Javob: Nutq tovushlari materiyasi fonetika fanining tadqiqot obyekti hisoblanadi
Download 11.98 Kb.
|
ottenkalarini
1-Seminar mashg’uloti javoblari Topshiriq quyidagi savollarga javob bering 1.Fonetikaning obyekti nima? Javob:Nutq tovushlari materiyasi fonetika fanining tadqiqot obyekti hisoblanadi. 2.Fonetikaning maqsadi? Javob:Talabalarda fonetika fani bo’yicha tegishli bilim va ko’nikmalarni shakllantirish. 3.Fonetik birliklarga nimalar kiradi? Javob:Segmentik (til tovushlari) va supersegment birliklar(urg’u va ohang) 4.Segment va supersegment biriklar qanday farqlanadi? Javob:Segment birliklar eng kichik bo’linmas birliklar va ular so’zdan alohida ham mavjud bo’la oladi.Supersegment birliklar esa so’zlarni ohang va urg’u yordamida ma’nosini farqlashga hizmat qiladi. Misol uchun kitob so’zi k+i+t+o+b kabi til tovushlari ya’ni segmentlardan iborat. Yoz va yoz so’zi Bittasida fasl nomi ikkinchisida fe’l.Ular bir xil segmentlardan tashkil topgan ammo urg’u yordamida ma’no farqlayapdi. 5.Fonetik birliklarning shakllantiruvchi va tanituvchi vazifalarini qanday tushunasiz? Javob:fonemalarning so’z tarkib topishida qurilish materiali sifatida ishtirok etishi ularning shakllantiruvchi vazifasidir. Fonemalarning tanituvchi vazifasi esa –biz so’zni talaffuz qilganimizda unda ishtirok etgan fonemalar yordamida biz o’sha so’zni ma’nosini tanib ularni eslab qolishimizdir. 6.Fonetika va fonologiya bo’yicha qaysi olimlar tadqiqot olib brogan? Javob:rus-chex tilshunosi N.S.Trubetskiy,rus-shveytsar olimi S.O.Karsevskiy,rus-amerika tilshunosi R.S.Yakobson,nemis olimi I.Vinteler,ingliz olimi G.Suit,F.de Sossyur,rus polyak tilshunosi I.A.Bonduen de Kurtene.O’zbek tili fonologiyasini o’rganishda Ye.D.Polivanov,V.V.Reshetov,A.Nurmonov,A.Abduazizov va boshqalarning ilmiy ishlari aniqsa ahamiyatlidir. 7.Fonema nima? Javob:Fonema bu so’zlar yoki morfemalarni tarkib toptiruvchi va ularning ovush qobig’ini farqlash orqali ma’nolarini tafovutlash vazifasini bajaruvchi eng kichik segment birlik. 8.Fonemaning qanday turlari bor? Javob:Fonemalar unli(vokalizm) va undosh(konsanontizm) fonemalarga bo’linadi. 9.Fonemaning vazifalari nima? Javob:So’zlardagi ma’noni farqlashga xizmat qiladi. 10.Maktab va litsey darsliklarida fonetika fonologiya va fonema haqidagi qarashlar tahlili Javob:5-sinf Ona tili darsligi(N. MAHMUDOV, A. SOBIROV, SH. SATTOROV,SH. TOSHMIRZAYEVA, D. MANNOPOVA Toshkent-2020)14-sahifasida fonetika ga quyidagicha ta'rif beriladi. Og'zaki nutqning tovush tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi fonetikadir. Nutq tovushlari, tabiatdagi boshqa tovushlardan farqli ravishda, muloqot uchun xizmat qiladi. 23-bet.Tovushlar o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: unli tovushlar va undosh tovushlar.O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramasa, unli tovushlar hosil bo‘ladi. Tilimizda oltita unli tovush bor:a,o,e,o',u,i. 27-sahifa.Qaysi nutq a’zosi ishtirok etishiga ko‘ra nutq tovushlari: lab (b, p,m, v, f), til oldi (t, l, s, z, d, sh, ch, j, dj, n, r), til o‘rta (y), til orqa (g, k,ng), chuqur til orqa (q, g‘, x) tovushlari va bo‘g‘iz (h) tovushi singari guruhlarga bo‘linadi. Hozirgi o'zbek adabiy tili akademik litsey va kollejlar uchun darslikA. NURMONOV, A. SOBIROV, N. QOSIMOVA; Sh. YUSUPOVA; N. MAHMUDOV,Toshkent-2013)ning 34-sahifasida quyidagilar keltiriladi: Nutqimizni bo'laklarga ajratadigan bo'lsak, uning oxirgi bo'linish nuqtasi tovushlar bo'ladi. Masalan, 0 ‘zbekiston — jannatmakon o'lka jumlasi 0 ‘zbekiston, jannatmakon, o ‘lka so'zlariga, bu so'zlar, o'z navbatida,0 ‘z-be-kis-ton, jan-nat-m a-kon, o ‘l-ka bo'g'inlariga, bo'g 'in lar esa o ‘-z-b-e-k-i-s-t-o-n j-a-n-n-a-t-m -a-k-o-n o ‘-l-k-a singari tovushlarga bo'linadi. Bo'linishning oxirgi nuqtasi bo'lgan, boshqa mayda bo'laklarga bo'lish mumkin bo'lmagan nutq bo'lagi (akustik-artikulatsion birlik) tovush hisoblanadi va u bilan bog'liq hodisalar tilshunoslikning fonetika bo'limida o'rganiladi.Fonetika so'zi yunoncha phone — «tovush» so'zidan olingan. Fonetika va fonologiyaning farqli jihatlari hususida esa (41-bet)shunday fikrlar keltiriladi. Nutq tovushlari bir qancha akustik va artikulatsion (talaffuz) belgilariga ega bo'ladi. Bu belgilarning barchasi fonetika uchun muhim sanaladi,chunki bu belgilarni to'la hisobga olgandagina, u yoki bu tovushning xususiyatiga to'g'ri javob berilgan bo'ladi. Lekin fonologiya uchun yuqoridagi belgilarning ko'pchiligi muhim sanalmaydi. !Fonologiya uchun faqat bir tovushni ikkinchi tovushga taqqosw langanda ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarigina ahamiyatli bo'ladi. Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitganda eng kichik va boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan nutq parchasi tovush sanaladi. Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so‘z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatdan boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir. Faqat un (ovoz)dan iborat boMgan va bo‘g‘in hosil qiladigan fonemalarga unli fonemalar deyiladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidaoltita unli fonema mavjud: i, u, e, o ‘, o, a.Talaffuz qilinayotganda o ‘pkadan chiqayotgan havo oqimi ma’lum to'siqqa uchraydigan, shovqin ishtirok etadigan va bo‘g‘in hosil qilolmaydigan fonemalarga undosh fonemalar deyiladi. 0 ‘zbek tilida undosh tovushlar 23 ta: b, v, g, d, z, j, у, к, 1, m, n, p,r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h, ng. Bu undosh tovushlardan bittasi — ng yozuvda maxsus belgilar bilan berilmaydi.Undosh tovushlar uch tomondan tasnif qilinadi. I. Hosil bo‘lish o‘miga ko‘ra: 1. Lab undoshlari: a) lab-lab undoshlari: b, p, m; b) lab-tish undoshlari: f, v. 2. Til undoshlari: a) til oldi undoshlari: d, t, z, s, sh, j, ch, n, 1, r; b) til o‘rta undoshi: y; d) til orqa undoshlari: g, k, ng; e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x.3. Bo‘g‘iz undoshi: h. II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra: a) portlovchilar: b, p, d, t, g, k, j, q, m, n, ng; b) sirg‘aluvchilar: v, f, z, s, y, r, 1, sh, g‘, x, h; d) qorishiqlar: ch. III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra: 1. Jarangli undoshlar:b, v, g, d, z, j, y, g‘, 1, m, n, ng, r. 2. Jarangsiz undoshlar:p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h. Umuman olganda maktab darsliklarida fonologiya,fonema tushunchalriga duch kelmaymiz.Bular faqat litsey va kollej darsliklarida mavjud.Akademik litsey darsliklarida tovushlar tasnifi kengroq yoritilgan. Download 11.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling