Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси
Download 1.28 Mb.
|
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi
Havo transporti
Aviasiya-transportning eng yosh, eng tez, eng qimmat va joy relefiga bog’liq bo’lmagan turidir.Dastlabki “samolyotni” 1885 yil rus dengiz ofiseri A.F.Mojayskiy ixtiro qildi.U bug’ dvigatelli 1-samolyot bo’lib, podsho tomonidan qo’llab-quvvatlanmadi.2-samolyotni 1903 yil 17.X11. amerikalik aka-uka Raytlar yaratdi (kerosin bilan ishlaydigan).mazkur samolyot 32m ga uchdi.”Avis” so’zi lotincha “qush” demakdir. Mashxur aviakonstruktorlar: E.N.Jukovskiy, A.N.Tupalyov (AN, TU marka), S.V.Ilyushin (Il), A.I.Mikoyan (Mich), A.S.Yakovlev (Yak).(TU). Il-76-40t.yukm bilan 850km tezlikda ucha oladi.MIG-qiruvchi samolyoti 2400km.soat tezlikda ucha oladi. Havo transportining ahamiyati yil sayin ortib bormoqda.Masalan: 1948 yil havo transportida 20mln yo’lovchi tashilgan bo’lsa, 1990 yil 1,2mlrd yo’lovchi tashildi. Dastlabki samolyot bug’ dvigatelli bo’lsa, hozirda turbovintli va reaktiv samolyotlar qatnamoqda. Havo yo’llarining umumiy uzunligi 8mln km ga cho’zilgan bo’lib, ularni 25000 tayyoragoh tutashtiradi.Havo transportini qays regionlarda va qay darajada rivojlanganligi jahondagi eng yirik 19 ta aeroportni joylashgan hududiga qarab ham bilsa bo’ladi. Jahondagi eng yirik mazkur 19 aeroportni 8 tasi AQSHda, 5 tasi Xorijiy Yevropada, 1 tasi Rossiyada, 1 tasi Kanadada, 1 tasi Kubada, 1 tasi Singapurda, 1 tasi YAponiyada, 1 tasi Avstraliyada joylashgan.Dunyodagi eng katta tayyoragoh Londondagi Xitrou tayyoragohi bo’lib, 1sutkada 100000 yo’lovchi va 700 samolyotni qabul qiladi va uchirib yuboradi. AQSHdagi eng yirik xalqaro aeroport CHikago shahridagi O1 Xayr aeroportidir. MDHda esa 1-o’rinda Domodedovo (Moskva) 2-Toshkent aeroporti turadi.Toshkent MDHning janub va Sharq darvozasi bo’lib, 30dan ortiq Osiyo mamlakatlariga samolyot orqali bog’langan. Qit’alararo yo’lovchi tashishda havo yo’llari dengiz transportini siqib chiqardi va 1-o’rinni egalladi. Aviasiya-qishloq xo’jaligida, dengizda baliq ovlashda, o’rmon yong’inlarini o’chirishda, meterologiyada va tez yordamda katta o’rin tutadi. Havo transporti eng rivojlangan mamlakatlar: AQSH, MDH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Germaniya. Zamonaviy trubovintli samolyotlar: “Boing 747” (AQSH 500 yo’lovchi), Il-86, A-310 (GFR,-Fransiya,-Buyuk Britaniya) tovushdan tez uchadigan “Konkard” ( Fransiya,-Buyuk Britaniya), Embraer.O’zbekistonda Il-114. Jahon havo transportining 50%i AQSH ga (Boing) to’g’ri keladi.Jami tashiladigan yukning AQSHda 0,3%i,Fransiyada 0,8%i,Yaponiyada 0,7%i, jami yo’lovchining Rossiyada 18,6%i,AQSHda 11,3%i, Fransiyada 6,8%i,Yaponiyada 8,7%i havo transportiga to’g’ri keladi (2006 y). Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling