Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Janubiy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga bevosita chet el
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
11-jadval
Janubiy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga bevosita chet el investitsiyalarining kirishi (mln AQSH dollarida) Mamlakatlar 1986-91 (yiliga o‘rtacha ) 1992 1993 1994 1995 1996 2000 Janubiy Koreya 863 727 588 809 1776 2325 3300 Malayziya 1605 5183 5006 4342 4132 4672 1500 Tailand 1325 2114 1804 1322 2002 2268 6200 Xitoy 3105 11156 27515 33787 35849 40800 45300 Indoneziya 746 1777 2004 2109 4348 6194 2700 Singapur 3592 2204 4686 8368 8210 9440 7000 Filippin 501 228 1238 1591 1459 1520 500 Janubiy, 2351 6964 7024 6457 8487 10875 9109 Sharqiy va Janubi- Sharqiy Osiyo mamlakatlari Indoneziya, Malayziya, Tailand, Xitoyga kreditlar berildi. Tayvan ham kapital netto- importchisiga aylanmokda. Bundan kelib chiqqan holda shuni e’tiborga olish kerakki, bevosita investitsiyalar retsipiyentlari orasida sanoati rivojlangan mamlakatlarning ulushi o‘sishi ochiq- oydin kuzatilmoqda. Boshqacha aytgaida, rivojlangan mamlakatlar firmalar darajasida bir-birlari bilan borgan sari ko‘proq hamkorlik qilishmoqda. Umuman aytish mumkinki, yangi industrial mamlakatlar va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasiga a’zo mamlakatlar jamg‘armalar uchun kuchayayotgan xalqaro raqobatga kirishdilar. Bu jamg‘armalarning og‘ir shartlari ushbu mamlakatlarni birgalikda hamkorlik qilishga majbur etmoqda. Mintaqa ichidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi asosiy ichki omillar Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari - etnik, til, madaniyat, diniy e’tiqod, tarixiy yo‘l, texnologik daraja, tabiiy resurslarining kam-ko‘pligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiluvchi mamlakatlar majmuidir. Shuning uchun birinchi omil shu turli-tumanlikdan eng samarali foydalanish zaruriyati bilan bog‘liq. Bunga mintaqada transport, aloqa vositalarining yuqori rivojlanganligi qo‘l keladi. Endi hudud ichida almashinuv jarayoni o‘sib borgani sari ikki tomonlama aloqadan ko‘p tomonlama aloqaga o‘tish rusumi yetakchi omilga aylanmoqda. Masalan, ilgari Avstraliyaning temir rudasi asosan yapon metallurgiya zavodlariga yetkazib berilgan bo‘lsa, endi Janubiy Koreya va Tayvan zavodlariga ham yetkazib berilmoqda. Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlari majmuiga industrial mamlakatlar ham, rivojlanayotgan mamlakatlar ham kiradi. Shuning uchun olimlarning fikricha, Tinch okeani hududi asosida "Shimol-Janub" dialogini rivojlantirish jahon miqyosidagi (global) dialog uchun yangi imkoniyat ochib berishi mumkin. Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarining turli-tumanligini hisobga olib, olimlar bu hududda Yevropa Ittifoqi tipidagi hamjamiyat tuzilmasi yaqin o‘rtada paydo bo‘lishiga uncha ishonayotganlari yo‘q. Buning o‘rniga, ular, hududda erkin va moslashuvchan (epchil) hamkorlik tuzilmalariga, hatto Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasiga a’zo mamlakatlardagidan mustahkamroq munosabat o‘rnatishga imkon beradigan tuzilmalarga intilish haqiqatga yaqinroq bo‘ladi, deb hisoblashadi. Shubhasizki, bozor mexanizmlari orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat hududda aloqalarni, almashinuvni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, hudud mamlakatlari o‘rtasida madaniyat, fan, ta’lim, texnologiya sohalarida ham almashinuvlarni kengaytirish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Tinch okeani hududidagi hamkorlikni chuqurlashtirishda shuni inobatga olish kerakki, bu mamlakatlar hudud doirasidan chiqib, jahon iqtisodiga integratsiyalashish jarayonini tezlashtirish borasida o‘z xatti-harakatlarini birlashtirib, hamkorlikning yanada samarali bosqichlariga intilmoqdalar. Mintaqa ichidagi o‘zaro munosabatlar, "Osiyo kichik tizimi" doirasidagi aloqalarning kuchayishi avvalo quyidagi sohalarda yuz bermoqda: - Savdo-sotiq; - bevosita investitsiyalar; - firmalar o‘rtasidagi sheriklik; - davlatlararo darajadagi hamkorlik. Mavjud ma’lumotlarga muvofiq o‘zaro tashqi savdo bo‘yicha o‘sish jahon sur’atlariga nisbatan ilgarilab amalga oshmoqda, umuman hudud mamlakatlarining bir-birlariga sherik sifatidagi roli kuchaymoqda. 1980-yillarning ikkinchi yarmida bu hududda joylashgan yangi industrial mamlakatlarning Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarga, shu jumladan, Janubi- Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasiga a’zo mamlakatlarga chiqargan eksport hajmi rivojlangan mamlakatlarga bo‘lgan eksport ulushidan ko‘proq bo‘ldi. 1996 yilda Gonkongning umumiy eksportida, Osiyo va Okeaniya mamlakatlariga eksport ulushi 55,4%, rivojlanayotgan mamlakatlarga 47%, Indoneziya, Malayziya, Filippin, Janubiy Koreya va Tailandga 5,3%ni tashkil qildi. Xitoy uchun yangi industrial mamlakatlar bozorining ahamiyati 1980 yillar ikkinchi yarmida Amerika bozoriga qaraganda deyarli 5 marta yuqori bo‘ldi (umumiy eksportida ulushi 37,8%, Amerika bozori ulushi esa 7,7%). Bu ko‘rsatkich Yaponiyanikidan ikki marta (16,2%) yuqori bo‘ldi. 1996 yilda bu mamlakatlarning Xitoy eksportidagi ulushi 48,7%gacha o‘sdi. Malakasiz ishchi kuchi resurslari juda katta bo‘lgan Xitoy uchun eksport asosan ko‘p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lib, shunday mahsulotlar eksporti Xitoyda 1980-yillarda yiliga o‘rtacha 25% o‘sgan bo‘lsa, uning umumiy eksportida bunday mahsulotlar ulushi 1975 yildagi 30%dan 2000 yilda 80% gacha oshdi. Xo‘sh, Xitoyda bunday mahsulotlar ishlab chiqarishning tez sur’atlarda o‘sishi boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarni jahon bozoridan siqib chiqardimi? Yo‘q, bunday hol yuz bermadi. Birinchidan, Xitoy eksporti boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘rnini emas, balki daromad darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan yangi industrial mamlakatlarning eksporti o‘rnini egalladi. Ikkinchidan, bugungi kunda jahonda sermehnat tovarlarga bo‘lgan ehtiyoj keragidan ortiqdir. Masalan, Xitoyda sermehnat tovarlar eksporti tez rivojlanayotgan ayni paytlarda sharqiy Osiyoning "to‘rt yo‘lbarsi" (Gonkong, Janubiy Koreya, Singapur va Tayvan)da bunday mahsulotlar eksporti pasaydi: 1994 yildagi 55%dan 2001 yilda 20%ga tushdi. Xitoy eksporti bu mamlakatlar eksporti o‘rnini bemalol egalladi. Natijada "to‘rt yo‘lbars" mamlakatlarining kiyim- kechak, o‘yinchoq va sport tovarlari bo‘yicha jahon bozoridagi umumiy ulushi qisqardi. O‘sha "to‘rt yo‘lbars" mamlakatlarining Xitoyga kiritgan bevosita kapitallari Xitoyning eksporti o‘sishiga olib keldi: ularning firmalari ko‘p holda o‘z ishlab chiqarish liniyalarini Xitoyga ko‘chirdilar. Ayni paytda "yo‘lbarslar" ishlab chiqarishning katta kapital qo‘yish, yuqori malakali ishchi kuchlarni talab qiladigan sohalariga, yangi murakkab texnologiyalarga e’tiborni kuchaytirib, ushbu mahsulotlarni (kompyuter, elektronika, kemalar va h.k. zamonaviy buyumlar) ishlab chiqarishda bir pog‘ona ko‘tarildilar. Xitoyning ochiq iqtisodiyoti uning jahon savdosidagi nisbiy afzalliklarini o‘zgartirib yubordi; shuning uchun "yo‘lbarslar" qarshilik qilish o‘rniga, tug‘ilgan imkoniyatlardan foydalanishdi, o‘z resurslarini oddiy ishlab chiqarishdan murakkab ishlab chiqarishga ko‘chirishdi, dividend maqsadida o‘z bilimdari, tajribalaridan Xitoyda ishlab chiqarishni kuchaytirish uchun foydalanishdi. Yaponiya va AQSHga kelsak, bu yerda ham yangi industrial mamlakatlar, Janubi- Sharqiy Osiyo mamlakatlari va Xitoy bilan bo‘lgan tovar oboroti ularning eksport bo‘yicha, import bo‘yicha umumiy o‘sish sur’atlaridan oshdi. Masalan, AQSHning bu mamlakatlarga eksport ulushi 1970 yilda 16,2%, 1987 yilda 24,2% va 2001 yilda 19%ni, Yaponiyada esa, tegishlicha 55, 61,4 va 47,6%ni tashkil etdi. Hududning rivojlanayotgan mamlakatlari o‘rtasida savdo-sotiqning o‘sish sur’atlari yuqoriligi hudud ichidagi aloqaning borgan sari zich va sertarmoqroq bo‘lib borayotganliganing mustaqil omilidir. Hududda o‘zaro bog‘liklikning kuchayishi chet el investitsiyalarining o‘sib borishi bilan izohlanadi. udud ichidagi firmalararo aloqa va sheriklikni turli usullarda jadallashtirish o‘zaro bog‘liqpikni kuchaytirishning ustuvor omillari jumlasiga kiradi, bu yapon korporatskyalari uchun xalqaro ishlab chiqarish tizimining shakllanishi bilan bog‘liq. Gap shundaki, sarmoya eksportining turli maqsadlari nisbati asta-sekin o‘zgarmoqda. Ko‘pchilik kompaniyalar uchun endilikda retsipiyent mamlakatning bozorini eksport orqali egallash emas, balki xarajatlarni optimallashtirishga, resurslarning barcha turlaridan foydalanishga, mahsulotlarni jahon bozori miqyosida sotishga imkon beradigan xalqaro ichki va korporatsiyalararo tashkiliy-boshqaruv tizimini yaratish asosiy maqsad bo‘lib qoldi. Masalan, keyingi bir necha yil mobaynida o‘z tashqi iqtisodiy faoliyatida faqat eksportni ko‘zlaydigan yapon korporatsiyalari ulushi 46% dan 23% ga tushib qoldi. Firmalar orasida vazifalar ratsional taqsimlanadigan xalqaro sheriklik tizimlarini tuzishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan yapon firmalarining ko‘lami esa 50% ni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘sib borish tendensiyasiga ega. Shubhasiz, Osiyo va Tinch okeani hududi mamlakatlari, uning "Osiyo kichik tizimi" bunday sheriklikning markazi hisoblanadi. Bunda yapon korxonalari yangi industrial mamlakatlar bilan faqat mahsulotning o‘zlashtirib bo‘lingan turlarini emas, balki yangilarini ishlab chiqish borasida ham hamkorlik qilishga harakat qilishdi. Ayniqsa, bunday munosabatlar Janubiy Koreya bilan jadal olib borilmoqda. "Turli tarmoqlarga tegishli firmalar munosabatlari tizimi" Yaponiya-Janubiy Koreya firmalararo munosabatlarida yangi aloqalar jumlasiga kiradi. Uning mohiyatn, turli tarmohlarda band bo‘lgan mayda va o‘rta tadbirkorlar doimiy ishlovchi guruhlar (jamiyatlar, ittifoqlar va h.k.) doirasida muntazam ravishda texnikaviy, iqtisodiy axborotlar bilan almashib turishadi, o‘zlarining ko‘p jihatdan umumiy hisoblangan boshqaruv, moliyaviy va boshqa muammolarini muhokama qilishadi, to‘plagan tajribalarini o‘rtoqlashishadi. Odatda, guruhlar davlat, mahalliy hokimiyat organlarining tashabbusi va ishtirokida tashkil qilinadi. Mayda biznesni tashkil qilishda bunday tizim juda samaralidir. Bunday tizim Yaponiyada yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, keyingi yillarda Janubiy Koreya hukumati ham shunday tuzilmalar yaratishni ma’qullamoqda. Yaponiya va Janubiy Koreya firmalarining tarmoqlararo aloqalari ilk bor 1991 yidda boshlandi. So‘nggi vaqtlarda yangi industrial mamlakatlar, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlar assotsiatsiyasi davlatlari o‘rtasida yirik korporatsiyalarning o‘zaro hamkorligi ancha faollashdi. Bu mamlakatlarning sanoat, moliya va boshqa sohalardagi yetakchi kompaniyalarining moliyaviy-iqtisodiy qudrati ancha oshganligi ularning faoliyat sohalarini faol diversifikatsiyalash, qo‘shilish, kirib borish siyosatini o‘tkazish, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda hududlararo sheriklik tarmoqlarini yaratish imkoniyatlarini berdi. Masalan, Singapur konglomerati "Keppel" va Indoneziya firmasi "Astors" investitsiyalar, ishlanmalar sohasida qo‘shma korxona tuzish haqida kelishib olishdi. "Keppel" Filippin kemasozligi va qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari sohasida ko‘p mikdordagi aksiyalar paketini sotib oldi. Indoneziya va Singapur Indoneziyaning Liau orollarida infratuzilmani rivojlantirishga doir o‘z loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirdi. Liau orollariga Singapur sarmoyasi borgan sari ko‘proq kirib bormoqsa. Yangi industrial mamlakatlar va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi davlatlari korporatsiyalarining Xitoy va Vyetnamga qiziqishi ortib, Osiyo-Tinch okeani hududining iqtisodiy jihatdan o‘sayotgan qismida, ayniqsa, "Osiyo kichik tizimi" doirasida borgan sari jadallashayotgan o‘zaro munosabatlar shakllanmoqda. Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlikni tashkiliy rasmiylashtirish (institutsionlash) va uning xususiyatlari Mintaqa ichidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning yuqorida aytib o‘tilgan omillari hududda davlatlararo hamkorlikni tashkiliy rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirdi. 1989 yilning noyabrida Kanberra (Avstraliya)da Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy kengashi (ATES)ning 12 davlati tashqi ishlar va savdo vazirlarining 1-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘z xarakteri, maqsadi, konsepsiyasi, ishtirokchilar tarkibi va boshqa ko‘p jihatlari bilan ATES boshqa zamonaviy, hududiy guruhlardan ancha ajralib turadi. Xo‘jalikning rivojlanish sharoitlari, darajasi, iqtisodlarining tuzilishi, madaniyati, milliy ruhiyati, tarixiy-siyosiy an’analari bir- biridan keskin farq qiladigan davlatlar birinchi marta iqtisodiy birlashma tuzishdi. Shu bilan birga sanoati rivojlangan, rivojlanayotgan mamlakatlar teng huquqli sheriklar kabi ishtirok etishadi. AQSH va Kanadani hisobga olmaganda, ATESga xalqaro siyosiy iqtisodiy, xo‘jalik va boshqa munosabatlarda hozirgi vaqtgacha sust rol o‘ynagan davlatlar kirdi. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy kengashining faoliyati dastlabki yillarda uning ishidagi asosiy 2 sohani belgilab berdi. Birinchidan, savdo-sotiq tarmog‘ini erkinlashtirish, ko‘lamini kengaytirish maqsadida hamkorlik qilish, a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish umumjahon savdosini erkinlashtirish masalalarini hal qilishda harakatlarini muvofiqlashtirish borasida hamkor bo‘lish. Dastlabki qadamlar sifatida quyidagi ishlarga kirishildi: - Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy kengashi mamlakatlari Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishloq xo‘jaligini subsidiyalash hajmini tezda va keng ko‘lamda qisqartirishini talab qildilar; - AQSH Yaponiyadan uning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini erkinlashtirishini talab qildi; - aqliy (intellektual) mulkni muhofaza qilish, kelgusi 10 yil mobaynida jahon to‘qimachilik mahsulotlari savdosida miqdoriy cheklashlarni bekor qilishga urinishlar bo‘ldi. Ikkinchidan, Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlarini texnologik jihatdan rivojlantirish, yuqori darajada rivojlangan hududiy infratuzilma (axborot, aloqa, kadrlar tayyorlash va h.k.)ni yaratish masalasi ko‘yildi. Bunda quyidagi ikki yo‘nalishga ustuvorlik berildi: 1) Hudud ichidagi savdo va investitsiya oqimlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, ishlab chiqish va o‘rganish; 2) savdo-sotiqni, investitsiyalarni, texnologik transfertlarni rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish. Infratuzilmani rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotiga ko‘maklashish sohasida Yaponiya qiziqarli takliflar kiritib, quyidagilarni bajarishga tayyorligini bildirdi: 1) texnologiyalarni yig‘uvchi texnololislar yaratishni o‘z zimmasiga olish, ular orqali hududning rivojlanayotgan mamlakatlariga rivojlangan mamlakatlar texnologiyalarini yetkazib berish; 2) tadbirkorlarning keng ko‘lamda ishtiroki bilan Osiyo-Tinch okeani savdo-sanoat ko‘rgazmasini tashkil qilish; 3) mutaxassislar tayyorlashning kompleks dasturini ishlab chiqish. Osiyo-Tinch okeani texnologiya, boshqaruv va tadqiqotlar markazini barpo qilish; 4) investitsiya, texnologiya, inson resurslari, savdo-sotiq bo‘yicha ma’lumotlar hududiy bazasini yaratish. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy kengashining tuzilishi, uning faoliyatidagi dastlabki natija shuni ko‘rsatadiki, ehtimol, internatsionallashuvning hozirgi sharoitiga va jahondagi o‘zaro bog‘liqlikning o‘sishi talablariga to‘liqroq javob beradigan noan’anaviy hududiy birlashma tuzilishi ro‘y berdi. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy kengashi faoliyati konsepsiyasi, uning quyidagi muhim 3 prinsipi bunga dalil: 1) Birinchi prinsipga ko‘ra, hudud ichidagi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish (bojxona tariflarini pasaytirish va h.k.)ga doir tadbirlarni ushbu birlashmaga kirmaydigan davlatlarga ham joriy qilish. Konsepsiyada markaziy o‘rin olgan "ochiq hududiylik" tushunchasining mohiyati ana shunda; 2) hamkorlikning moslashuvchan, tarmoqlangan shakllariga mo‘ljal olish: bunda ishtirokchilardan har biri birlashma faoliyatining o‘zi yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgan qirralarini ta’minlashni zimmasiga oladi va birlashmaning "o‘z" sohasiga doir faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Bunda vaziyat taqozosiga va real ehtyyojlarga qarab ishtirokchilar orasida aloqalar paydo bo‘ladi hamda rivojlanadi, kuchayadi yoki zaiflashadi. Boshqacha aytganda, birlashmani tarmoqlangan tarzda tashkil qilish - bu markazlashgan, qat’iy shakl olgan tizimlarga teskari tizimdir. Misol: Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) mamlakatlarining xodimlarini o‘qitish va tayyorlash ishlarini imkoniyati yaxshiroq bo‘lgan Avstraliya yoki Kanadada amalga oshirish samaraliroq. Bunday loyihani mablag‘ bilan ta’minlash vazifasini esa, Yaponiya o‘z zimmasiga olishi mumkin va h.k. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy kengashi doirasidagi hamkorlik bu birlashmaga kirmaydigan mamlakatlar uchun ham ochiq bo‘lishi mumkin, deb taklif qilinadi. 3) Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy kengashi konsepsiyasining, birinchi navbatda, xususiy tadbirkorlik sektorida hamkorlikka mo‘ljallanganligi. Davlatlar iqtisodiy hamkorlik jarayoniga unchalik ko‘p aralashmasligi, hech bo‘lmaganda, birlashma uchun umumiy bo‘lgan firmalarning xujalik faoliyati erkinligini cheklaydigan reglamentlar kiritishdan o‘zini tiyishi lozim. Xalqaro ishlab chiqarishning yirik ichki va firmalararo tizimlari paydo bo‘layotgan bugungi kunda firmalarning roliga urg‘u berish ma’lum ma’noda ochiqlikning kafolatidir. Mintaqadagi hamkorlikning boshqa turlari Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy kengashi mintaqadagi davlatlararo iqtisodiy hamkorlikning bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona turi emas. Keyingi paytlarda o‘ta hududiy darajada, ishtirokchilar soni kamroq bo‘lgan turli-tuman hamkorlik tizimlarini izlash faol tarzda olib borilmoqda. Ishchanligi pastroq va sustroq bo‘lgan yirik uyushmalar (forumlar) bilan bir qatorda hududlararo (yoki hududlar ichidagi) ikki yoki uch tomonlama asosdagi, turli mamlakatlarning chet viloyatlaridagi hamkorlikning kichik shakllarini topish ustida ishlar olib borilmoqda. 1) 90-yillar boshida Saravannabumi - "Oltin uchburchak": Tailand-Birma-Hindixitoy hamkorligini tiklash rejasi paydo bo‘ldi; 2) Boshqa uch tomonlama loyiha - "Yuksalish uchburchagi : Singapur-Riau arxipelagi (Indoneziya) va Malayziyadagi Johar shtati hamkorligi realroq; 3) Vyetnam va Janubiy Xitoyning shimoliy viloyatlari hamkorlikda yuksalishning istiqbolli yangi zonasini tashkil qilishga qodir (chegara yaqinidagi savdo-sotiqning rivoji bunga asos bo‘la oladi). Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling