2-variant
Byudjet hisobining byudjet ijrosi sohasidagi vazifalari.
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni kirim qilinishi hamda hisobdan chiqarilishi hisobi.
Byudjet hisobining 1-sonli “Hisob siyosati” nomli standarti.
Javoblar
1.Budjet hisobining budjet ijrosi sohasidagi vazifalari
Budjet hisobining vazifalari:
Budjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
Budjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish;
Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalari to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Budjet hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat:
Budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi;
Budjet ijrosini nazorat qilinishi;
Harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi;
Davlat budjeti g’azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va yuritilishi;
Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi;
Budjet tashkilotlarida soha hususiyatlari bo’yicha hisobni tashkil etilishi va boshqalar.
Budjet hisobini alohida hususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga qo’shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni tasdiqlangan budjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya-budjet intizomiga rioya qilish va boshqalar.
Yuqoridagi vazifalarni umumlashtirib budjet hisobi funktsiyasini quyidagicha aks ettirish mumkin (1-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |