Javobgar: Qarshi tumanlararo


Download 22.58 Kb.
bet1/2
Sana19.12.2022
Hajmi22.58 Kb.
#1033303
  1   2
Bog'liq
75-maktab tayyori 1111



2022-y. «27» sentabr 717-son 27.09.2022 y.





Arizachi:


Javobgar:
Qarshi tumanlararo Ma’muriy sudi raisiga
Yakkabog‘ tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 75-maktab
Manzili: Yakkabog‘ tuman A.Temur ko‘chasi 75-uy


Yakkabog‘ tuman hokimligi
Manzili: Yakkabog‘ tuman A.Temur ko‘chasi 79-uy
X/R: 100022860102507011204018001
INN: 201640504, MFO: 00014

ARIZA


(Yakkabog‘ tuman hokimining 2019 йил 12 январдаги Х-96/01-сон, 2019 йил 13 майдаги Х-3537/05-сон, 2020 йил 20 апрелдаги ҲҚ-7531/04-сон қарорларини
haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida)

  1. Yakkabog‘ tuman hokimining 2019-yil 12-yanvardagi “Yakkabog‘ tuman Xalq qabulxonasi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi binolarining Davlat- xususiy sherikchilik shartlari asosida qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi X-96/01-son qarori bilan “Yuqori sifat innovatsion qurilish” MCHJ ga Yakkabog‘ shahar A.Temur ko‘chasidan ko‘p qavatli turar joy (yerto‘la, Yakkabog‘ tuman davlat xizmatlari markazi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari) qurish uchun 0,35 gektar yer maydoni ajratib berilgan.

Shuningdek, tuman hokimining 2019-yil 13-maydagi “Yakkabog‘ tuman Xalq qabulxonasi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi binolarining Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida qurish uchun yer qo‘shimcha 0,21 gektar yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi X-3537/05-son qarori bilan tuman hokimining 2019 yil 12 yanvardagi X-96/01-son qaroriga o‘zgartirish kiritilib, “Yuqori sifat innovatsion qurilish” MCHJ ga Yakkabog‘ shahar A.Temur ko‘chasidan ko‘p qavatli turar-joy (yerto‘la, Yakkabog‘ tuman davlat xizmatlari markazi, savdo va maishiy xizmat

ko‘rsatish shaxobchalari) qurish uchun qo‘shimcha 0,21 gektar yer maydoni ajratilib, MCHJ ga ajratilgan yer maydoni 0,56 gektar qilib belgilangan.
Yuqoridagi ikki qaror quyidagilarga asosan noqonuniy hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3701-son qarorining 2-bandiga muvofiq Xalq qabulxonalari binolarining qurilishi uchun ma’qullangan namunaviy loyihalarga muvofiq Xalq qabulxonalarini barpo etish, shuningdek, tegishli infratuzilma (transport bog‘lamalari, avtostansiyalar, avtomobillar to‘xtab turish joylari mavjudligi va h.k) qurish uchun zarur yer uchastkalari Adliya vazirligining hududiy boshqarmalariga doimiy foydalanish uchun ajratiladi hamda ular tomonidan investorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida haq undirilmasdan ijaraga beriladi. Xalq qabulxonalari binolarini qurish uchun yer uchastkalarini tanlab olish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Adliya vazirligi bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi.
Ammo tuman hokimining 2019 yil 12 yanvardagi X-96/01-son hamda
13-maydagi X-3537/05-son qarorlari bilan 0,56 gektar yer maydoni Adliya vazirligining hududiy boshqarmalariga doimiy foydalanish uchun ajratilmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri “Yuqori sifat innovatsion qurilish” MCHJ ning o‘ziga ajratib berilgan.

  1. Yakkabog‘ tuman hokimining 2020-yil 20-apreldagi HQ-7531/04-son qarori bilan Buyuk Turon Chinor qurilish korxonasiga tumandagi “Yangiobod” massivi A.Temur ko‘chasdian yangi tartib doirasida aholiga yangilangan namunaviy loyihalar asosida zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun 0,30 gektar yer maydoni ajratib berilgan.

Mazkur qaror quyidagilarga asosan noqonuniy hisoblanadi.
2020 yil 20 apreldagi HQ-7531/04-son qarorda 0,30 gektar yer maydoni tuman hokimining 2020 yil 28 apreldagi B-06/56-sonli yig‘ilish bayoniga asosan tanlov (tender) g‘olibi bo‘lgan pudratchi Buyuk Turon Chinor qurilish korxonasiga ajratib berilayotganligi ko‘rsatilgan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-son qaroriga muvofiq 2019 yil 1 oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali berilishi lozim edi.

Yakkabog‘ tuman hokimining 2014 yil 24 apreldagi X-693/04-son qarori bilan tumandagi 75-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining bino va inshootlariga egalik huquqi berilib, qarorning ilovasida, 75-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining qurilish maydoni 2393,36 kv metr, umumiy yer maydoni 41738,66 kv.metr (4,17 gektar) qilib belgilangan.


Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Yakkabog‘ tuman filialining 2022-yil 20-sentabrda Yakkabog‘ tuman xalq ta’limi bo‘limiga bergan ma’lumotida tuman hokimining 2019-yil 12-yanvardagi X-96/01-son qarorida ko‘rsatilgan 0,35 gektar, 13 maydagi X-3537/05-son qarorida keltirilgan 0,56 gektar hamda 2020-yil 20-apreldagi HQ-7531/04-son qarorida belgilangan 0,30 gektar yer maydonlari 75-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qarashli 4,17 gektar yer maydonidan ajratib berilganligi qayd etilgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 5, 27, 32- moddalariga asosan



Download 22.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling