Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI
1. Janubi-Sharqiy Osiyo yangi industrial mamlakatlar (YAIM) iqtisodi va eksporti rivojlanishining xususiyatlari. 2. YAIM iqtisodi juda tez rivojlanishining va ularning jahon xo‘jaligiga integratsiyasining ichki va tashqi sabablari 3. Hududdagi YAIMda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirshsda davlatning roli. 4. Hudud mamlakatlaridagi valuta-moliya inqirozining sabablari va uni mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri. ADABIYOTLAR 1. Брагина Е. Республика Корея: закономерности экономического чуда. - ж. "МЭ и МО". 1991, №10. 2. Дак Ву Нам. Опыт экономического развития Республики Корея в условиях рыночной системы, — ж. "МЭи МО". 1991, №4. 3. Иванов П.Н. Гонконг. История и современность. М., "Наука", 1990. 4. Международные экономические отношения. Проблемы тенденции развития. Санк- Петербург, 1990. 5. Оникиенко А. Модернизация на Тайване: от экономической либериализации к политической демократии. — ж. "МЭ и МО" 1993, №2. 6. Раджабова З.К. Мировая экономика. М., ИНФРА-М, 2004. 7. Тэор Т.Р. Мировая экономика, СП Питер, 2001. 8. Федоровский А. Новые индустриальные страны: динамика роста сохраняется - Тенденции мирового эконмического развития. Обзор за 1990 г. и начало 1991 г., М., "Наука", 1991. 9. Федоровский А. Южнокорейский опыт внешне ориентированного развития; МЭ и МО, М., 1999, №7. 10. Чудодеев А. Прыжок "четырех китов" - ж. Новое время, 1989, №27. 11. How big is Asia. The Economist, 7.11.98. 6-BOB OSIYO-TINCH OKEANI MINTAQASI DAVLATLARI (ASOSIY TAMOYILLAR VA INTEGRATSIYALASHUVNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI) Rivojlanayotgan jahonning ayrim mintaqalaridagi iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’atlari, ularning tashqi iqtisodiy, savdo aloqalari kengayishiga kuchli turtki bo‘ldi. Shu bilan birga, bir qator ichki va tashqi omillarga ko‘ra, mintaqaviy ichki hamkorlikni kengaytirish, chuqurlashtirish, yangi hududiy birlashmalarning paydo bo‘lishi borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday ittifoqlarning a’zolari faqat rivojlanayotgan mamlakatlar emas, balki ilg‘or mamlakatlar ham ushbu mintaqa a’zolari xisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish sohasida ham, mintaqa ichidagi kooperatsiyada ham ilgarilab ketganlardan biri - Osiyo-Tinch okeani mintaqasi hisoblanadi. Bu mintaqa davlatlari o‘rtasida iqtisodiy rivojlanish borasida o‘sish eng yuqori bo‘lgan davlatlar: Yaponiya, AQSH, yangi industrial mamlakatlar (Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur), Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi a’zolari bo‘lgan mamlakatlar hamda Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Xitoy. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari va mintaqada davlatlararo hamkorlikni rag‘batlantiruvchi omillar umuman, mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy jihatdan yuqori sur’atlarda rivojlanishiga, bu yerda joylashgan davlatlarning samarali siyosati, hukumatlar, sanoat va fan doiralarining birgalikdagi harakatlari sabab bo‘ldi. Shuni ta’kidlash joizki, ularning iqtisodiy strategiyalarida tafovut bo‘lishiga qaramay, quyidagi bir qator o‘xshash tomonlari ham bor: 1. Eksportga mo‘ljallangan siyosat yuritish, bunda: - Iqtisodiy rejalashtirish va siyosatni tanlashda qiymat omillarini doimiy hisobga olish rag‘batlantiriladi; - jahon xo‘jaligi bilan integratsiyalashish xususiy sektorning samaradorligini oshiruvchi mexanizmlarni ishga soladi; - eksport chet el valutasida daromad keltiradi. 2. Yuqori jamg‘arish normasi. Ma’lumki, biron-bir mamlakatning omonatlari, jamg‘armalari uning yalpi milliy mahsuloti hajmining 20%ga yetsa, u o‘z-o‘zini tiklab turuvchi rivojlanish bosqichiga erishadi. 1960 yilda Osiyodagi yangi industrial mamlakatlar va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasiga a’zo davlatlar ichida faqat Tayvanda jamg‘arish normasi 20%ga yetdi. 1982 yildan boshlab barcha a’zo mamlakatlarda 20%dan oshdi. Shunday qilib, o‘z jamg‘armalari, chet el manbalaridan keladigan qo‘shimcha mablag‘lariga ega bo‘lgan bu mamlakatlar iqtisodini keng ko‘lamda investitsiyalashga erishdi. 3. Xususiy sektorniig faoliyati va iqtisodiyotni samaraliroq rivojlantirish mahsadida xususiylashtirish siyosatiiing o‘tkazilishi. Bu yerda xususiylashtirishning ikki - mulkchilikni va boshqaruvni xususiylashtirish tomonlari bor. Mulkchilikni xususiylashtirishda ijtimoiy tengsizlikni vujudga keltirmaslik yoki abadiylashtirmaslik choralarini ko‘rish lozim. Shuning uchun ham Xitoyda tovarlar oqimini tartibga solish borasida bozor qonunlari va mexanizmlari qabul qilinishi davlat mulki saqlangani holda amalga oshiriladi. Xususiy mulkchilik yetakchi bo‘lgan Yaponiyada ham mulkchilik va boshqaruv bir-biridan alohidadir. 4. Qishloq ho‘jaligi sohasidagi taraqqiyot. Mintaqadagi mamlakatlarda qishloq xo‘jaligini gullab-yashnayotgan tarmoqqa aylantirish maqsadida agrar sektorga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Janubiy Koreyada qat’iylashtirilgan narxlarni saqlab turishga qaratilgan davlat dasturi qabul qilingan va u muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, qishloq infratuzilmasini yaxshilashga doir ilmiy tadqiqotlar o‘tkazildi, har xil tadbirlar ko‘rildi. 5. Iqtisodiy moslashish (adaptatsiya) siyosati. 1970-yillar va 80-yillar boshida yuz bergan neft inqirozi davridagi iqtisodiy pasayishga qaramay, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari yuritgan iqtisodiy siyosat ularni bu murakkab davrni qarzlarsiz bosib o‘tishga imkon berdi. Buning ustiga ular 3-4% o‘sishga, keyin esa jahon iqtisodidagi umumiy yuksalish sharoitida 10% va undan ortiq o‘sish sur’atiga erisha oldi. Umuman, Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani havzasi mintaqasi mamlakatlarida 1980-2000 yillarda yalpi milliy mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 7,8%ni, Sharqiy Osiyoda - 9,3%, Janubi-Sharqiy Osiyoda - 6,3%ni tashkil etdi. Xitoy esa bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘ldi - unda 10,1%ga yetdi. 6. Osiyo-Tinn okeani mintaqasi mamlakatlari uchun bu yerda milliy intilishlarni samarali amalga oshirish uchun qulay bo‘lgan xalqaro hamkorlik muhiti mavjudligi muhim umumiy omil hisoblanadi. Shu bilan birga, u kooperatsiya jarayoni mehnat taqsimotining an’anaviy vertikal va gorizontal turlariga asoslangan boshqa mintaqalardan ancha farqlanadi. Birinchi tur XIX asrda ustunlik qilgan, sanoati rivojlangan mamlakat bilan xomashyo yetkazib beruvchi mamlakat yoki metropoliya bilan mustamlaka o‘rtasidagi munosabatni ifodalagan. Ikkinchi tur Yevropa Ittifoqiga xos bo‘lib, unda taxminan bir xil darajada rivojlangan, madaniyati o‘xshash bo‘lgan industrial mamlakatlar o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik olib boradilar. Bulardan farqli o‘laroq, Osiyo-Tinch okeani mintaqa mamlakatlarida mehnat taqsimoti "uchayotgan g‘ozlar" tipidagi rivojlanish nomini olib, unga o‘ziga xos o‘sish turi to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, bu hududda AQSH birinchi va yetakchi davlatga aylandi. XIX asr oxirlaridan boshlab Yaponiya eng zarur iste’mol tovarlari sohasida, keyinroq uzoq muddat foyda-laniladigan tovarlar, sanoatning turli sohalarida quvib yetish usulidagi rivojlanish strategiyasiga amal qildi. Hozirgi vaqtda yangi industrial mamlakatlar hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiaiiyasiga a’zo davlatlar Yaponiya yo‘lidan bormoqda. Ko‘rilayotgan mamlakatlardagi integratsiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, Osiyo mamlakatlarining rivojlanish darajasi, tabiiy resurslarning ko‘p yoki kamligi, madaniy, tarixiy va diniy xususiyatlar jihatdan farqlarning kattaligi tufayli ularning Yevropa Ittifoqi ruhida iqtisodiy integratsiyalashuvi mumkin emas. Biroq, aynan shu ko‘p turlilik ularning "uchayotgan g‘ozlar" tipida birgalikda rivojlanishini taqozo qiladi. Bunda har qaysi mamlakat o‘zaro to‘ldiruvchi mehnat taqsimoti yordamida oldinga harakatlanish uchun o‘z xususiyatlarini ishga soladi. Ma’lumki, xalqaro mehnat taqsimotining bu turi, "Shimol-Janub" doirasida industrial va rivojlanayotgan mamlakatlar orasida munosabatlarning rivojlanishiga yordam berdi. Bir vaqtlar Yaponiya va Amerika kapitallari ko‘p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishlarni yaratish uchun Osiyo mamlakatlariga keng ko‘lamda investitsiyalar kiritgan edi. Endi Osiyodagi yangi industrial mamlakatlar uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari ishlab chiqarishni avj oldirishmoqda. Ular yirik bozorlarga aylanib, mintaqa ichidagi savdo-sotiqning kengayishiga hissa qo‘shmoqda. Bundan tashqari, 1990-yillarning o‘rtalariga kelib, Singapur va Gonkong muhim kapital eksportchilariga aylandi. Janubiy Koreya va Tayvan bevosita investitsiyalar kiritish, texnologiya o‘tkazish yo‘li bilan boshqa mamlakatlarga yordam ko‘rsatmoqda. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasiga a’zo davlatlarda mehnat, tabiiy resurslar mo‘l bo‘lib, ularni boshqa mamlakatlarga, o‘z mintaqalaridagi mamlakatlarga yetkazib bermoqda. Masalan, Indoneziya, Malayziya va Bruney neft eksport qiladi. Bundan tashqari, ko‘p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishlar Osiyodagi yangi industrial mamlakatlardan Janubi- Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasiga a’zo davlatlarga o‘tib turadi. Shuning uchun ularda xom ashyo emas, balki eksport qilinadigan shu xom ashyoga ishlov berish darajasini oshirish tadbirlari ko‘riladi. Mintaqaning ko‘p davlatlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish borasida sezilarli taraqqiyotga erishdi. Mintaqa ichidagi integratsiyani rag‘batlantiruvchi tashqi sabablar ichida Yevropa va Amerikada ro‘y berayotgan iqtisodiy bloklarning shakllanish an’anasi ajralib turadi. Bu Yevropa Ittifoqi doirasida yagona bozor hosil bo‘lishi munosabati bilan Yevropa iqtisodiyoti autsayder mamlakatlar uchun yopilib qoladi, degan xavotir bilan bog‘liq. "Sharqiy Yevropa omili" ham ularni xavotirga soladi. Bunga ko‘ra, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda kapitalga ehtayoj keskin oshib ketishi va shu sababli ssuda foizi ko‘tarilishi mumkin. Retsipiyent (qabul qiluvchi) mamlakatlar orasida turli jamg‘armalar uchun, kapitalning kirib kelishi uchun, shu jumladan, rivojlanishiga rasmiy davlat yordami, xususiy kreditlar, investitsiyalar uchun jahon miqyosida raqobatning kuchayishi ham muhim o‘rin tutadi. Janubiy Koreya ilgari kapitalning netto-eksportchisi bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yildan boshlab netto-importchisiga aylandi. Agar 1986-91 yillarda mamlakatta bevosita chet el investitsiyalari kiritish o‘rtacha hajmi 863 mln AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, 2000 yilda u 3300 mln dollarga yetdi yoki 3,5 marta ko‘paydi. Singapur, Indoneziya va mintaqaning boshqa davlatlariga kiradigan bevosita investitsiyalar oqimi ancha o‘sdi (11-jadval). Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling