Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси
JAHON QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI ETISHTIRISHDA ETAKCHI DAVLATLAR ULUSHI
Download 1.28 Mb.
|
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi
JAHON QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI ETISHTIRISHDA ETAKCHI DAVLATLAR ULUSHI.
Mavzu: Jahonda donli ekinlar. Ziroatchilik,ya’ni dehqonchilik quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: dalachilik,bog’dorchilik,uzumchilik. Yetishtiriladigan ekin tariga qarab dalachilik: don xo’jaligi,texnika ekinlari, yem-hashak ekinlari,sabzavot va poliz ekinlari,kartoshka yetishtiruvchi xo’jaliklarga bo’linadi. Don yetishtirish-jahon qishloq xo’jaligining asosidir.Jahondagi ekin ekiladigan jami yerlarning yarmiga don ekiladi.Don ekiladigan yerlar aholi joylariga to’g’ri keladi.Jahonda yiliga 1,9 mlrd.t. don yetishtiriladi. Jahon don xo’jaligida asosan bug’doy,sholi,makkajo’xori yetishtirishdan iborat bo’lib,ular g’alla yalpi hosilining 80%ini beradi. Bug’doy iliq iqlim (mo’’tadil) va yaxshi tuproqni talab qiladi.Shu sababli u qora va kashtan tuproqli joylarda etishtiriladi.Bug’doy ekilish davriga qarab kuzgi va bahorgi bo’ladi.Kuzgi bug’doy mo’’tadil mintaqaning janubida,bahorgi bug’doy esa shimolida ekiladi. Masalan: Qozog’istonning shimoliy rayonlarida bahorgi bug’doy, markaziy va janubiy rayonlarida kuzgi bug’doy ekiladi.Kuzgi bug’doy tez etiladi va hosildorligi yuqori bo’ladi. Bug’doy jahonning 70 mamlakatida yetishtiriladi,lekin yalpi hosilning asosiy qismi: 1.Xitoy (95 mln.t. y.ga) 6.Kanada 2.AQSH 7.Ukraina 3.Hindiston 8.Pokiston 4.Rossiya 9.Qozog’iston 5.Fransiya 10.Avstraliya hissasiga to’g’ri keladi. Bug’doyning vatani Old Osiyo va O’rta dengiz bo’ylari. Jahonda yiliga 600 mln tonnaga yaqin (2006 yil 585 mln tonna) bug’doy etishtiriladi. Sholi vatani Hindiston botqoqliklari.Dunyodagi yalpi sholi hosilining 90%i Osiyoning “sholikor” mamlakatlarida yetishtiriladi.Dunyodagi barcha obikor yerlarning 2/3 qismiga sholi ekiladi. Osiyoning janubidagi davlatlarda sholini yiliga 2,hatto 3 marta hosili yig’ib olinadi. Jahonda yiliga 600 mln tonnadan ortiq sholi etishtiriladi. (2006 yil) Asosiy sholikor mamlakatlar: Xitoy (yiliga 180 mln.t.), Hindiston, Indoneziya,Tailand,Bangladesh,Vetnam. Asosiy iste’molchilari: Horijiy Yevropa. Jahonda yiliga 600 mln.t. dan ortiq makkajo’xori etishtiriladi. Jahonda yiliga 600 mln.t. dan ortiq sholi, 585 mln.t. dan ortiq bug’doy, 320 mln.t.dan ortiq kartoshka, 240 mln.t. dan ortiq qand lavlagi, 165 mln.t. dan ortiq soya, 135 mln.t. dan ortiq arpa yetishtiriladi (2006 y). Makkajo’xorining vatani Markaziy Amerika.Yangi dunyo kashf qilingandan so’ng boshqa qit’alarga tarqalgan.Makkajo’xori oziq-ovqat va yem-hashak ahamiyatiga ega.Makkajo’xorining o’sishi uchun havo temperaturasi +100dan kam bo’lmasligi kerak.Sernam joylarda va tog’ oldi rayonlarda yuqori hosil beradi.Asosan bug’doy ekiladigan joylarda yetishtiriladi. Makkajo’xori yetishtirishda: 1.AQSH (220 mln.t.) 5.Rossiya 2.Xitoy 6.Meksika 3.Braziliya 7.Argentina 4.Ruminiya 8.JAR. Jahonda yiliga 600mln tonnadan ortiq makkajo’xori etishtiriladi. (2006 y) Dunyodagi makkajo’xori etishtiriladigan asosiy rayon-AQSHning makkajo’xori mintaqasi Buyuk ko’llarning janubida bo’lib, Ayova shtati dunyoga mashxur. Dunyoda yetishtiriladigan g’allaning 10-15%i jahon bozoriga chiqariladi.G’alla eksport qiladigan asosiy mamlakatlar: AQSH,Kanada,Avstraliya,Fransiya,Argentina.Kanada bilan Avstraliya yillik bug’doy hosilining,Argentina esa makkajo’xori hosilining 80%ini chetga chiqaradi. Oziq-ovqatga ishlatiladigan donni asosan rivojlanayotgan mamlakat, yem-hashak uchun ishlatiladigan donni asosan G’arbiy Yevropa va Yaponiya sotib oladi.Keyingi vaqtlarda MDH ham asosiy importchiga aylanib bormoqda.Ular yiliga 30-40 mln.t. g’alla import qilmoqda. Jahonda bug’doy, sholi va makkajo’xoridan tashqari quyidagi donli ekinlar ham etishtiriladi (2006 y): Arpa-(yachmen)-143 mln.t. Sorgo-54 mln.t. Prosa(yorma)-26 mln.t. Oves(javdar)-29 mln.t. Roj(suli) -23 mln.t. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling