Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси
Download 1.28 Mb.
|
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi
Mavzu: Suv transporti.
Quruqlik transportidan farq qilib, jihozlanishi uchun ko’p harajat talab qilmaydi, tabiiy suv yo’llaridan foydalanadi.U yoqilg’ini ko’p ishlatmaydi. Yuk tashish tannarxi temir va avto transportga nisbatan ancha arzon, lekin harakat tezligi past, yuk tashish mavsumiy, suv yo’lining yo’nalishi hamma vaqt ham zaruriy yo’nalishlarga to’g’ri kelavermaydi. FTI sababli suv transportining bu salbiy tomonlari kamayib bormoqda.Masalan: Zamonaviy kemalarning tezligi ortib bormoqda.Masalan: “Yunayted Steyts” (AQSH) layneri so’nggi marta Atlantika okeanini 3 sutka 10 soat 40 minutda kesib o’tgan.Masalan: X.Kolumb 3 oy suzgan. -Muzyorar flot tufayli shimoliy kengliklarda novigasiya davri uzaytirilmoqda.(Makarov loyihasi 1899 yil muzyorar “Ermak”). Masalan: Murmansk-Uzoq Sharq. -Suv yo’llarining o’zi esa kerakli yo’nalishdagi kanallar orqali birlashtirilmoqda.Masalan: Panama, Suvaysh, Kill kanali, Belomor-Baltika, Volga-Don va h.k. Suv transporti dengiz va daryo transportiga bo’linadi. Dengiz transporti jahon transport sistemasining juda muhim tarkibiy qismi bo’lib, shu transportning rivojlanishi tufayli Dunyo okeani qit’alarini bir-biridan ajratib turuvchi emas, balki bog’lab turuvchi vositaga aylandi.Jahonda xalqaro tashiladigan butun yuklarning 62%i, yo’lovchining 0,5%i dengiz transportida tashiladi. Dengizda yuk tashish 2 xil bo’ladi: 1.Chet mamlakatlarga yuk tashish. 2.Kabotaj (o’z mamlakati portlari orasida). Kabotaj 2xil bo’ladi: Katta kabotaj-turli dengizlar orqali yuk tashish. Kichik kabotaj-bir dengizda yoki yonma-yon dengizda yuk tashish. Suv transportida tashiladigan yuk evaziga olinadigan kira haqi fraxt deyiladi.Kemalar har xil yuklarni tashiyveradigan universal kemalardan va maxsus kemalardan (yog’och-taxta tashuvchi, konteyner tashuvchi, refrijerator (xolodilnik qurilmalari o’rnatilgan kemalar), neft va suyultirilgan gaz tashuvchi (tanker), ko’mir va ruda tashuvchi) iborat. Dengizda yuk tashishga dengiz savdo floti (DSF) xizmat qiladi, uning umumiy tonnaji 400mln.t.dan ortiq.1970 yillar dengiz kemalarining asosiy qismini tankerlar tashkil etar edi, endilikda tankerlar salmog’i sezilarli kamaygan.Jahon DSFda 160ga yaqin davlat kemalari mavjud bo’lsa-da, lekin flotning yuk ko’tarish qobiliyati (tonnaji) jihatidan: 1.Panama (58mln.t.) 6.Yaponiya 2.Liberiya (54) 7.Buyuk Britaniya 3.Gresiya (30) 8.Xitoy 4.Kipr 9.Rossiya 5.Norvegiya 10.AQSH. DSFda Liberiya va Panama flotining mavjudligiga va etakchi ekanligiga sabab shuki, aslida iqtisodiy rivojlangan davlatlarning kemalari shu davlatlar bayrog’i ostida suzadi.Bunga sabab: kema egalarining soliqni kamroq to’lash va dengizchilarga kamroq maosh berish hisobiga mablag’ni iqtisod qilishi. Dengizda yuk tashishning ko’payishi faqat flot tonnajining oshishiga bog’liq bo’lmay (Yaponiyada 1mln.t.), balki portlarning yuk o’tkazish qobiliyatiga ham bog’liq.Jahondagi hamma dengiz portlarining umumiy soni 2700 dan ortadi.Lekin jahon portlari deb ataladigan (yiliga 50mln.t. dan ortiq yuk o’tkazadigan) portlar soni 20 ta. Bularning 11 tasi yiliga 100mln.t.dan ortiq yuk o’tkazadi. Rivojlangan mamlakatlar uchun universal portlar, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun maxsus portlar, ya’ni tor ixtisosli portlar (neft, ruda, g’alla) xosdir. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab jahonda kema qatnovida Atlantika okeani 1-o’rinda turadi.Okean sohillarida 1,5mlrd aholisi bo’lgan 70 mamlakat joylashgan.Dengizda tashiladigan yukning teng yarmi shu okeandan o’tadi va barcha dengiz portlarining 2/3qismi shu okean bo’yida joylashgan. Dengizda yuk tashishda 2-o’rinda Tinch, 3-o’rinda Hind okeani turadi.MDHda yuk oboroti bo’yicha 1-o’rinda Qora va Azov dengizlari turadi. Jahonda eng yirik dengiz portlari: Rotterdam (bir yo’la 310ta yirik kemani qabul qiladi, yiliga yuk oboroti 225 mln.t.), Nyu-York, Kobe (Yaponiya), Tiba (Yaponiya), Iokogama (Yaponiya), Nagoya (Yaponiya), Singapur. Xalqaro dengiz kanallari-jahon dengiz yo’llarining eng muhim chorrahalari hisoblanadi.Masalan: Suvaysh kanali (1869 yil ochilgan).Uzunligi 161 km, eni 120-150 m, chuqurligi 16m,shlyuzsiz, 150ming t.gacha kemalarni o’tkazadi, sutkasiga 60ta,yiliga 20ming kema o’tadi, yo’l vaqti 15 soat.Yuk aylanmsi 340mln.t. Evropa bilan Osiyo portlari orasidagi masofani 9ming km ga,2,5-3 marta qisqartiradi. Suvaysh kanali qazilishi 10 yil davom etgan.Faqat qo’l kuchi bilan va kanal qazilishida 120000 odam o’lgan.Shuning uchun kanal qazuvchilar xotirasiga monument qo’yilgan. Panama kanali 1914 yil 15 avgustda ochilgan.Kengligi 91,5-150m, chuqurligi 12,5, uzunligi 81,6km.Yiliga 12-15ming kema o’tadi.Yuk oboroti 100mln.t. 1903 yil Panama Gatun bo’yini AQSHga beradi. 1977 yil AQSH-Panama shartnomasiga muvofiq kanal Panamaga 31.X11.1999yil qaytarilishi kerak edi.Lekin... Kill kanali 1887 yil Germaniyada strategik maqsadda qazilgan.Shimoliy va Boltiq orasidagi masofani 430 km ga qisqartiradi.Uzunligi 95 km,kengligi 102m, chuqurligi 11m, yillik yuk oboroti 50mln.t. Jahon dengiz bo’g’ozlari: Bobilmandab, Katta Belt, Bosfor, Gibraltar (sutkasiga 200ta kema o’tadi), Dardanel, Zond, Kara Darvozasi, Kattegat, Koreya, La-Mansh (sutkasiga 500 kema o’tadi), Laperuza, Magellan, Malakka, Pa-De-Kale, Skagerrak, Tayvan, Tatar, Torres, Sugaru, Florida, Eresun.Faqat mazkur bo’g’ozlar yirik dengiz kemalari uchun “torlik” va “sayozlik” qilib kelmoqda.Masalan: La-Mansh bo’g’ozining kafolatli chuqurligi 30-35m, Bosforniki 27m, Malakkaniki 25m. Eng yirik paromlar: Boku-Krasnovodsk (300km), Pusan-Simonoseki (222km), Fransiya-Buyuk Britaniya va h.k. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling