Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI 1.Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti parchalanishining sabablari. 2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining muhim vazifalari. 3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy shakllari (variantlari) va ularning xususiyatlari. 4. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishning xususiyatlari. Islohotlarni o‘tkazishda iqtisodiyogai tubdan isloh qilish usuli («shokovaya terapiya» usuli). 5. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlarda institutsional qayta shakllantirishlar. ADABIYOTLAR 1. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l - demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. 11-t. T., «O‘zbekiston», 2003. 2. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., «O‘zbekiston», 1999. 3. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida, T., "O‘zbekiston", 1995. 4. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan.4-t. T., "O‘zbekiston", 1996. 5. От плана крьшку. Отчет о мировом развитии. 1996, МБРР, Вашингтон, 1996. 6. Раджабова З.К. Мировая экономика. М., ИНФРА-М 2004. 7. Экономическая теория (под редакцией Камаева) глава 23. М., 1998. 8. Экономическая теория (под редакцией Базилева, Гурко), Минск, 1998, глава 7. 2-BOB ERKINLASHTIRISH VA IQTISODIY O‘SISH O‘tish davrini boshidan kechirayotgan barcha mamlakatlarda iqtisodiy ahvolni yaxshilashda keng ko‘lamli erkinlashtirish va barqarorlashtirish omillari muhim rol o‘ynaydi. Erkinlashtirish narx-navoning erkin belgilanishini, savdoning davlat tomonidan nazorat qilinishi to‘xtatilishini, yangi kompaniyalarni hech bir to‘siqsiz tuzish mumkinligini taqozo qiladi Barkarorlashtirish inflatsiyaning qisqartirilishini xalq xujaligi, tashqi iqtisodiy sohalardagi nomutanosibliklar bartaraf qilinishini ko‘zda tutadi. Islohotlarning bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan bu ikki omili o‘tish jarayonining dastlabki bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin va lozim. Erkinlashtirish natijasida aholi va korxonalar iqtisodiy qaror yechimlarni mustaqil amalga oshirish huquqiga ega bo‘lib, oqibatda markazlashgan iqtisodning ikki asosiy muammosi - buzilgan rag‘batlantirish tizimi va axborot taqchilligi muammolari bartaraf qilinadi. Erkinlashtirish korxonalarni iste’mol talabini hisobga olishga majbur qilib, ularga raqobatli sharoitda foyda ko‘rish imkonini beradi, nisbiy narxlarning haqiqiy talab va taklif nisbatiga mosligini ta’minlaydi. Barqarorlashtirish ham o‘tish jarayonining ajralmas uzviy qismi hisoblanadi, chunki makroiqtisodiy nomutanosiblik bozor islohotlarining barcha yutuqlarini yo‘qqa chiqaradi. Bozor iqtisodiga erishgan turli mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agar inflatsiya darajasi taxminan 50%dan oshsa, iqtisodning rivojlanishi keskin sekinlashadi. Inflatsiyaning yuqori bo‘lishi nisbiy narx omilini buzib aks ettiradi, mavhumlikni keltirib chiqaradi, mavhumlik esa omonatlarning jamg‘arilishiga, investishshlashga xalaqit beradi. Shuning uchun erkinlashtirish har doim iqtisodiy o‘sishning asosi hisoblanadigan narxlarni barqarorlashtirish bilan birga olib borilishi lozim. Erkinlashtirish, barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sish bir-biri bilan uzviy bog‘langai. Bu qonuniyat bozor sari borayotgan Osiyo mamlakatlari uchun ham, Yevropa mamlakatlari uchun ham taalluqli. Barcha mintaqalarda iqtisodiy o‘sishning sabablari ko‘p jihatdan yangi kompaniyalarning ochilishiga cheklashlarning bekor qilinganligi, ilgari qoloq hisoblangan - xizmat ko‘rsatish, eksport ishlab chiqarishi sohalarining (Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jalik sohasining ham) gurillab rivojlanganligi bilan ham izohlanadi. Narx-navoning erkin belgilanishi va erkin savdo, yordam puli (subsidiya) va imtiyozli kreditlarning qisqartirilishi yetakchi tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishning tiklanishiga yordam berishi mumkin, chunki bu hol korxonalarni raqobat va budjetning qatyiy cheklanganligi sharoitiga solib, ularni o‘z ish uslublarini o‘zgartirishga majburlaydi. O‘tish davri iqtisodini boshidan kechirayotgan turli mamlakatlardagi bozor o‘zgarishlari, sur’atlari, ko‘lamlari bir-biridan keskin farq qilib, har qaysi mamlakatdagi dastlabki shart- sharoitlar, siyosiy vaziyatlar iqtisodiy siyosat uslubi, islohotlar strategiyasini belgilab beradi. Polshada erkinlashtirish "rezolyutsion" yo‘l bilan amalga oshirildi: 1990 yilning yanvar oyida narxlarning 90%i erkinlashtirildi, tashqi savdodagi cheklashlarning ko‘p qismi olib tashlandi, savdoda davlat monopoliyasi bekor qilindi, joriy operatsiyalar uchun valutaning erkin ayirboshlanishi ta’minlandi. 1992 yilning yanvar oyida Rossiyada narxlar va import operatsiyalar sohasida kuchli (chuqur) erkinlashtirish amalga oshirildi. Polsha va ma’lum darajada Rossiya tajribasi shuni ko‘rsatdiki, falaj qilib davolash strategiyasida asosiy urg‘u bozorda muvozanatga erishish vositasi sifatida moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish, davlat budjetini balanslashtirishga qaratildi. Barqarorlashtirish tadbirlari aholi va korxonalarning ortiqcha pul mikdorlari (mavjud tovar massasiga nisbatan) ko‘rinishidagi inflatsiya bo‘lishini bartaraf qilishga qaratiladi. Shuning uchun narxlar ustidan davlat nazoratining bekor qilinishi, shu tufayli narxlar bilan ish haqining o‘sish sur’atlari o‘rtasida keskin tafovut paydo bo‘lishi (ish haqining amalda deyarli o‘zgarmay qolishi oqibatida) tez orada narxlarni yanada oshirish imkonini yo‘qqa chiqarishi lozim, chunki aholining to‘lov imkoniyatlari pasayib ketadi. Davlat budjeti taqchilligini yo‘qotish yoki hech bo‘lmaganda keskin kamaytirish, ssuda foizini inflatsiya darajasidan oshirish (bu hol joriy talabni qo‘shimcha ravishda qisqartirishga olib keladi) tadbirlari ham inflatsiyaning pasayishiga, bozorning barqarorlashishiga yordam beradi. Ko‘rilgan barcha tadbirlar haqiqiy talabni aks etgiradigan ayrim tovarlar bo‘yicha ratsionalroq narxlar nisbatini ta’minlashga imkon beradi. Falaj qilib davolash davrida iqtisodiy tizimda yuz bergan muhim institutsional o‘zgarishlar: - Narxlarni erkinlashtirish (Polshada 1990 yil yanvaridan 90% tovarlar uchun narxlar bozor asosida belgilandi, 5% tovarlar uchun narxlar davlat tomonidan ma’muriy tarzda tartibga solindi, qolgan 5% tovarlar uchun narxlarni o‘zgartirishga davlat organlarining ruxsati talab qilindi). - monopoliyaga qarshi qonunlarning qabul qilinishi va bir kdtor tarmoqlarda davlat korxonalarining mavdalashtirilishi; - davlat korxonalarining to‘liq tijorat hisobiga o‘tkazilishi, korxonalar va davlat moliya mablag‘larining ajratilishi; - an’anaviy markazlashgan rejalashtirishning bekor qilinishi; - kichik xususiylashtirishni (ayniqsa, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida) keng yoyish; - katta xususiylashtirishni o‘tkazish uchun huquqiy va tashkiliy negizlarni ishlab chiqish (sanoatda, qurilishda, transportda, yirik xo‘jalik birliklari ko‘p bo‘lgan tarmoqlarda); - xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xususiy sektorning dinamik rivojlanishini ta’minlash; - milliy valutaning erkin ayirboshlanadigan valutaga yagona barqaror kurs bo‘yicha (ichki) ayirboshlanishiga erishish; - ijtimoiy himoya tazimi asoslarini yaratish, ishga joylash xizmatini yo‘lga qo‘yish, ishsizlik bo‘yicha nafaqalarni joriy qilish. Bu o‘zgarishlarning eng asosiy alomati iqtisodning mustaqil boshqarilishiga yo‘l ochib berish maqsadida davlatning iqtisodga aralashuvini minimallashtirish hisoblanadi. Davlat moddiy va moliyaviy resurslarni taqsimlash uchun mas’uliyatni o‘zidan soqit qiladi. Davlatning asosiy vazifasi bozorning ahvolini nazorat qilib turish, soliq, kredit va boshqa iqtisodiy vositalar yordamida unga ta’sir ko‘rsatishdan iborat bo‘lib qoladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, birinchi bosqichning natijasi iste’mol bozorida tovar taqchilligini bartaraf qilish va muvozanatga erishish bo‘lmog‘i lozim, ana shunda istalgan tovarni bemalol sotib olish mumkin bo‘ladi. Biroq yuqorida qayd etilgan o‘zgarishlar quyidagi oqibatlarga olib keladi: - aholining kam ta’minlangan va notijorat sohalarida band bo‘lgan aholi qatlamining hayot darajasi keskin pasayadi; - investitsiyaga talab, ishlab chiqarishga kapital qo‘yish kamayadi; - aholining to‘lov qobiliyati umuman pasayishi oqibatida iste’mol mollari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmi pasayadi; - ishsizlik ko‘payadi va (asosan nazariy jihatdan) bankrotlar soni ortadi. Vengriya va Polsha kabi mamlakatlar islohotlarni boshqa-boshqa yo‘llar bilan amalga oshirishdi, lekin 1997 yilga kelib iqtisodni umumiy erkinlashtirishda taxminan bir xil muvaffaqiyatlarga erishishdi. Iqtisodning juda tez sur’atlar bilan rivojlanishi evolyutsion yo‘lni tanlagan Xitoyda islohotlar 1978 yildan beri o‘tkaziladi. Vyetnamda ham anchagina jo‘shqin rivojlanish yuz berib, 1986 yidda markazlashtirilgan rejalashtirish tizimidan voz kechilgan edi. Bu hol 1989 yildan keyin yaqqol namoyon bo‘ldi. O‘shanda islohotlar sur’ati keskin tezlashgan edi. Bozor iqtisodiga jadallik bilan kirishgan Markaziy - Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan farqli o‘laroq, Xitoy rejalashtirishni bozor munosabatlari bilan uyg‘unlashtirgan bir necha bosqichdan o‘tib, 1992 yilda yangi maqsadini e’lon qildi: "Sotsialistik bozor iqtisodini barpo etish". Xitoyda 1978 yilda boshlangan narxlar islohoti ikki yo‘nalishda amalga oshirildi: davlat xaridlari ulushi izchil qisqartirib borildi, bozor narx belgilagan tovarlar miqdori oshib bordi. Islohotlar qishloq xo‘jaligida boshlandi va asta-sekin iste’mol tovarlariga tarqaldi. Hukumat narxlarning uch darajali tizimini yaratish yo‘lini tanladi. Bu tizimga ko‘ra, qat’iy davlat narxlari bilan birga erkin ("suzuvchi") narxlar (bular uchun yuqori va past chegaralar belgilangan) va bozor narxlari mavjud. Islohot strategiyasining mohiyati bozor narxlarining amal qilish sohalarini asta-sekin kengaytirib, qat’iy davlat narxlari ulushi qisqartirib borishidadir. Birinchi bosqichda (1979-87) chakana narxlar 50%, ikkinchi bosqichda (1987-92) yana 30% erkinlashtirildi. 1993 yilda don uchun chakana narxlar erkinlashtirildi va ayni paytda oziq-ovqat mahsulotlari uchun kartochkalar bekor qilindi. Davlatning narxlarga ta’sir qilish iqtisodiy vositalari takomillashtirildi (masalan, barqarorlashtiruvchi ehtiyot jamg‘armalari tashkil qilinishi). Xitoydagi islohotlarning asosiy ziddiyatlari - biri ikkinchisini inkor qiladigan ikki iqtisodiy mexanizm: tugab borayotgan rejali tizim va paydo bo‘layotgan bozor tizimining mavjudligidir. 1979 yilda o‘tkazilgan iqtisodiy islohot natijasida Xitoyda iqtisodning ikki sektorli modeli paydo bo‘ldi. Bozor mexanizmlari iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘ldi va u investitsiya talab qiluvchi ishlab chiqarish sohasini ham ancha keng qamrab oldi. Iqtisodning ikkala sektorida ham tartibga solishning bozor va ma’muriy metodlari qo‘shilib ketganligi Xitoy uchun xos alomat hisoblanadi. Xitoyda bozor asoslariga o‘tish asta-sekin, ravon yuz berayotganligiga sabab shuki, u yerda faqat nomenklatura moslasha oladigan islohotlargina o‘tkazilmoqda. Shuning uchun ko‘pincha islohotlarni tezlashtirish va samaradorligini oshirish ijtimoiy barqarorlik yo‘lida qurbon qilinadi, ma’lum darajada bozor munosabatlariga aralashib qolgan nomenklatura qatlamlari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish ham ko‘zda tutiladi. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy yuksalishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ilgari zaif bo‘lgan eksport va xizmat ko‘rsatish sohalari hisoblanadi. Vyetnamda savdo-sotiq siyosati anchagina keng, lekin qisman erkinlashtirishni ko‘zda tutadi, Xitoyda esa asosiy kuchlar eksportga faol ko‘maklashishga qaratilgan edi. Hozir ikkala mamlakatda ham davlat eksporti ba’zi muhim tovarlarnigina o‘z ichiga oladi. undan tashqari davlat eksportining ulushi borgan sari qisqarib bormoqda. Ko‘pgina tovarlar eksporti butunlay davlat nazoratidan chiqarilgan, mavjud cheklashlar esa majburiy hisoblanmaydi, biroq importni davlat tomonidan tartibga solib turish Xitoyda xali ham saqlanmoqda. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling