Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси


Download 1.28 Mb.
bet33/64
Sana24.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1050758
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64
Bog'liq
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Daryo transporti.

Ichki suv transporti-transportning eng qadimgi turidir.Mazkur transport yuk va yo’lovchi tashishda, yo’llarning umumiy uzunligi (550000 km 2006 y) bo’yicha jahon transport sistemasida oxirgi o’rinlarda turadi.Yukning 2%i, yo’lovchining 0,5%i shu transportda tashiladi.Ichki suv transportining rivojlanishi va joylashishi birinchi navbatda kemalar suza oladigan daryo hamda ko’llarning bor-yo’qligiga bog’liq.


Quruqlik transportiga qaraganda daryo transportining kamchiliklari bo’lishiga qaramay,ba’zi hududlarda daryo transporti xal qiluvchi rolь o’ynaydi.Masalan: Sibirda, Amazoniyada.
Daryo kemalari ko’p yuk ko’taradi va tashiladigan yuk birligiga energiyani temir yo’lga nisbatan deyarli 6 marta kam sarflaydi.Shu sababli daryolarda hajmi katta, miqdori ko’p va tez olib borishi talab etilmaydigan yuklar tashish iqtisodiy jihatdan foydali.
Daryo transportida tashiladigan yuk tannarxiga sharsharalar, ostonalar va daryolarning sayzligi salbiy ta’sir ko’rsatadi.mazkur to’siqlarga FTI sababli birmuncha barham berilmoqda.
Amazonka, Missisipi, Ob, Yenisey, Kongo kabi daryolarning transport imkoniyatlari yirik temir yo’l transporti imkoniyatlaridan ham ortiq.Biroq bu imkoniyat va sharoitdan foydalanish iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasiga bog’liq.Shuning uchun dunyoda ichki suv yo’llarida yuk tashishda AQSH, Rossiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Xitoy ajralib turadi.Ayni paytda Osiy, Afrika, Lotin Amerikasining juda katta daryo shahobchalariga jahon ichki suv yo’llarida tashiladigan yukning 5%i to’g’ri keladi.
Ichki suv yo’llarning uzunligiga ko’ra 1/10qismi sun’iy suv yo’llariga to’g’ri keladi.Ularning eng kattalari AQSH, Xitoy, Rossiyada joylashgan.
Ko’l kema qatnovining eng asosiy rayoni AQSH va Kanadadagi Buyuk ko’llar bo’lib, bu ko’llar San-Lavrentiy chuqurlatma kanali orqali okeanga tutash.Bu yo’l orqali dengiz kemalari quruqlik ichkarisiga 4000 km ga kira oladi.
MDHdagi asosiy daryo yo’li Volga-Kama havzasi bo’lib, undan tashqari Dnepr, Don va Sibir daryolari katta ahamiyatga ega.Ko’llaridan Ladoga (II-jahon urushi yillarida sobiq Leningrad shahri uchun 900 kunlik blokadada “hayot yo’li” bo’lgan), Onega, Kaspiy dengiz ko’li, Balxash, Baykal muhim o’rin tutadi.O’zbekistonda asosan Amudaryo, Sirdaryoda esa qisman suv transporti mavjud bo’lib, boshqa transport tarmoqlarining taraqqiy etishi munosabati bilan suv transportining ahamiyati tobora pasayib bormoqda.
Orol dengizida kema qatnovi 1980 yillargacha mavjud bo’lib, keyingi yillarda to’xtab qolgan.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling