitoy, Vengriya va boshqa mamlakatlar); - iniqilobiy yo‘li - radikal, tub o‘zgarishlar zudlik bilan o‘tkaziladi (Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlari, Polsha va h.k.). Ko‘rsatilgan variantlar o‘rtasidagi farq-tafovut izchil o‘zgartirishlar, barqarorlash tadbirlarini o‘tkazish muddatlari, xalq xo‘jaligini bozor mexanizmlari bilan qamrab olish darajasi, davlatning tartibga solib turish faoliyati ko‘lami bilan izohlanadi. Bozor iqtisodiga evolyutsion yo‘l bilan yoki rezolyutsion yo‘l bilan o‘tishni tanlash faqat siyosiy rahbariyatning xohishiga emas, balki siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy kabi omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Mutaxassislar fikricha, quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda bozor iqtisodiga evolyutsion yo‘l bilan o‘tgan ma’qulroq: - Xususiy tadbirkorlik ko‘nikmalarini saqlab qolgan avlodlar ishlaydigan tarmoqlar va ancha taraqqiy etgan qishloq xo‘jaligi hamda hunarmandchilik ishlab chiqarishlari borligi; - og‘ir sanoat va harbiy sanoat kompleksining nisbiy ulushi uncha katta emasligi; - barqaror moliya tizimi; - siyosiy va xo‘jalik oliy namoyandalari ichida islohotlarni o‘tkazishdan manfaatdor qatlamlarning ko‘pchilikni tashkil qilishi. Inqilobiy usulni tanlash odatda noilojlikdan qilingan tadbir hisoblanadi. U ko‘pchilik hollarda ma’muriy buyruqbozlik tizimidan qutilish ehtiyoji yig‘ilib qolgan tuzilmaviy nomutanosibliklar oqibatida kelib chiqqan o‘tkir tovar taqchilligi bilan bog‘liq. Bozor iqtisodiga o‘tishning evolyutsion yo‘liga xos umumiy alomatlar 1. Islohotlarning boshlanishi quyidagi tadbirlar yordamida iste’mol bozorida dinamik muvozanat o‘rnatilishi bilan bog‘lanadi: - Bozor o‘zgarishlariga moslashuvchan narxlar tazimi yordamida; - xususiy sektorda iste’mol mollari ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni tezroq yo‘lga qo‘yish, ularga bo‘lgan bozor ehtiyojlarini qondirish yordamida. 2. Bozor munosabatlari oldiniga iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohalarini qamrab oladi, shundan keyingina investitsiya tarmoqlariga yoyiladi. 3. Narxlarni erkinlashtirish islohotning keyingi bosqichlarida amalga oshiriladi va monopoliya an’analari kuchli bo‘lgan tarmoqlarda narxlar ustidan davlat nazorati saqlanib qoladi. 4. Inflatsiyaning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida keskin moliya siyosati o‘tkaziladi. 5. Bozor infrastrukturasi jadal shakllantiriladi, xususiy tadbirkorlik rag‘batlantiriladi. Evolyutsion yo‘lning o‘ziga xos alomati - odatda islohotlar qishloq xo‘jaligidan boshlanadi, chunki bu sohada xususiy xo‘jalik tashabbusi uchun muayyan muhit ochiladi. Qishloq xo‘jaligining, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha u bilan bog‘liq tarmoqlarning rivojlanishi uchun berilgan turtki bozor mexanizmlarining yoyilishi uchun o‘ziga xos harakatlantiruvchi kuchga aylanadi va ayni paytda iste’mol bozorining ehtiyojini qondirish bilan birga islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun qulay ijtimoiy muhit yaratadi. Iqtisodni isloh qilishga inqilobiy yondashuv (falaj qilib davolash - shok terapiyasi) usuli Inqilobiy yondashuv chuqur institutsional islohotlarni amalga oshirishni, mulkchilik shakllarini keskin o‘zgartirish (xususiylashtirish)ni nazarda tutadi. Rossiya va Polshada falaj qilib davolash tarafdorlari o‘z iqtisodiy dasturlarini amalga oshirishning ikki bosqichini ajratib ko‘rsatishadi. Birinchi bosqichda (1—2 yil) bozor va moliyaviy muvozanatga erishish uchun inflatsiyaga qarshi keskin choralar ko‘rish. Ikkinchi bosqichda (10-15 yil) iqtisodda belgilangan tub o‘zgarishlarni amalga oshirish, uning rivojlanishini ta’minlash ko‘zda tutiladi. Islohotlarni o‘tkazish yo‘lidagi yutukdarni baholash uchun ushbu to‘rt asosiy ko‘rsatkichdan foydalaniladi: erkinlashtirish, mulkiy huquqlar va xususiy mulkchilikni rivojlantirish, tegishli institutlarning mavjudligi hamda ijtimoiy siyosatning yo‘nalishi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling