Jarqo`rg`on tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabida ona til va adabiyoti, chet tillari fani uslubiy birlashmasining 2016-2017-o`quv yilida bajarilgan ishlar haqida yillik
H I S O B O T I
2016-yil 26-avgust oyida ona tili va adabiyoti, chet tillari fani uslubiy birlashmasining yig`ilishi o`tkazildi. Ona tili va adabiyoti chet tillari fani o`qituvchilari taqvim mavzu rejasini tuzdi hamda ish yuklamalari ko`rib chiqildi. Uslubiy birlashma a`zolarining bir soatlik dars ishlanma namunasi yozildi.
2016-yil 27-sentabr oyida ona tili va adabiyoti, chet tillari fanidan iqtidrli yoshlar hisoboti tayyorlandi. Ona tili va adabiyoti, chet tillari fanidan “Fan olimpiadasi”, “Bilimlar bellashuvi“ ga o`quvchilar ro`yxati tayyorlandi. Ingliz tili va fransuz tili darslarining o`qitilishi o`qituvchilar tomonidan o`rganib borildi.
Ona tili va adabiyoti fanidan “Fan olimpiadasi” da 9-“A” sinf o`quvchisi Davronova Durdona ishtirok etib tuman bosqichida 76 ballni qo`lga kiritdi. Ona tili va adabiyoti fanidan “Bilimlar bellashuvi” da 5-“A” sinf o`quvchisi G`ofurova Farangiz tuman bosqichida 65 ballni qo`lga kiritdi.
Fransuz tili fanidan “Bilimlar bellashuvi” da 7-“A” sinf o`quvchisi Rahmiddinova Farangiz tuman va viloyat bosqichidan I-o`rin, 5-“A” sinf o`quvchisi Davronova Dildora tuman bosqichidan I-o`rin “Fan olimpiadasi” da 9-“B” sinf o`quvchisi Tursunqulova Shahlo viloyat bosqichida I-o`rinni olib viloyat Xalq ta`limi tomonidan faxriy yorliq va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
2016-yil oktabr oyida ona tili va adabiyoti fan oyligini o`tkazish rejasi tuzildi va o`tkazildi. 21-oktabr kuni “Ona tilim – jonu dilim” mavzusida bayram tadbiri o`tkazildi.
2016-yil 26-noyabr oyida “Bilimlar sinovi” adolatli sinov mavzusida fan o`qituvchilari tomonidan o`quvchilarni tayyorgarligi ko`rib chiqildi.
2016-yil 26-dekabr fanlar bo`yicha I-tur “Fan olimpiadasi” ning o`tkazilganligi haqida hisobot tayyorlandi. 26-dekabr II-tur “Fan olimpiadasi” ga tayyorgarlik ko`rish uchun yig`ilish o`tkazildi.
2017-yil 26-yanvarda ona tili va adabiyoti fanidan 5-9-sinf o`quvchilari o`rtasida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida insholar tanlovi o`tkazildi.
2017-yil 27-yanvarda uslubiy birlashma a`zolarining fan to`garaklari tekshirib borildi.
2017-yil 9-fevralda buyuk alloma “Alisher Navoiy” tavalludining 576-yilligiga bag`ishlab bayram tadbiri o`tkazildi.
2017-yil 14-fevralda shoh va shoir “Zahiriddin Muhammad Bobur” tavalludining 534 yilligga bag`ishlab bayram tadbiri o`tkazildi. 5-9-sinflar o`rtasida bellashuvlar o`tkazildi.
2017-yil 1-mart kuni shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 102 yilligiga bag`ishlab “Zulfiya – vafo timsoli” mavzusida bayram tadbiri o`tkazildi.
2017-yil 24-aprel kuni 7-“A,B,V” sinf o`quvchilarining ona tili fanidan aylanma daftarlarning yuritilish holati tekshirib borildi.
2017-yil 24-aprel kuni ona tili va adabiyoti, chet tillari fani uslubiy birlashma a`zolarining bir soatlik dars ishlanmalari yozdirildi va tekshirilib borildi.
2017-yil 2-may kuni ingliz tili va fransuz tili fan oyliklarining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
2017-yil 10-may kuni 4-“A” sinfda ingliz tili fanidan tadbir o`tkazildi.
2017-yil 22-may kuni 8-“A,B,V “sinflar o`rtasida ingzli tili fanidan bellashuv o`tkazildi.
2017-yil 26-may kuni 9-sinf o`quvchilarini ona tili va adabiyoti fanidan yakuniy attetatsiyalari o`tkazilganligi haqida reja tuzildi va imtihon sinovlari o`tkazildi.
2017-yil 29-may kuni 5-8-sinf o`quvchilarining sinfdan-sinfga ko`chirishda imtihon sinovlari o`tkazilganligi haqida ma`lumotlar berildi.
Ona tili va adabiyoti, chet tillari
fani uslubiy birlashma rahbari: T.Qurbonova
Do'stlaringiz bilan baham: |