12. Uch kishi ikki o ‘rinli mototsiklda 60 km y o ‘lni 3 soatda qanday
qilib bosib o ‘tadi? Mototsiklning tezligi soatiga 50 km, piyodaniki esa
soatiga 5 km.
13. Sig‘imi 17 litr va 5 litr bo‘lgan ikki idish yordamida katta sut
idishidan 13 litr sutni qanday qilib o ‘lchab olish mumkin?
14. Perimetri 12 sm bo‘lgan eng katta yuzli to‘g ‘ri to‘rtburchak
chizing.
15. Ikki qulf va 2 kalit bor. Kalit olindi va qulfhing ochilishi
tekshirildi. Har bir kalitni qaysi qulfniki ekanligini bilish uchun ushbu
tekshirish yetarlimi?
16. 9 dona qizil olma bor. 8 tasining og‘irligi bir-biriga teng. Lekin
bittasi ozroq yengil. Tarozining toshisiz yengil olmani qanday qilib
aniqlash mumkin?
17. Tomoni 5 sm bo‘lgan kvadrat 25 ta teng kvadratlarga ajratildi.
Undan 2 ta kvadrat hosil qiling.
18. Kvadrat 9 ta kvadratchalardan iborat. Rasmda jami nechta
kvadrat bor?
19. Zulfiya va Nilufarda birgalikda 11 dona, Zulfiya va Munirada
12 dona, Nilufar va Munirada 13 dona yong‘oq bor. Zulfiya, Nilufar,
Munirada jami nechta yong‘oq bor?
20. Qanday qilib 5 ta 5 raqamidan amallar, qavslar yordamida 100
sonini yozish mumkin?
21. 9 ta bir xil kvadratchalardan shakl hosil qilindi. Uni teng uch
qismga ajrating va uch xil rangga bo‘yang.
22. Kvadrat 9 ta katakchaga ajratildi. Ulardan uchtasiga 1, 2, 3
sonlari qo‘yildi. B o ‘sh kataklarga 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonlarini shunday
joylashtiringki, har bir qator va ustundagi sonlar y ig ‘indisi 15 ga teng
bo‘lsin.
23.
Shaxmat doskasi ikki xil rangda 25 ta katakchaga ajratilgan. Bu
doskani turli rangli ikki katakchadan iborat to‘g ‘ri to‘rtburchak
shaklida qirqish mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |