J;. Elektron asboblarning juda ko‘pchiligi kiritmali yarimo‘tkazgichlar asosida hosil qilinadi. Elektr o‘tkazuvchanligi asosan kiritmalar atomlarining ionlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan zaryad tashuvchilar bilan bog‘liq yarim o‘tkazgichlar kiritmali yarimo‘tkazgichlar deb ataladi.
Yarimo‘tkazgichga donor kiritmalar kiritish erkin elektronlar konsentratsiyasini oshiradi, kovaklar konsentratsiyasi esa xususiy yarimo‘tkazgichdagi konsentratsiyaga nisbatan kamayadi, chunki EZTlar konsentratsiyasi ko‘paytmasi ( n p) o‘zgarmas temperaturada doimiy qiymatga ega va faqat yarimo‘tkazgich taqiqlangan zonasi kengligi bilan aniqlanadi
|
|
23
Вариант
|
|
|
1
|
Magnit kuchaytirgichlar
. j; Magnit kuchaytirgichlari, ko‘pincha, tok va quvvat kuchaytirgichlari sifatida ishlatiladi.
Bu kuchaytirgichning kirish tokini boshqarish toki , chiqish qismidagi tokni nagruzka toki deb belgilaylik. Nagruzkadagi tokning quvvatini boshqarish toki yordamida o‘zgartirish mumkin. Agar zanjirning chiqish qismidagi tokning qiymatini ekvivalent sinusoidal bilan almashtirsak, u holda
(14)
bu yerda — ferromagnit elementning induktiv qarshiligi (shu elementning induktivligi )
|
|
2
|
Transformatorlarning xarakteristikalari va qo‘llanilishi.
J; Transformatorlar tuzilishi va ishlash printsipi. Transformatorlarning xarakteristikalari va qo‘llanilishi.
J; Transformatorning ixtirochisi P. N. Yablochkov hisoblanadi. U 1876 yilda elektr yoy lampasi uchun manba sifatida ilk bor transformatordan foydalangan.
Tr 1 yordamida b kV kuchlanishdan 35 kV gacha orttirilib, elektr uzatish liniyasi orqali taqsimlovchi podstansiyaga berilmoqda. U yerda pasaytiruvchi transformator Tr2 yordamida kuchlanish 35 kV dan 6 kV gacha pasaytirilib, iste’molchining transformatori Tr3 ga o’rnatilmoqda. Bunday transformatorlardan bir nechta bo‘lishi mumkin. Transformatorlar bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
— elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan katta quvvatli (uch fazali) transformatorlar;
— kerakli joylarda kuchlanishni keng doirada uzgartirib berish va dvigatellarni ishga tushirish uchun mo‘ljallangan avtotransformatorlar;
— taqsimlash tarmoqlaridagi kuchlanishni rostlab turish uchun mo‘ljallangan induksion rostlagichlar.
— o‘lchov asboblari va himoya vositalarini sxemalarga ulash uchun mo‘ljallangan o‘lchov transformatorlari;
— payvandlash, qizdirish pechlari sinov, to‘g‘rilash va hokazolar uchun mo‘ljallangan maxsus transformatorlar.
Transformator turlarining ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularda buladigan elektromagnit jarayonlar umumiy o‘xshashlikka ega bo‘lib, ularning ishlash prinsipi bir xildir.
|
|
|
|
|
24
Вариант
|
|
|
1
|
RC va RL zanjirlarda o‘tkinchi jarayonlar.
J; O‘zgarmas kuchlanish u(t) = U manbasiga r qarshilik orqali S sig‘imli kondensator ulangan bo‘lsin (1,a-rasm). Barqarorlashgan rejimda bunday zanjirda tok bo‘lmaydi i=0 (berk kontur yo‘q). Kondensatordagi kuchlanish uC = U, uning zaryadi q=CU, zaxiralangan energiyasi (elektr maydoni energiyasi) WE=SU2/2 ga teng bo‘ladi.
Faraz qilaylik, «K» kalitning ulanish onigacha bo‘lgan vaqtda kondensator kuchlanishi Udan farqli bo‘lsin, masalan, u umuman zaryadlanmagan va uning elektr maydoni kuchlanishi nolga teng bo‘lsin (U=0; We=0). Bu holatda, zanjirda o‘tkinchi jarayon sodir bo‘lib, uning vaqt davomiyligida o‘tkazgichlardan tok oqib kondensatorlarni zaryadlaydi. Faraz qilaylik, zanjirdagi tokning qiymati kondensator elektrodlaridagi zaryadlar ortishi tezligiga teng bo‘lsin:
|
|
2
|
Yarimo'tkazgichlar elektr o‘tkazuvchanligi.
J; Xona temperaturasida yarimo‘tkazgichlarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 10-8÷105 Sm/m (simens taqsim metr)ni, metallarda =106÷108 Sm/m, dielektriklarda esa =10-8÷10-13 Sm/mni tashkil etadi. Yarimo‘tkazgichlarda solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik temperatura ortishi bilan ortadi, metallarda esa kamayadi. Yarimo‘tkazgichlar elektr o‘tkazuvchanligi yoritilganlikka va kiritmalar konsentratsiyasiga bog‘liq (1 b - rasm).
(2) va (1)larni solishtirib,
(3)
ekanini topamiz.
Shunday qilib, ni va uning kiritmalar konsentratsiyasi hamda temperaturaga bog‘liqligini aniqlash uchun yarimo‘tkazgichda hosil bo‘ladigan EZTlar turlari, ularning konsentratsiyasi va elektr maydondagi tezligi kabi masalalarni hal etish talab qilinadi. Bular yarimo‘tkazgichning fizik modeli deb ataluvchi zonalar nazariyasi asosida tushuntiriladi.
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |