Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси


Mavzu: Dunyo chorvachiligi


Download 1.28 Mb.
bet27/64
Sana24.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1050758
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
Bog'liq
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Dunyo chorvachiligi.

Chorvachilik (jivotnovodstvo)-qishloq xo’jaligining 2-muhim tarmog’i bo’lib,aholi va sanoatni go’sht,sut,yog’,teri,shox,jun,qil bilan ta’minlaydi.Dunyodagi barcha qoramollar qirilib ketgan yovvoyi buqa,ya’ni turning avlodi hisoblanadi.Tur eramizgacha taxminan 7000 yil ilgari xonakilashtirilgan.


Jahonda 1350 mln bosh yirik shoxli qoramol, 1,1 mlrd bosh qo’y va echkilar, 950 mln bosh cho’chqalar mavjud (2006 y.)
Yirik shoxli qoramollar (krupniy rogatiy skot) biologik xususiyatlariga ko’ra 3 ta guruhga bo’linadi:
1. Sersut (xolmagor,yaroslavlь zotlari).Sog’in davri 300 kun.Yog’liligi 3,6-3,7%, 3700-4300kg sut beradi.Rekordsmen qoramol 17500kg gacha sut bergan,yog’liligi 4,2%.
2. Sersut-go’shtdor zotlar (simmental,kostroma).Ular 4000 kg gacha sut beradi.Sigirlarning vazni 550-650kg, buqalarniki 1t.gacha.Sersut va sut-go’sht uchun qoramollar mo’’tadil mintaqaning o’rmon va o’rmon-dasht zonalarida boqiladi.
3. Go’shtdor zotlar (shortgorn,qalmiq) mo’’tadil va subtropik mintaqalarning qurg’oqchil hududlarida boqiladi.Buqalari 1t.dan ortiq yuk qiladi.1,5 yoshli buzoq 450 kg gacha semiradi.
Qoramollar AQSH,Kanada,Rossiya,Avstraliya va Argentinada keng yaylovlarda boqiladi.Dunyo bo’yicha 1,250-1,350 mln.bosh qoramollar bo’lib,ular soni bo’yicha yetakchi mamlakatlar
(2007 y):
1.Hindiston (210 mln. bosh). 4. AQSH (100 mln. bosh)
2.Braziliya (165 mln. bosh) 5. Argentina (52 mln. bosh)
3 Xitoy (115 mln. bosh) 6. Rossiya (36 mln. bosh)
Qo’ychilik (ovesovodstvo).Qo’ylar yovvoyi tog’ qo’ylari muflon va arxarning avlodi.Qo’ylar asosan 3 maqsadda boqiladi:
1.Jundor zotlar mayin va ingichka uzun juni uchun boqiladi.Ularga sovet merinosi,arxariomerinos qo’ylari kiradi.Ulardan uzunligi 10sm li 12 kg gacha jun qirqib olinadi.
Echkichilik juni uchun (angor)Turkiya va Yeronda rivojlangan.
2.Terisi uchun Romanov zoti,qorako’l zotlari boqiladi.
3.Go’shti uchun dumbali qo’ylar,ayniqsa,hisor qo’ylari (150kg) ko’p boqiladi.Yog’i ko’p bo’ladi.
Jahondagi jami qo’ylarning 14%i Avstraliyada.Avstraliyaning dasht va chala cho’l zonalari jahondagi eng yirik qo’ychilik o’lkasidir (shpisteyshnz).Qo’ylar soni bo’yicha yetakchi davlatlar:
1.Xitoy (180 mln.bosh) 4.Argentina
2.Avstraliya 5.MDH
3.Yangi Zelandiya 6.Hindiston.
Dunyo bo’yicha 1,1-1,2 mlrd.bosh qo’ylar bor. Aholi jon boshiga YAngi Zelandiyada 15 ta, Avstraliyada 7,5 ta qo’y va echkilar to’g’ri keladi (2006 y).
Jun yetishtirishda yetakchi davlatlar:
1. Avstraliya (yiliga 762 ming t. dan ortiq)
2. YAngi Zelandiya
3. Xitoy
4. Rossiya
5. Qozog’iston
Jun eksport qiluvchi asosiy davlatlar: Avstraliya,Argentina,Yangi Zelandiya,JAR.
Importchilar: Horijiy Yevropa,AQSH,Yaponiya.
Cho’chqachilik (svinovodstvo) jahonda yetishtiriladigan go’shtning 2/5 qismini beradi.Cho’chqachilik aholi zich joylarda,sanoat markazlarida kartoshka yetishtiriladigan joylarda rivojlangan.Cho’chqa 6-7 ming yil ilgari xonakilashtirilgan (kabandan).Cho’chqa tez semiradi va o’sadi,ovqat tanlamaydi,tez ko’payadi,go’shti va yog’ini kalloriyasi yuqori.Urg’ochisi 260 kg, erkag 350 kg gacha semiradi.Yoshlari 6 oyda 100kg gacha semiradi.
Jahonda jami 950 mln.bosh (2006 y) cho’chqa bo’lib,shuni 40%i Xitoyga, 8%i MDHga, qolgani boshqa davlatlarga to’g’ri keladi.
Yilqichilik (konevodstvo).Yovvoyi ot-tarpandan 5-6 ming yil ilgari xonakilashtirilgan.Hozirda xonaki otlarning 200dan ortiq zoti ma’lum.
Otlar asosan miniladi,aravaga qo’shiladi,og’ir yuk tortadi.Sutidan qimiz tayyorlanadi.Qonidan shifobahsh preparatlar va zardob tayyorlanadi.
Ot zotlari: Orlov yo’rtoqchisi,Vladimir,Don,Budyoniy.Rus zotlari.Vladimir zoti.22,5 t.yuk tashigan.
Bug’uchilik(olenovodstvo) shimol xalqlari hayotida katta ahamiyatga ega.Shimol bug’ulari go’sht,teri,sut,shohi va ulov hayvoni sifatida boqiladi.Asosan tundra va o’rmon-tundrada ya’ni Rossiya va Kanada hududlarida boqiladi.
Tuyachilik (verblyudovodstvo) tropik va subtropik cho’l va chala cho’llarda rivojlangan.”Sahro kemasi” Osiyoda 2 o’rkachli,Arabiston yarim oroli va Afrikada bir o’rkachli tuyalar yashaydi.Tuyalar go’shti,suti,terisi,juni uchun va transport sifatida boqiladi.Janubiy Amerikada o’rkachsiz tuya-lama tog’da asosiy transport hisoblanadi.
Asalarichilik (pchelovodstvo), pillachilik (shelkovodstvo)-Xitoy, YAponiya, Italiya, O’rta Osiyo davlatlarida yaxshi rivojlangan.
Parrandachilik-Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlarida (broyler xo’jaligi) yaxshi rivojlangan.
Darrandachilik-mo’ynasi uchun tulki, quyon, norka, sabol, ondatra, nutriya kabilarni boqishdir. Bu tarmoq shimoliy rivojlangan mamalakatlarda yaxshi rivoj topgan.
Baliq ovlash bilan insoniyat qadimdan shug’ullanib kelgan.Hozirda dunyoda 15mln kishi baliq ovlash bilan shug’ullanadi.Dunyoda yillik ovlanadigan baliq va boshqa dengiz mahsulotlari (krab,krevetka,qisqichbaqa,omar,molyuskalar,dengiz suv o’tlari(laminariya,dengiz karami)) 100mln.t. tashkil qiladi.Bu mahsulotlarning 90%ini dengiz va okeanlarda baliq tutish tashkil etsa, 10%ini chuchuk suvlardan ovlanadigan baliqlar tashkil etadi.Dengiz organizmlarining oqsillari mol va parranda oqsillaridan qolishmaydi.Va insoniyatning oqsilga bo’lgan talabini 1/4 qismini ta’minlaydi.Baliq va boshqa dengiz mahsulotlari rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining iste’molida asosiy o’rin tutadi.Jahonda tutiladigan baliqning yarmi (50%i) 6 mamlakatga to’g’ri keladi. Ular:
1.Yaponiya 4.AQSH
2.Xitoy 5.Chili
3.Rossiya 6.Peru.
Jahonda baliq asosan materik sayozliklaridan tutiladi.2-jahon urushiga qadar jahonda baliq tutiladigan asosiy rayon Atlantika okeanining shimoliy qismi bo’lgan.XX asrning 2-yarmida baliq ovlanadigan asosiy rayon Tinch okeanining shimoliga ko’chgan.Dunyo bo’yicha ovlanadigan jami baliq va dengiz mahsulotlarining 85%ini tabiiy suv havzalari,15%ini sun’iy suv havzalari beradi.
Akvakultura-sun’iy suv havzalarida baliq va boshqa dengiz organizmlarini ko’paytirishdir. Akvakultura dastlab Xitoyda 4000 yil avval vujudga kelgan. Akvakultura mahsulotining 80%ini Osiyo mamlakatlari (Xitoy,Yaponiya,Koreya,Tailand,Malayziya,Singapur) beradi.
Marikultura-baliq va boshqa dengiz mahsulotlarini dengiz muhitida ko’paytirsh.Dunyo okeanida baliqlarning 130000 turi,o’simliklarning 10000 turi uchraydi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling