Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI
1. Rivojlanayotgan mamlakatlarga kapitalning olib chiqilishi sabablari, an’analari va geografiyasidagi o‘zgarishlar. 2. Rivojlanayotgan mamlakatlarga kapital olib chiqilishi tuzilmasining rivojlanishi. 3. Chet el kapitalining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodida ishtirok etish shakllari. 4. Rivojlanayotgan mamlakatlardan kapital olib chiqqilishining sabablari va an’analari. 5. Kapital eksportining rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati. ADABIYOTLAR 1. Басовский Л.Е. Мировая экономика. Курс лекций — М., ИНФРА-М, 2003. 2. Белоус Т.Я. Международные монополии и вывоз капитала. М., «Наука», 1987. 3. Брагина Е, Гумен Р. Мировая промышленность: статика и динамика. - ж. МЭ и МО, М., 1995, №5. 4. Ковалевский А. Частнью прямые инвестиции странах Азии Африки и Океании. -ж. "Азия и Африка сегодня". М., 1989, №5. 5. Ломакин В.К. Мировая экономика. М., «Финансы», 1998. 6. Раджабова З.К. Мировая экономика. М., ИНФРА-М, 2004. 7. Солюс Г.П.,Кузнецова А.И. Развиваюшився странн в сетях финансовой зависимости. М., Финансы и политика, 1990. 8. Хвойник Л. Трудные проблемы внешнего финансирования развиваюшихся стран. — ж. "МЭ и МО", 1990, №3. 9. World Investment Report 1998: Trends and Determinants, UN, New York and Geneva, 1998. 5-BOB ZAMONAVIY JAHON IQTISODIDA YANGI INDUSTRIAL MAMLAKATLAR 1960-yillar oxiri 70-yillardan boshlab rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodi uchun rivojlanish sur’atlarining yuqoriligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga qo‘shilishi xarakterlidir. 1970-96 yillar mobaynida ularning jahon savdosidagi ulushi 18,9% dan 28,7% gacha, ya’ni 1,5 martadan ko‘proq o‘sdi. Biroq, bu umumlashtirilgan ko‘rsatkich ushbu yutuqlarga erishishda "uchinchi dunyo" mamlakatlari turli guruxlarining haqiqiy ishtirokini aks ettirmaydi. Amalda esa vaziyat shundayki, aytib o‘tilgan davrda ulardan ko‘pchiligining jahon bozoridagi ishtiroki kamaygan. Yuqorida aytib o‘tilgan yutuqlarga bir necha mamlakatlar tufayligina erishildi. Umumiy tovar eksportiga 15 ta rivojlanayotgan davlatning hissasi 41,5 dan 77% gacha, jumladan, qayta ishlov beruvchi sanoat eksportida ularning hissasi 27,1 dan 91,8% gacha o‘sdi. Ular orasida "Yangi industrial mamlakatlar" deb ataladigan davlatlar, avvalo Lotin Amerikasi va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari yetakchi o‘rinni egalladi Ular keyingi 20-30 yilda jahon iqtisodiga shiddat bilan kirib kelishdi. Bir davlatni yangi industrial mamlakatlar jumlasiga qo‘shish uchun umumiy mezon yo‘q. Ba’zi olimlarning fikricha, eksportda sanoat tovarlari ancha katta o‘rin tutadigan bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar (Braziliya, Meksika, Argentina, Hindiston, Singapur, Indoneziya, Janubiy Koreya, Tayvan va h.k.)ni, o‘rtacha rivojlangan kapitalistik mamlakatlar (Ispaniya, Gretsiya, Irlandiya va h.k.)ni "yangi industrial mamlakatlar" jumlasiga qo‘shish mumkin. 1978 yilda eksportda sanoat maxsulotlari ulushi Gonkongda 96%, Janubiy Koreyada 85%, Hindistonda 60%, Singapurda 45%, Braziliyada 33%, Argentina va Meksikada 26% ni tashkil etdi. Boshqa ba’zi iqtisodchilarning fikricha, bir qator ko‘rsatkichlar yig‘indisini hisobga olish lozim. Shunday qilib, qanday mamlakatlarni yangi industrial mamlakatlar jumlasiga kiritish kerakligi borasida mutaxassislarning fikri turlicha bo‘lmoqda. Shunga qaramay, jahon iqtisodiy amaliyotida Argentina, Braziliya, Meksika, Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Indoneziya, Gonkong, Filippin, Malayziya, Tayland kabi davlatlar "yangi industrial davlatlar" nomini mustahkam egallab oldi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling