Javobgarlikni sugurta qilish
Download 195.21 Kb. Pdf ko'rish
|
JAVOBGARLIKNI SUGURTA QILISH........ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
JAVOBGARLIKNI SUGURTA QILISH Javobgarlikni sugurtalash • «javobgarlikni sug‘urtalash – bu mustaqil sug‘urta tarmog‘i bo‘lib, unda sug‘urta ob’ekti sug‘urtalanuvchining harakati yoki harakatsizligi natijasida uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslar) yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar oldidagi javobgarligi hisoblanadi». • Javobgarlikni sug‘urtalash o‘zida mol-mulk va shaxsiy sug‘urta turlarinig ayrim qirralarini namoyon etadi. Ya’ni, agar zarar yuridik yoki jismoniy shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan bo‘lsa mol-mulk sug‘urtasini; agar zarar jismoniy shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan bo‘lsa, shaxsiy sug‘urta turlarini qamrab oladi. Javobgarlikni sug‘urtalashda sug‘urta ob’ekti bo‘lib • sug‘urtalanuvchining uchinchi shaxslarga yetkazgan zararlarini qoplash bilan bog‘liq mulkiy manfaatlari hisoblanadi. Sug‘urtalanuvchining uchinchi shaxslarga yetkazgan zararlarni qoplash bilan bog‘liq javobgarligi tuzilgan sug‘urta shartnomasiga muvofiq muayyan haq to‘lash evaziga sug‘urtalovchiga o‘tkaziladi, Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda, ya’ni sug‘urtalanuvchi uchinchi shaxslarga zarar etkazganda, bu zarar sug‘urtalovchi tomonidan qoplanadi. Javobgarlikni sug’urtalashning tashkiliy-huquqiy asoslari • Javobgarlikni sug‘urtalashning tashkiliy- huquqiy asoslari bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslar manfaatiga zarar yetkazish xavfi kuchayadi. Bu xavfning ro‘y berishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarar yetkazgan shaxslarning javobgarligini sug‘urta qilish mamlakatimizda o‘z rivojini topmoqda. • - ijtimoiy javobgarlik • - ma’naviy javobgarlik • - huquqiy javobgarlik Javobgarlik o‘z mazmun- mohiyati jihatidan uchga bo‘linadi: Ijtimoiy javobgarlik • Ijtimoiy javobgarlik umumiy tushuncha bo‘lib, jamiyatdagi barcha javobgarlikni o‘z ichiga oladi. Fuqarolarning o‘zaro muomalasida ahloqiy normalarni buzilishi ma’naviy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Huquqiy javobgarlik esa oqibatida yuzaga keladi Huquqiy javobgarlik • Huquqiy javobgarlikning o‘zi bir qancha turlarga bo‘linadi. Jumladan, intizomiy javobgarlik, ma’muriy javobgarlik, fuqarolik- huquqiy javobgarlik, moddiy javobgarlik, jinoiy javobgarlik. • O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, javobgarlikni sug‘urta qilish mulkiy sug‘urta tarmog‘i tarkibiga kiradi: • O‘zbekiston Respublikasida javobgarlikni sug‘urta qilishning ikki turi – fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish va kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish farqlanadi. • Fuqarolik javobgarligi mulkiy xususiyat kasb etadi: ziyon etkazgan shaxs jabrlanuvchiga, ya’ni uchinchi shaxsga etkazilgan zararni to‘liq qoplashi shart. Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzish orqali mazkur majburiyat sug‘urtalovchiga yuklanadi. Etkazilgan zarar uchun sug‘urta qildiruvchi jinoiy, ma’muriy javobgarlikka tortilishi, ya’ni uchinchi shaxsga nisbatan o‘z g‘ayriqonuniy harakatlari uchun qonunga muvofiq ta’qib qilinishi mumkin. Ammo uchinchi shaxsga etkazilgan mulkiy zararni qoplash sug‘urtalovchining zimmasiga yuklanadi. • Kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilishning ob’ekti sifatida sug‘urta qildiruvchining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, sug‘urta qildiruvchi kasbiy faoliyatni amalga oshirayotgan paytda u uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga etkazgan zararni qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari amal qiladi. Mol- mulkni sug‘urta qilish yoki shaxsiy sug‘urtadan farqli o‘laroq, kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish ob’ekti sub’ektiv xususiyat kasb etadi, ya’ni sug‘urta hodisasining yuz berishi tashqi omillar – tabiiy ofat, tabiiy hodisalar, boshqa odamlarning harakatlariga emas, balki muayyan kasbga muvofiq faoliyat olib borayotgan shaxsning malakasiga bog‘liq bo‘ladi. Kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilishda sug‘urta hodisasining ta’rifi yagonadir. Sug‘urta hodisasi deb sudning qonuniy kuchga kirgan va sug‘urta sub’ektiga etkazilgan zarar uchun sug‘urta qildiruvchining mulkiy javobgarligini belgilaydigan hal qiluv qarori sug‘urta hodisasi deb e’tirof etiladi . Document Outline
Download 195.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling