Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси
Mavzu: Moldaviya Respublikasi
Download 1.28 Mb.
|
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi
Mavzu: Moldaviya Respublikasi.
Moldaviya - MDH ning janubi-g’arbida, Prut va Dnestr daryolari oralig’ida joylashgan. Maydoni 33,7 ming km2 . Tarixda Moldaviya xududi Bessarabiya nomi bilan atalgan. 1924-yili Moldaviya Avstriya respublikasi, 1940-yildan Moldaviya SSSR, 1991- yildan Moldaviya respublikasi deb yuritilgan. G’arbdan Moldaviya Ruminiya respublikasi bilan qolgan barcha tomonlardan Ukraina respublikasi bilan chegaradosh. Moldaviyani Ruminiya bilan, ayniqsa Ukraina bilan chegaradoshligi muhim o’rin tutadi. Ukrainadan temir yo’llar orqali ko’mir, neft, metall, mashina va jihozlar, g’alla, gaz quvurlari orqali gaz keladi. Garchi Moldaviya Qora dengiz bilan tutashmagan bo’lsada, Qora dengizning yaqinligi va ukrainaning port shaharlari (Odessa, Ilichevsk, Bel gorod-Dnestrovskiy) bilan temir yo’llar bilan tutashganligi muhim ahamiyatga ega. Moldaviya siyosiy-ma’muriy jihatdan 40 ta rayon va respublikaga bo’ysunuvchi 4 ta shahardan iborat: Kishnyov (662000), Tiraspol, Belsi, Benderi. Moldaviya foydali qazilmalarga juda kambag’al, faqat ohaktosh konlari bor. Moldaviyaning asosiy boyligi tuproq iqlim resurslaridar. Uzoq davom etadigan iliq yoz, kuzning kamyog’inligi va qishning qisqa hamda yumshoq bo’lishi, qora tuproqlari tokchilik, bog’dorchilik, polizchilikni riqojlanishi uchun qulay. XGMT da Moldaviya – bog’ respublikasi deb nom olgan. Hududining 12 % dan ortig’ini bog’ va tokzorlar tashkil etadi. Aholisi 4200 000 (1986 y), 4,3 mln (2003 y) kishi. Tug’ilish koeffisienti 9 ‰, o’lim 9‰. 1 ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 22%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 10 % . O’rtacha umr 65-72 yosh. YAMD 2300$ (2001 y). Aholisining asoisy qismini moldavianlar tashkil etadi, ulardan tashqari ruslar, ukrainlar va yaxudiylar yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga – 124,6 kishi bo’lib, MDH bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Urbanizasiya darajasi 45 % ga etadi, aholisining asosiy qismi qishloqlarda yashashiga asosiy sabab qadimdan dehqonchilikni rivojlanganligidir. Millioner shaharlari yo’q, eng yirik shahari – Kishnyov (663 ming). Sanoat tarmoqlaridan intensiv qishloq ho’jaligiga asoslangan oziq-ovqat sanoati muhim ahamiyatga ega. Haydaladigan erlar Moldaviya hududining 60 % dan ko’pini egallaydi. Ixtisoslashgan tarmoqlari uzumchilik va bog’dorchilik bo’lib, uzum, meva, tamaki etishtirganligi va atirgul moyi tayyorlash ajralib turadi. Bog’dorchilikdagi asosiy rayon Moldaviyaning markaziy qismi, ya’ni Kodra pasttekisligidir. Kodra bog’larida: olma, nok, behi, gilos, o’rik, yong’oq kabi mevalar yetishtiriladi. Donli ekinlardan kuzgi bug’doy, makkajo’xori, arpa; texnik ekinlardan: kungaboqa, qand lavlagi, tamaki, efir moyli ekinlar ko’p yetishtiriladi. Efir moyi parfimeriya va ponditer sanoatida ishlatiladi. Vinochilik, meva, konserva, sabzavot-konserva, tamaki va qand shakar sanoat korxonalari Moldaviyaning barcha sanoat mahsulotining yarmidan ko’prog’ini beradi. Qishloq xo’jaligi vqa oziq-ovqat sanoatiga yordamchi ishlab chiqarish korxonalari: bog’-poliz mini traktorlari va moslamalari, vino va konserva sanoati uchun asbob-uskunalar, shisha idishlar va binokorlik materiallari ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda. Sanoatida asosan elektrotexnika, asbobsozlik, kun poyabzal, sement sanoatlari rivojlanmoqda. Xo’jalikka Dnestr daryosidagi Dubossari GES i va Moldaviya GRESi energiya beradi. Bu GRES Ukraina tabiiy gaziga asoslangan. Elektr energiyasini chetdan keltiradi. Asosiy transporti temir yo’llar bo’lib, asosiy yuklar tashiladi. Avtotransport esa qishloq xo’jaligi bilan sanoat orasidagi yuklarni tashiydi. Asosiy eksporti: bog’ traktorlari, konservalar (meva-sabzavot), vino, shakar-qand, uzum, efir moyi. Importi: avtomobillar, traktorlar, kombaynlar (g’alla, makkajo’xori, silos va lavlagi yig’uvchi), neft mahsulotlari, o’g’itlar, yog’och-taxta, yonuvchi gaz, yomg’irlatib sug’oruvchi apparatlar, elektr energiyasi. Tashqi savdo oborotida Ukraina,Rossiya muhim o’rin tutadi. Pul birligi – ley. O’zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasida eksportining 0,1 % i, importining 0,3 % i Moldaviya hissasiga to’g’ri keladi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling