Jasorating mangu barhayot
Urush yillari 13 yoshidan front ortida mehnat qilgan, ke
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
18 - мавзу
Urush yillari 13 yoshidan front ortida mehnat qilgan, ke
yinchalik ko‘p yillar ichki ishlar organlarida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan general G‘ofur Rahimov ta’biri bilan aytganda: «Urush ishtirokchilari, urush qahramonlari bo‘lgan bu kishilar O‘zbekiston militsiyasining ham qahramonlari edilar. Ular urushdan keyingi yillarda ham huddi frontdagi kabi o‘z jonlarini ayamasdan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishdi. Ular ichki ishlar organlaridagi keyingi faoliyatida doimiy ravishda o‘z xizmatiga sodiqliq, qat’iyatlilik, matonatlilik va fidoyilik xislatlarini namoyon etdilar». Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, bugungi geosiyosiy jarayonlar keskin tus olgan, turli qarama- qarshilik va tahdidlar yuz ko‘rsatayotgan globallashuv zamonida har bir vatandoshimiz kabi, eng avvalo, ichki ishlar organlari xodimlarida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda, ularda o‘z ona Vatani taqdiriga, uning kelajagiga daxldorlik hissini qaror toptirishda Ikkinchi jahon urushida ajdodla rimizning ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklariga tayanamiz. Tarix ko‘rsatadiki, har qanday urush aslida insoniyat uchun ulkan fojiadir. Zero, Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz chekkan kulfatlar, janglarda qurbon bo‘lgan minglab yigitlarning beva qolgan ayollari, yetim bo‘lib qolgan https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi farzan dlarining, farzand dog‘ida qayg‘u-alam bilan bu dunyodan ko‘z yumgan ota- onalarning, urush tufayli orzulari armonga aylangan, bir umr nogiron bo‘lib qolgan insonlarning chekkan hasratlari, ko‘rgan azob-uqubatlari xalqimiz xotirasida o‘chmas iz qoldirdi. Bu xotira sizu bizni, har on hushyor va ogoh bo‘lishga, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikning, millatlararo totuvlikning qadriga yetib, uni ko‘z qorachig‘iday asrashga, bor kuch- g‘ayratimizni Vatanimizning porloq kelajagi yo‘lida safarbar qilishga da’vat etadi. Zotan, bu bizning bugungi ozod va obod Vatanimiz, tinch- osoyishta kunlarimiz uchun qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz oldidagi farzandlik burchimiz, qolaversa, kelajak nasllar oldidagi mas’uliyatimizdir. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling