Jarohatning turlarini yozing
Download 18.07 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarohat yuzasini tozalash va birlamchi chok solish.
- Jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berish
- Jarohatlarni davolash
Jarohatning turlarini yozing. Jarohat – tana toʻqimalarining mexanik shikastlangan joyi (teri, shilliq parda, koʻpincha, mushak, nerv, yirik tomir, suyak, boʻgʻim, ichki aʼzo va tana boʻshliqlarining butunligiga putur yetishi). Toʻqimaning ogʻrishi, qonashi va ochilib qolishi jarohatning asosiy belgilaridir. Paydo boʻlish sharoitiga qarab xirurgik (operatsion) jarohat, jangda yaralanish va tasodifiy turlarga ajratiladi; jarohatlovchi qurol qanday shikast yetkazganligiga qarab, kesilgan, sanchilgan, chopilgan, yirtilgan (olingan), lat yegan, ezilgan, tishlangan va oʻq (snaryad parchasi) tekkan jarohatlar farq qilinadi. 2.Jarohatning umumiy belgilarini yozing. 3.Jarohatlarda ko`rsatiladigan birinchi tibbiy yordam. Jarohatlanganda 1 yordam ko`rsatish asosan qon oqishini vaqtincha to`xtatish ( bog`lam, jgut) va infeksiya tuhshishining oldini olish tashkil etadi. Jarohatga bog`lam qo`yishdan oldin gavdaninig shu qismidagi kiyim yoki poyafzalni ehtiyotlik bilan echish lozim. Vaqtinchalik qon tuxtatishdan so`ng transport immobilizatsiyasi tegishli qoidalar asosoda bajarilishi va bemor davolash muassasalariga yotqiziladi. Shifokor kelguncha beriladigan yordamni tibbiyot xamshirasi jarohat yuz bergna joyda tug`ri ko`rsata bilishi kerak. Keyin bemorga qoqsholga qarshi zardob yuborish, uni ixtisoslashgan davolash muassasiga jo`natish kerak.
4. Jarohatlarni davolash prinsiplari. Jarohatlarni davolash Jarohatlarni davolashdan maqsad a’zo va to‘qimalarning birlamchi shakli va funksiyalarini hech qanday asoratlarga yo‘l qo‘ymagan holda tiklashdan iboratdir. Jarohatlarni davolash biologiya, jarrohlik, biofizika va tibbiyot texnikasining hozirgi zamonda erishgan yutuq va usullarini qo‘llab amalga oshiriladi. Aseptik, infeksiyalangan va yiringli jarohatlarni davolashning usullari (taktikasi) turlicha. Davolash usulini tanlashda shikastlangan kishining yordamga qanchalik o‘z vaqtida murojaat qilishi, jarohatning turi, unga tushgan mikroorganizmlarning virulentligi va boshqa shu kabi omillar inobatga olinadi. Jarohatlarni davolashda jarrohlik usullari va bog‘lashlar, mahalliy va umumiy dori-darmonlar qo‘llash, fizioterapiya, davolash badan tarbiyasi va boshqalardan foydalaniladi. Operatsiya jarohatlari maxsus davolashga muhtoj emas. Steril muhitda o‘tkazilgan operatsiya jarohatlari amalda steril bo‘ladi. Operatsiya yakunlangach, operatsiya yarasi steril tikish materiallari bilan tikilib, 0,5 % li xlorgeksidin eritmasi yoki boshqa antiseptiklar bilan artiladi va steril doka bog‘lami bilan yopiladi (bu doka quruq yoki spirt bilan namlangan bo‘lishi mumkin). Doka bog‘lami o‘rnida antiseptik aerozollardan foydalanish mumkin, bunda aerozol yaraga va uning atrofiga sepilib, uni namlaydi. Aerozol qotgach, yupqa tiniq parda hosil bo‘ladi va u jarohatni yetarli darajada ishonchli himoya qiladi, ayni paytda davolash davomida jarohatning holatini kuzatib turish imkoniyatini beradi. Operatsiya jarohatining bog‘lamini tikilgan iplar olingunga qadar almashtirmaslik kerak. Agar qon ketishi, jarohat infeksiyasi kabi asoratlar kelib chiqsa, bog‘lamni muddatidan oldin almashtirish mumkin. Download 18.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling