Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси


Mavzu: Boshqa oziq-ovqat ekinlari


Download 1.28 Mb.
bet25/64
Sana24.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1050758
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Boshqa oziq-ovqat ekinlari.

Aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun donli ekinlardan tashqari,moyli,ildizmevali,qandli,kishiga quvvat beruvchi,sabzavot mevali o’simliklardan ham keng foydalaniladi.


Moyli ekinlar dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari orasida donli ekinlardan keyin 2-o’rinda turadi.Iste’mol qilinadigan jami moyning 2/3 qismi o’simliklardan olinadi.Moy olinadigan asosiy o’simliklar: soya,eryong’oq,zaytun,kokos palmasi yoki moyli palьma,kungaboqar,moyli zig’ir doni,maxsar.
Soya (2006 yil 165 mln tonna) asosan AQSH,Xitoyda ekiladi va yog’i ishlab chiqariladi.Dunyo bo’yicha ishlab chiqarilayotgan soya moyining 67%i AQSHga,24%i Xitoyga to’g’ri keladi.Soya (dukkakdoshlar oilasi)ning asosiy eksportchisi AQSH.Importchilari: G’arbiy Yevropa va Yaponiya.
Yeryong’oq dukkakdoshlar oilasiga mansub madaniy o’simlik bo’lib,asosan Horijiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida ekiladi.Yeryong’oq (araxis) moyi ishlab chiqarishda 1-o’rinda:
1.Hindiston (dunyo bo’yicha 36%)
2.Xitoy (14%)
3.Senegal (6%)
Asosiy eksportchilar: Afrika mamlakatlari.
Importchilar: Horijiy Yevropa.
Kungaboqar (murakkabguldoshlar oilasi) asosan shimoliy mo’’tadil kengliklarda o’stiriladi.Kungaboqar moyi ishlab chiqarishda MDH mamlakatlari (dunyo bo’yicha 62%), Rossiya,Ukraina,Moldaviya yetakchi.
Zig’ir (len) (boshoqdoshlar oilasi) asosan Xitoy, Fransiya, Belorus, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda ekiladi.
Zaytun daraxti O’rta Yer dengizi bo’yi mamlakatlarida o’stiriladi.Zaytun moyi ishlab chiqaruvchi asosiy mamlkatlar: Italiya,Ispaniya,Gresiya.Zaytun moyi ko’proq konditer sanoatida ishlatilinadi.Parfyumeriya,farmasevtikada ham foydalaniladi.
Kokos palmasi (moyli palma) asosan Afrika mamlakatlarida va Malayya arxipelagida o’stiriladi.
Maxsar asosan Evrosiyoda (Xitoy,Hindiston,Bangladesh) va Horijiy Evropada o’stiriladi.
Ildizmevali o’simliklarga kartoshka, qandlavlagi, sholg’om, turp, sabzi, rediska, piyoz kabilar kiradi.
Kartoshka (tomatdoshlar oilasi) vatani And tog’lari markazi (Peru). Lekin hozirgi kunda shimoliy mo’’tadil mintaqaning asosiy ekini bo’lib qolgan.2-non hisoblanadi,chunki kraxmalga boy.
Kartoshka yalpi hosili bo’yicha etakchi davlatlar (2007 y):
1. Xitoy (55 mln tonna)
2.Rossiya (31 mln tonna)
3.Hindiston
4. AQSH
5.Polsha
Dunyoda yiliga 320 mln.t. kartoshka yetishtiriladi (2006y).
Qand lavlagi (sax. svekla) mo’’tadil mintaqa ekini.Qand lavlagi yiliga 300mln.t. (2007 yil 274 mln tonna) yetishtiriladi. Qand lavlagi yetishtirishda yetakchi davlatlar: Ukraina,Rossiya,AQSH,Fransiya,Germaniya,Polsha.
Jahonda yiliga 100 mln.t. qand-shakar ishlab chiqariladi,shuni 40%i qand lavlagiga,60%ga yaqini shakarqamishga to’g’ri keladi.Shakarqamish asosan tropik va subtropik mintaqa ekini.Vatani Hindiston.Dunyo bo’yicha yiliga 850 mln.t.(2007 y) shakarqamish etishtiriladi.Shakarqamish shakari ishlab chiqaruvchi eng yirik mamlakatlar: Braziliya,Hindiston,Kuba,Xitoy,Meksika.
Asosiy eksportchilar: Braziliya,Kuba,Avstraliya.
Importchilar: AQSH,Horijiy Yevropa,Yaponiya.
Quvvat beruvchi o’simliklarga choy,kofe,kakao va ziravorlar kiradi.Bularning hammasi tropik va subtropik mintaqalar ekinidir.
Choy vatani Xitoy.Yevropaga XVII asrda kirib kelgan.Jahonda ishlab chiqariladigan choyning asosiy qismini Hindiston (31%), Hitoy (21%), Shri-Lanka (13%) beradi.
Asosiy eksportchilar ham shular,importchilar: Horijiy Yevropa.
Kofe (qahva) vatani Habashiston.Biroq kofe yalpi hosilining 2/3 qismini Lotin Amerikasi mamlakatlari: (Braziliya (jahon yalpi hosilining 30%ini), Kolumbiya (12%), meksika (6%)) va Gvineya ko’rfazi bo’yi mamlakatlari,ayniqsa,Fil Suyagi qirg’og’i(4%) beradi.Kofening asosiy eksportchilari ham mazkur mamlakatlar bo’lib,asosiy importchilari: AQSH,Horijiy Yevropa.
Kakao vatani Amerika hisoblansa-da,asosan Gvineya qo’ltig’i bo’yi mamlakatlarida etigtiriladi.Kakao yalpi hosilining 37%ini Gana,17%ini Braziliya, Nigeriya 14%,Kamerun 8%,Fil Suyagi qirg’og’i beradi.
Asosiy eksportchilar: Gvineya qo’ltig’i bo’yi mamlakatlari,Braziliya.
Importchilar: AQSH,Horijiy Yevropa.
Kakaodan shokolad tayyorlanadi.
Ziravorlar(zira,dolchin,alqor,kashnich,sedana,murch,rayxon,zirk,qalampir,arpabodiyon,gorchisa asosan Hindistonda ekiladi.
Tamaki Shimoliy Amerika va Evrosiyoda ko’p etishtiriladi.Tamaki ishlab chiqarishda AQSH (25%), Xitoy,Hindiston,Braziliya,Yaponiya, MDH yetakchi o’rinda. Tamakini dastlab XVI – asrda YAngi Dunyodagi Tabago orolidan fransuz botanigi Nikot ismli shaxs Yevropaga olib kelgan.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling