Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
- 3-BOB MULKCHILIK: XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONI VA USULLARI
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI
1. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlarda erkinlashtirishning roli, ahamiyati va vazifalari. 2. Markaziy, Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlarida iqgisodiyoti erkinlashtirishning xususiyatlari. 3. Erkinlashtirish va iqtisodiy o‘sishning o‘zaro bog‘liqligi. 4. Barqarorlashtirish o‘tish davrining zaruriy tarkibiy qismidir. 5. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlashtirish. ADABIYOTLAR 1. Karimov I.A. Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo‘lidan izchil borish - asosiy vazifamiz. «Xalq so‘zi», 10 fevral 2004 yil. 2. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-t. T., «O‘zbekiston», 1996. 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T., «O‘zbekiston», 1996. 4. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida, T., «O‘zbekiston», 1995. 5. От плана к рынку. Отчет о мировом развитии. 1996, МБРР, Вашинггон, 1996. 6. Раджабова З.К. Мировая экономика М., ИНФРА-М, 2004. 7. Экономическая теория (под редакцией Камаева), М., 1998, глава 23. 8. Экономическая теория (под редакцией Базилева, Гурко), Минск, 1998, глава 7. 3-BOB MULKCHILIK: XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONI VA USULLARI Bozor iqtisodiga o‘tayotgan yangi davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqobatni kuchaytirish, korxonalarning samaradorligini oshirishning yo‘llaridan biri mulkchilik huquqlarini asta-sekin nomarkazlashtirishdir. Xususiy sektor yetakchi o‘rinni egallaydigan iqtisodni yaratishning ikki yo‘li mavjud, davlat mulkini xususiylashtirish va yangi xususiy korxonalar tashkil qilish. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar davlat korxonalarini boshqarish bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi. Ba’zi mamlakatlar mulkchilik shakllarini ommaviy tarzda o‘zgartirmay turib ham bozor o‘zgarishlarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirmoqda. Lekin bunday islohotlarning natijalarini uzoq muddat birday ushlab turish qiyin. Boshqa bir davlatlar uchun yagona strategiya zudlik bilan ommaviy tarzda xususiylashtirish hisoblanadi. Lekin yetti o‘lchamay qilingan xususiylashtirish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bugungi kunda o‘tish davri mamlakatlari iqtisodini rivojlantaruvchi omillar tizimining negizini tashkil qiluvchi mulkchilik huquqini shakllantirish dolzarb masalalardan biri xisoblanadi. Mulkchilik huquqi nima? Mulkchilik huquqi mulkdan foydalanish huquqini, mulkdan boshqalarning foydalanishiga yo‘l qo‘yish yoki ta’qiqlash huquqini, mulkdan daromad qilish huquqini va mulkni sotish yoki uni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish huquqini o‘z ichiga oladi. Rivojlangan bozor iqtisodiga o‘tgan mamlakatlarning davlat korxonalari bilan xususiy korxonalarini bir-biriga taqqoslab ko‘rish borasida olib borilgan amaliy tadqiqotlar (1980- yillarda o‘tkazilgan) natijasida shunday xulosaga kelindiki, xususiy kompaniyalarda ish unumdorligi, mexnat faoliyati ko‘rsatkichlari davlat korxonalaridagidan yuqori bo‘lar ekan. Sanoati rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiylashtirishga qadar, xususiylashtirishdan keyin korxonalarning ishini tahlil qilish borasida keyingi vaqtlarda olib borilgan tadqiqotlar natijasi - xususiy mulkchilik shakllarining afzalliklari kattligini ko‘rsatadi. Masalan, Jahon banki tomonidan 18 ta mamlakat (6 ta rivojlanayotgan, 12 ta rivojlangan mamlakatlar) dagi 61 ta xususiylashtirnlgan kompaniyaning ishini taxlil qilish shuni ko‘rsatdiki, kamida 60% holatda rentabellik, savdo hajmi, ish samaradorligi, mablag‘lar qo‘yish hajmi o‘sganligi aniqlangan, bunda ish bilan bandlik darajasi pasaymagan. Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda, daromad darajasi o‘rtacha yoki yuqori bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda korxonalarning iqtisodiy samaradorligini belgilashda xususiy mulkchilik shakli asosiy omil bo‘lganligi amalda hech qanday shubha tug‘dirmaydi. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan boshqa mamlakatlarga nisbatan Polshada xususiylashtirish sekinroq kechdi. Xulosa: 1994 yildan mamlakatda kuzatilgan yalpi milliy mahsulotning 6%li yillik o‘sishi xususiylashtirish shart emasligidan dalolat beradi. Iqtisodning yuksalishiga sabab, davlat korxonalarining samaradorlik darajasi emas, balki yangi korxonalar tashkil etish hisobiga xususiy sektorning kengayganligidir. Bu mamlakatlar uchun Yangi Zelandiya tajribasi ibratlidir. Unga ko‘ra, qat’iy budjet cheklashlari, raqobat yordamida ba’zi davlat korxonalarining ishini yaxshilash mumkin, bunda mulkchilik shaklini o‘zgartirish shart emas. Ommaviy xususiylashtirish yaqin kelajakda ideal mulk egalarini paydo qilmasligi ham mumkin, lekin u kapital bozorlarining rivojlanishini, iqtisodning umuman faoliyat ko‘rsatishini nazorat qilib turadigan institutlarning takomillashishini ta’minlasa, oqibat natijada yana mukammalroq korporativ boshqaruvga olib kelishi mumkin. Xo‘sh, korporativ boshqaruv degani nima? Kichik korxonalarda korporativ boshqarish bevosita amalga oshiriladi: odatda, korxona egasi korxona faoliyatini boshqaradi. Biroq, yirik korxonalarda egalik qilish va boshqarish vazifalari bir-biridan ajratilgan. Shuning uchun korxona egasi ma’muriyatning faoliyatini nazorat qilib turishi lozim. Bunday nazorat usullaridan biri - aksiyadorlar tomonidan amalga oshiriladigan bevosita nazoratdir. Ikkinchi usul - korxonaning ish ko‘rsatkichlari yomonlashgan hollarda aksiyalarni sotishni ko‘zda tutadi: aksiyalar kursining pasayishi menedjerlarni intizomga chaqirishi, ya’ni ularni hushyor torttirishi lozim. Korxonalarii xususiylashtirish usullari Jahon amaliyotida hozircha xususiylashtirishning quyidagi uch usuli qo‘llangan: 1.Korxonalarni tashqi mulkdorlarga sotish. Bu usul bozor iqtisodi shakllanib bo‘lgan mamlakatlar (Buyuk Britaniya), daromad darajasi o‘rtacha bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar (Chili)da muvaffaqiyat bilan qo‘llangan. Biroq, korxonalarni bunday usulda sotish qimmat turadigan, sekin amalga oshadigan, kutilganidan murakkabroq bo‘lgan jarayon va asosiysi, bunday usulda ayrim korxonalargina sotilgan. Buning sabablaridan biri - mahalliy kapitalning kamligi, sotib olishga qurbi yetmasligi, xususiylashtarilgan korxona chet el kapitaliga bog‘liq bo‘lib qalgani tufayli siyosiy keskinlikning vujudga kelishidir. Korxonalarni chet elliklarga sotish usuli jamiyatda adolatsizlik bilan qilingan jarayon deb idrok qilinadi. Oddiy fuqarolar bu jarayonda ishtirok eta olmaydi va xususiylashtirishning bu usuli oshkoralikdan holi u o‘zboshimchalik va korrupsiyaga yo‘l ochib beradi, deb hisoblaydilar. 2. Davlat korxonalariiing ma’muriyat va xodimlar tomonidan sotib olinishi. Korxonani uning ma’muriyati, xodimlari tomonidan sotib olinishi xususiylashtirishga muqobil usul, bu usul Polsha, Ruminiya, Sloveniya va Xorvatiyada keng tarqaldi. Aytish joizki, bu usul ba’zi kamchiliklardan xoli emas. Kamchiliklardan biri - boyliklarning notekis taqsimlanishi: yaxshi ishlab turgan serdaromad korxona xodimlari qimmatli aktivlarni olishadi, ayni paytda ziyon ko‘rib ishlayotgan korxona xodimlari qo‘liga past qiymatli aktivlar tegadi yoki uzoq vaqt hech qanday daromad ololmasliklari mumkin. Uning yana bir kamchiligi - korporativ boshqaruvga putur yetkazishidir. 3. Aholi o‘rtasida xususiylashtirish cheklari (vaucherlar) tarqatish va vaucher egalari o‘rtasida mulkni nisbatan teng taqsimlash. Xususiylashtirishning bu shakli birinchi marta Litva, Mongoliya, sobiq Chexoslovakiyada qo‘llangan. Keyin Albaniya, Armaniston, Qozog‘iston, Moldova, Polsha, Ruminiyada takrorlangan. Vaucherdan Rossiya va Gruziyada foydalanilganda bu yerlarda korxonalarning ma’muriyati va xodimlariga ustunlik berishdi. Natijada ziyon ko‘rib ishlayotgan korxonalarda uning samarasi juda past bo‘ldi va vaucherlar begonalar qo‘liga o‘tib ketdi. Vengriya, sobiq Yugoslaviya, Makedoniya Respublikasi va O‘zbekiston vaucherlardan umuman yuz kechgan bir necha mamlakat jumlasiga kiradi. Bu mamlakatlar o‘z qarorlarining sababini shu bilan izoxlashdiki, aksiyalarning tarqatilishi ularni qabul qilib oluvchilar nazarida aksiyalarning qiymatani yo‘qotadi, vaucher dasturlari esa "haqiqiy" mulk egalari paydo bo‘lishini kechiktirib yuboradi. Kichik korxonalarni xususiylashtirish Yirik korxonalarni xususiylashtirishga nisbatan kichik korxonalarni xususiylashtirish oson. Ularning ko‘pchiligi savdo-sotiq va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Bu faoliyat turlari oddiy texnologiyalardan foydalanishni, bozorga erkin kirib borishni ko‘zda tutadi. Kichik korxonalarni xususiylashtirishda katta kapitalning mavjudligi, qayta tuzish zarurati, tartibga solish, boshqarishdagi kamchiliklar kabi jiddiy muammolar paydo bo‘lmaydi. Kichik korxonalarni xususiylashtirish vazifasini mahalliy hokimiyat o‘z zimmasiga olishi mumkin. Yirik korxonalarni baholashga nisbatan kichik korxonalarni baholash ancha oson bo‘lganligi uchun ularni sotishdagi ochiq savdoda zarur bo‘ladigan ma’lumotlarga istagan odam ega bo‘lishi mumkin. Davlat korxonalarini xususiylashtirish o‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarning uzoq muddatli rivojlanishidagi muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, yangi firmalarni ochishga ko‘maklashish ham muhimdir. Yirik korxonalarning mulkini taqsimlash uzoq davom etadigan jarayon bo‘lganligi uchun aynan shu yangi xususiy korxonalar tezroq foyda ko‘rilishini "ta’minlaydi. Masalan, Polshada juda sekinlik bilan amalga oshirilgan rasmiy xususiylashtirish dasturlari emas, balki juda ko‘p yangi korxonalarning tashkil qilinishi mamlakatda iqtisodiy rivojlanishga sabab bo‘ldi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligining oshishi aynan yangi tashkil qilingan kompaniyalarda yuz berdi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling